SIRLI SEVGI OʻYINLARI..

SIRLI SEVGI OʻYINLARI..

LF_Lily_Flower
Nigohlar aldamaydi...

13_Epizod.


Yoongi: Shoshmaaa!

Jungkook: U shu atrofda, tezroq topishimiz kerak.

Yoongi: Lily qolib ketdi. Axir u bizday tez yugura olmaydi.

Jungkook: Ashshsh, u nega keldi...? Hozir tezda qaytamiz.) deya yugurishda davom etdi.

Yoongi: Unga ham hujum qilishsachi?) Yoongi shu soʻzni aytib joyida qolib ketdi.


Jungkook shiddat bilan yugurar ekan, ovoz kelgan tarafdan, Sariq sochli qizni uzoqdan koʻrdi.

Jungkook: Rosé...? Bu senmisan ? ) Qiz tarafga qadam tashlab borardi, qiz esa orqa oʻgirmay qotib turgan edi... Yigit Roséning oldiga kelib,

Jungkook: Bu yerda nima qilayabsan, yur men bilan. ) Va beihtiyor yerda yotgan jasadga koʻzi tushdi. Roséga qayta koʻz tashlar ekan, rangi oqarib ketgan edi...

Jungkook: Nima boʻldi, u kim edi ?

Rosé: Jj-jungkook ? Sizmisiz ?

Jungkook: Ha, bu menman. Senga nima qildi ?

Rosé: B-bilmayman. M-men... Men xonamda edim....

Jungkook: Xoʻsh ?

Rosé: Meni tishlagan Boʻri odam koʻzimga koʻrindi. Men qochdim. ) Roséning yuzidan yosh tomchiladi.

Jungkook: Hoy, hammasi yaxshi. Bu shunchaki Fobiya. Hammasini uddalaysan. Qara men borman yoningda.

Rosé: Qanday topdingiz meni ?

Jungkook: Qichqirigʻingni eshitib qoldik. Jennie va Lily seni izlashayabdi. Borishimiz kerak. (Jungkook Roséning ikki yelkasidan tutdi) Qani men bilan yur.

Jungkook


Rosé: U kelmasin...

Jungkook: Kimni aytayabsan ? Seni Tishlagannnimi ?

Rosé: X-haa.

Jungkook: Qoʻrqma qaytib kelmaydi. Yerda yotgan odam kim edi ?

Rosé: Bilmayman. Birdan yoʻlimdan chiqdi.

Jungkook: Qanday ? Senga tashlandimi ?

Rosé: Yoʻq. Men ketayotgan edim. Oyogʻim qayerga boshlasa ketaverdim. Birdan oyoʼim nimagadur urildi. Keyin, pastga qaraganimda, oʻlik turar edi...

Rosé


Jungkook: Hammasi joyida... ) Jungkook ortiga oʻgirilib, jasad tomon keldi. Bir yosh yigit, boʻynida boʻri tishlari izlari bor.

Jungkook: Demak yigitning organizmi boʻri infeksiyasini koʻtara olmagan... Oq yoʻl yigitcha...) Jungkook yigitchaning ochiq qolgan koʻzlarini yumib qoʻydi.

Rosé: N-nima ? Nimadur dedingizmi ?

Jungkook: Qaytamiz. ) Jungkook Roséni olib ortga qaytdi.


Yoongi


Yoongi: Unga ham hujum qilishsachi?) Yoongi shu soʻzni aytib joyida qolib ketdi.


Bir Lily qolib ketgan tarafga, bir Jungkook ketgan tarafga qaradi. Keyin esa, Lily orqada qolgan tomon yugurdi. Yoongi yugura yugura oʻrmon ichida pzini adashib qoldim deb oʻyladi.

Yoongi: Axir, men toʻgʻri yoʻl bilan qaytgandimku .... Menincha mananbu tarafga borishim kerak ) Yoogi boshqa tomonga qarab yugurib, ketdi, bir zum deguncha u bu yerdan nari boʻldi. U ketishi bilan uzoqdan daraxtga boʻri odam zarb bilan kelib urildi. Bu xuddi uzoqdan uni kimdur uloqtirib yuborgani singari edi...

Yoongi


Jungkook
 and Rosé



Jungkook: Shu yerda Yoongi boʻlishi kerak. ) Qoʻlida qizni koʻtarib kelgan yigit atrofdan Yoongini qidirdi.

Rosé: ..... ) Hech bir soʻz demadi.

Jungkook: U qayerga daf boʻldi ?

Rosé: Faqat tezroq ketaylik.

Jungkook: Hammasi joyida. Hoziroq bu yerdan ketamiz. ) Jungkook yoʻlida davom etib, Yoongining uyiga Roséni olib kirdi.


Jungkook: Uyga ham kelmagan.

Rosé: Qayerda ? Unga hech narsa qilmaydimi ?

Jungkook: Unga jin ham urmaydi. Sen shu yerda oʻtir. Men uni topib kelaman.

Rosé: Yaxshi...


Yoongi



Yoongi yugurayotib, inson sharpasini xis qildi. Yana biroz yugurdi va uzoqroqdan, roʻparasidan ikki qiz chiqdi.

Yoongi: L-lily ...? .... Jennie bu... )

Yigitning rang-tusi oqarar ekan, Jennie dabdurustdan savol berdi;

Jennie: Roséni topdingizmi ? )

Jennie


Yoongi: Jennie!

Jennie: Nima ?

Yoongi: Uning oldidan ket. U Lily emas. ) Yoongi buni his qilar edi.

Jennie: Bilaman.

Yoongi: Nima ? Tushunmadim...

Lisa: Lily sizlarning oldingizga ketmaganmidi ? Qani u ?

Yoongi: La'nati...! Sen.... Bu sensan. Mana gap qayerda ?

Lisa: Lilyga nimadur qildingmi ?

Yoongi: Hozir senga nimadur qilaman.

Jennie: Hey, nimalar deyayabsiz ? ) Qizlar Yoongiga hayron qarar ekanlar,

Yoongi: Jennie sen aralashma. Sen esa hammasi uchun javob berasan! ) Yoongining soʻzlarini ensa qotirib eshitayotgan Lisa hech narsaga tushunmadi. Keyin, esa kalandimogʻ ohangda

Lisa: Hoy. Menga qara. Nima oʻlging keldimi ? Nega menga bunday gaplar aytayabsan ?

Yoongi: 3 yil oldin qilgan ishing yodingda yoʻqmi deyman!

Lisa: Qanday ish ? Buncha chaynalmasang ?!

Yoongi: Meni la'natlaganing yodingda emasmi ? Men esa seni eslayman. Sendan taralayotgan his, ifor, nafas olishing... Koʻzlaringdagi sovuqlik, har bir jihating yodimda. 3 yil oldin aynan shu oʻrmonda, meni la'natlagan eding. ) Qiz gʻazabnib gapirayotgan yigitga qarab turib,

Lisa: Eyy, bu sensan. Men seni esladim.

Yoongi: Sen bilan orani ochiq qilish payti keldi. ) Yoongi shundy deb Lisa tomon vajohat bilan kela boshladi.

Lisa: Lekin men seni la'natlamaganman.

Yoongi: Unda nima ? Sirli oʻrmonda bir kecha qolganim uchun shu axvoldamanmi ? Sirli oʻrmon oʻzining farzandlarini la'natlaydimi?... GAPIR! 🗣) Yoongi kelib Lisaning ikki yelkasini siqib, uni siltalar ekan,

Lisa

Lisa: Ahmoq. Men senga kuchimning bir qismini oʻtkazganman. Sening ruhiyatingni bunga kuchi yetmagan. ) Deya Yoongining ikki qoʻlini oʻzudan itarib yubordi.

Yoongi: Nima ? ) Yoongi toʻxtab qoldi.

Lisa: Men u paytlar kuchimni nazorat qilolmaganman. Xuddi sen kabi.

Yoongi: U qayerda ? ) Yoongi shu soʻzni ayta oldi holos.

Lisa: Oʻsha paytlarimni kuchimni nazorat qila olmaganman. Lekin hozir emas. ) Lisa qoʻlini Yoongi tomon tutib sexr qila boshladi. Yoongini goʻyo havodan bogʻayotgandek edi... Yoongi ikki qoʻli bilan boʻynini ushlab, yerga tizzalab oʻtirdi. Bu holatni chekkadan Jennie jim kuzatar, nima qilishni bilmasdi.Yigit Yerda yotib tipirchilar ekan, Lisa yaqinroq borib, qoʻllarini uning tanasi ustida havoda yurgiza boshladi. Koʻzlari yumiq holda Yoongidan, oʻz kuchining bir qismini tortib olayotgandi... Birdan toʻxtab qoldi. Lisa koʻzlarini toʻyingan boʻri kabi ochdi. Yoongi esa tanasini butunlay yerga tashlab, hansirab yotdi. Nafas olishi sekinlik bilan maromlasharkan, koʻzlarini ochib, jimib atorfni eshitdi. U jimlik bilan atrofga quloq tutdi: Atrof, qushlar qanot qoqayotgani, uzoqdan Jungkookning Yoongini ismini aytib chaqirayotgani, yonrogʻidagi ikki qizning suhbati, nomiga esayotgn shamol... His qilib eshitar ekan, sekingina "Hayriyat" dedi.

Lisa: Ahvoling yaxshimi ?

Jennie: Unga rostdan hech narsa qilmaydimi ?

Lisa: Aytdimku, shunchaki kuchimni qaytib oldim. U oʻz holiga qaytayabdi holos.

Yoongi: Yaxshiman. ) Yoongi koʻzlarini yumib, ochib oʻrnidan turishga harakat qilar ekan, negadur toʻxtab qoldi. Zudlik bilan koʻzlari bejo holga kelib, kelgan tarafiga orqa oʻgirib qaradi. Koʻzlari alla kimni qidirar, qulogʻiga eshitilayotgan ovozga ishonmayotgan edi...

Yoongi: Taehyung...? ) Yuragi hapqirib urdi. Ortida hech kim yoʻq. Uzoqdan Taehyungning ovozini eshitgan Yoongi, qulogʻiga eshitilgan sarobligini bilgach, boshi biroz egildi.


Lily


Lily: Aloo, alo Jennie! Jennie eshitayabsanmi meni? Ashshsh, aloqa yaxshi emasku) telefoniga qarab titkilayotgan qizning orqasidan qandaydur sharpa tezlikda oʻtdi. Shoshilib ortiga qaradi. Yana orqasidan shu qoʻrqinchli ovoz keldi. Nafasi betartib boʻlib qaradi.

Lily


Lily: Heyy, kim bor?... ) biroz quloq solgan qiz, orqasidan juda yaqindan ogʻir nafasni eshitdi. Oʻgirilganida boʻri odam turgandi.

Lily: Hxxx) Lily oʻzini tez ortga olmoqchi boʻldi. Boʻri odam unga avval iljayib qarab, qiz tomon tashlanishga urindi.

Boʻri odam


Lily qoʻllari bilan yuzini toʻsar ekan, Lily tarafdan kuchli shamol kelib, Boʻri odamni uchirib ketdi. Lily bu holatga hayron qarab qoldi. Nima boʻlganini tushunmay,


Taehyung: Yo, Xudo! LILY! ) orqadan kelgan ozoz Lilyning qoʻrquvi barham topishiga sabab boʻldi.

Lily: T-ttataehyung... ) Taehyung uning koʻzlariga uzoqdan qararkan, ikki nigoh; porlab turgan qizning koʻzlariga, oʻziga rom qildira oladigan yigitning nigohlari toʻqnash keldi. Taehyung qiz tomon yura boshlab,

Taehyung


Taehyung: Nega bir oʻzingsan, Lily ?

Lily: Men qolib ketdim..) Tae tez qadamlar bilan borib, qizni quchib oldi. Lily nima qilishni bilmay qoldi.

Lily: Hoy, nima qilayabsiz ?

Tae: Qaytib unday qilma, hoʻpmi ? Oʻzing aslo yolgʻiz yurma. ) Yigit qizni qattiqroq quchdi.

Lily: Hoʻp... ) Qiz ham qarshilik1 qilmay, yigitning bagʻriga singidi. Taehyung qizni bagʻridan chiqarib, unga qaradi.

Tae: Ahvoling yaxshimi ?

Lily: Ha yaxshiman. U boʻri odammidi ?

Tae: Ha. Unga nima qilding.

Lily: Men hech narsa qilmadim. Oʻzi uchib ketdi.

Tae: Uchib ketdi ?

Lily: Ha.

Tae: Seni tabiat asragan koʻrinadi. Flowerlarga ziyon yetkazish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.

Lily: Menimcha, uni shamol uchirib ketdi.

Tae: Yaxshi. Qani endi yur men bilan. ) Taehyung Lilyning qoʻllaridan tutib yetaklay boshladi. 


Yoongi


Yoongi boshini ushlab, ustini toʻgʻrillagan holda ortga qaytarkan, Jungkookning ovozlari balandroq eshitildi.

Jungkook: Yoongi🗣 Qayerdasiz ?

Yoongi: Bu yerdaman, Jungkook. ) Yoongiga koʻzi tushgan yigit, koʻzari biroz kattalashib, u tomon keldi.

Jungkook: Yoo Xudo. Yoongi. Senga nima qildi ? Nega usti boshing chang?

Yoongi: Hammasi joyida. Roséni topdingmi ?

Jungkook: Ha, uni uyga olib bordim. Lily qani ?

Yoongi: Bilmayman.

Jungkook: Ashshsh. Men uni qidirmayman. Oʻzingni sevgiling. Oʻzing qidir.

Yoongi: Nima ? Qanaqa sevgilim ? Jungkook, nima sen aqildan ozdingmi ?

Jungkook: Unda kim, Jennieni sevasanmi ?

Yoongi: Nega Roséni oʻylab koʻrmading.

Jungkook: Tushunmadim. Roséni sevasanmi ?

Yoongi: Yoʻq, uni sen sevasan. Men boshqa birini ) Yoongi Jungkookning yelkasi sekin qoqib qoʻyib, lab chetida kulgan holda yoʻlida davom etdi.

Jungkook: Hoy. Jigʻimga tegishni bas qil. ) Jungkook turgan yerida gapirdi.

Yoongi: Menmi ? Senmi ? ) Yoongi esa yurishda davom etdi.

Jungkook: Bor anavi boshqa biringni oldiga.) Jungkook uning ortidan baqirdi.

Yoongi: Sen ham Roséning oldiga yugur. ) Ortiga qaramay, shunday dedi. U biroz yurgach,

Yoongi Pov


Taehyung: Yaxshi, qani endi yur men bilan... Mittivoy sen juda sekin yurayabsan.... )

Yoongining ongida shu soʻzlar kaseta tasmasidek aylanaverdi. Yoongini bu tanish ovoz qiynar, va oʻylantirardi...


Jungkook: La'nati. Uni ahvoli yaxshi. )Jungkook ortiga qaytdi.

Rosé Yoongining uyi ichidagi oʻrindiqda hayolchan oʻtiribdi.

Jungkook: Yaxshimisan ?

Rosé: Qolganlar qani ?

Jungkook: Yoongi oʻrmonda ekan. U yaxshi.

Rosé: Lily va Jenniechi ?

Jungkook: Yaaa, hali Jennie ham bor ? U qanday yodimdan chiqdi. Lekin uni koʻrmadim, oldimizga faqat Lily kelgandi.

Rosé: Xoʻsh,u qani ?

Jungkook: Bilmayman. ) deya Roséning yonrogʻiga oʻtirib oldi.

Rosé: Bilmayman deganingiz nimasi ? Axir, u ham mendek hamlaga uchrasachi ?

Jungkook: U bilan umuman ishim yoʻq. Ayniqsa,anavi zaxar Jennie bilan. Oʻsha qizlarni umuman yoqtirmayman.

Rosé: Nega unda meni qutqardingiz ? Men ham oʻsha qizlardanman.

Jungkook: Sen mening qaramogʻimdasan. Kamiga sen ulardek qaysar emassan.

Rosé: Adashasiz, aynan oʻsha qizlardekman.

Jungkook: Yaxshi.

Rosé:Men nega sizning qaramogʻingizdaman ?

Jungkook: Menga qara, hamma oʻzinikini oʻzi topsin. Yoongi ham Lilyni qidirib topadi.

Rosé: Nima ?

Jungkook: Rosé, endi bundan buyogʻiga men oʻzim kuchingni nazorat qilishga yordam beraman. Balki bir toʻda ham boʻlarmiz. Shunday ekan, variyantlar qidirib yurma.

Rosé: Variyant ?

Jungkook: Ha. Sevgi munosabatlari uchun. Baribir endi men bilan koʻp vaqt oʻtkazasan.

Rosé: Tupurdim. Koʻp vaqt oʻtkazarmush... Butun dunyo erkaklari shundaymi nima ?

Jungkook: Bas qil. Men shunchaki hazillashdim. Jiddiy olish shart emas.

Rosé: Balki, ularni qidirarmiz?

Jungkook: Oʻzlari kelishadi.

Rosé: Jungkook, iltimos ... ) Tashqari hovlidan qadam tovushlari eshitildi. Ikkisi quloq tutishdi. Biroz oʻtmay Yoongi kirib keldi.

Jungkook: Yoongi. Kelndingmi ?

Rosé: Lily qayerda ?

Yoongi: Undan xabarim yoʻq.

Jungkook: Jenniechi ? Unga koʻzing tushmadimi ?

Yoongi: Uni koʻrdim. Bir qiz bilan yurgandi. Flower.

Jungkook: Lilymi ?

Yoongi: Yoʻq.

Jungkook: Nega uni oʻzing bilan olib kelmading. Begonni oldida qanday qoldirding ?

Yoongi: Demak, Jennie degin ?

Jungkook: Nima ? Ogʻzingga qarab gapir.

Yoongi: Unga ziyon yetmaydi havotir olma... Rosé, Lilyning egizi bormi ?

Rosé: Xx-yoʻq. "Haa... mmmm

Yoongi: Hami, yoʻqmi ?

Rosé: Ha bu haqida aytgandi.

Yoongi: Jennie oʻsha qiz bilan.

Rosé: Nima ? Lily opasini topibdimi ?

Jungkook: Nima bu qanday shovqin ? ) Tashqaridan ovoz keldi. Jungkool chiqganida Jennie turar edi. Jennie uni koʻrib,

Jennie: Jungkook...

Jingkook: Jennie...

Jennie: Uni topdim deb ayt.

Jungkook: Uni topdim.

Jennie: Rostdanmi ?

Jungkook: Haa. U ichkarida.

Jennie: Hayriyat. ) Jennie borib Jungkookni quchib qoʻydi.

Jennie: Rahmat, Jungkook...

Jungkook: E yoʻq bunaqasi ketmaydi. Oʻpich berishing kerak edi. Oʻpich, eshitayabsanmi ?

Jennie: Eyy, yoʻqol. ) deya ichkari kirdi. Jungkook ham uning ortidan kirib ketdi. Jennie Roséni koʻrishi bilan qattiq quchoqlab oldi.

Jennie: Ahvoling yaxshimi ?

Rosé: Ha yaxshiman. Lily qayerda ?

Jennie: U yigitlar bilan edi.) Deya Yoongi tarafga qaraganida, unga norozi qiyofada qarab turgan yigitning aftiga koʻzi tushdi.

Yoongi: Qani u ?

Jennie: Kimni aytayabsiz ?

Yoongi: Oʻzingni jinnilikka olma. Oldingdagi anavi qizni aytayabman.

Jennie: U meni shu yergacha eltib, oʻzi keyin ketdi. ) Yoongi Jenniening qoʻlidan qattiq gʻijimlab ushlagan holda oʻziga tortdi. Qaxrga toʻla koʻzlari bilan unga tikildi.

Yoongi: U bilan qanday aloqang bor ? Gapir ?

Jennie: Ayyy, ogʻritayabsiz. Qoʻyib yuboring.

Jungkook: Yoongi, nima qilganing bu ? Qoʻyib yubor uni ) Jungkook qizni Yoongining qoʻlidan yulib oldi. Yoongi gʻazabga berilgan koʻzlari bilan ikkisiga qaradi. Jungkook Yoonging gʻazabidan hayraylandi.

Yoongi: Sen nima qilayabsan ?

Jungkook: A-aka.. boʻldi qiling. Qoʻlini sindiray dedingiz.

Yoongi: Sinsin edi. Sen nega aralashasan ?

Jungkook: Aka, bas qiling. Sizni tanimayabman. ) Jungkook qoʻllari ichiga kirib ulgurgan qiz Yoongiga

Jennie: Alamingizni mendan olmang. ) Jenniening choʻntagidan qoʻngʻiroq tovushi eshitildi.


Jennie: Aloo, Lily qayerdasan ?

Lily: Men oʻrmondan chiqdim. Rosé topildimi ?

Jennie: Ha u biz bilan. Sen qayerdasan? Shikast yetmadimi ?

Lily: Yoʻq, hammasi yaxshi. Yoongi va Jungkookdan ortda qolib ketdim. Shunga ortga qaytgandim.

Jennie: Yaxshi. Sen uyingga bor, opang seni qidiriayotgandi, u bilan ham aloqaga chiq.

Lily: Ha, u bilan koʻrishaman.

Jennie: Rosé men bilan, havotir olma. Uni uyiga oʻzim birga boraman.

Lily: Yaxshi, ehtiyot boʻlinglar ...

Jennie: Sen ham ehtiyot boʻl.

Aloqa tugadi.


FlashBack


Taehyung: Yaxshi, qani endi yur men bilan... ) Taehyung va Lily ikkisi oʻrmondan chiqish uchun qadamlashdi.

Taehyung: Mittivoy sen juda sekin yurayabsan....

Lily: Charchadim chunki.

Taehyung: Xohlasang opichlab olaman.

Lily: Hojati yoʻq.

Taehyung: Nega endi ? ) deya qizni dast koʻtarib oldi.

Taehyung pov: Huddi ilk bor koʻrishganimizday... U yana mening qoʻllarimda...

Lily pov: Yuragim, iltimos, sekinroq ur. Hozir u bilib qoladi. ) Lily nigohlarini Taehyungning yuzidan uzmas edi.

Tae: Sekinroq qarasangchi.

Lily: Iloji boʻlmayabdi.

Tae: Rostdanmi ? ) Taehyung yoʻldan toʻxtab, Lilyga qaradi.

Lily: Ha, yani bir gap demoqchiman.

Tae: Nima ?

Lily: Menimcha u yogʻiga oʻzim yurishim kerak.

Tae: Ha albatta. Anavu yerda avtomobil, deyarli yetib keldik.

ComeBack



Jimin.


Orqaga tisarilgan holda, ikki qoʻlini boshi orqasiga olib, orqaga qarab yurdi. Orqasi bilan devorga kelib urilgan Jimin, sirgʻalib yerga oʻtirdi. Yuragi havotirli ura boshladi. Zudlik bilan xonasi tomon chiqib ketdi. Shomgacha xonasida qamalib oʻtirdi. Soʻngra esa pastga tushdi. Kechgi ovqatdan keyin, Lilyning xolasiga kirdi.

Jimin: Lily

Lily: Keling aka.

Jimin: Senga bir gapim bor.

Lily: Qanday ?

Jimin: Faqat qoʻrqib ketma. Va jahil qilma, hoʻpmi ?

Lily: Aka, tinchlikmi ?

Jimin: Men bir ish qildim.

Lily: Nima ish?

Jimin: Men... Men ham...

Lily: Xoʻsh..?

Jimin: Lily men ham oʻsha kitobdan biroz oʻqigandim.

Lily: NIMA ?!

Jimin: Tinchlan. Shunchaki, bir-ikki varoq rasmlariga koʻz ygurtirdim holos.

Lily: Aka qanday tinchlanay ? Ayting qanday tinchlanishim mumkin ?

Jimin: Xuxxx... Iltimos.. vahima qilma.

Lily: Bir yplini topamiz. Aka, men sizga biror korhol boʻlishiga yoʻl qoʻymayman.


Jimin


Ertasi Kun

.

Universitetning tepa qavati, zinalar suyangichida Jennie va Rosé gaplashib turardi...

Rosé pov


Tan olib aytishim kerak... Men ilk bor sevib qoldim... Unga befarq boʻla olmayman.

Jennie: Nimalarni oʻylayabsan ?

Rosé: Men birini sevib qolgandekman... ) Birinchi qavatdan yurib kirayotgan ikki kelishgan yigit koʻzga koʻrindi. Bir qadam oldinda, Yoongi, ortidan Jungkook kelayabdi.


Jennie: Nima nima ? Sen sevib qoldingmi?

Rosé: Bilmadim, u juda yaxshi inson... Tashqi koʻrinishidan yomon insonlar kabi, lekin qalban juda mehribon... Juda rahimdil inson... ) Jennie avval birinchi qavatdan kirishayotgan yigitlardan koʻz uzmay gapirayotgan Roséga, keyin esa ikki yigitga qaradi.

Jennie Pov: Qiziq, nahotki shu yigitni sevib qoldi ? Adashmayabmanmi ?

Lily: Men boʻldim. ) Oʻqituvchilar xonasidan chiqqan Lily, ikki qizga qoʻshilib darsga kirishdi.

Jennie: Bugun ham opang bilan koʻrishasanmi ?

Lily: Ha albatta.

Rosé: Eshitib xursand boʻldim, chindan ham.

Lily: Rahmat. ) Qizlar bir-biriga jilmayib qoʻyishdi.

Oʻqutuvchi: Diqqatimizni qaratamiz! )

Namjoon and Seokjin


Ikki yigit ish xonalarida xujjatlarni kpzdan kechirar ekan,

Seokjin: Namjoon, yana shoqollar paydo boʻlgan koʻrinadi. Ular kim boʻlishi mumkin.

Seokjin


Namjoon: Koreya kattalaridan emas. Ular bilan aloqamiz yaxshi.

Seokjin: Toʻgʻri. Menimcha, anchayin tajribaliroq. Yoʻqsa bizning bunchalar katta molimizga hujum qilmasdi. Hoseok va menga hujumdan qochmagan ekan, havasmand emas.

Namjoon: Hammasini aniqlaymiz. Jimin va Hoseokni chorlang. Ular ham ishga qaytsin endi.

Seokjin: Yaxshi.

Namjoon



Kim Taehyung uyi. Lisa


Lisa oʻzi uchun ajratilgan xonada telefon titkilab oʻtirgandi. Unga xabar keldi.

"Lily: Opa men keldim" degan yozuv bor edi. Eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Lisa shoshilib xinadam chiqdi.

Eshik qoʻngʻirogʻi jiringlarkan, Taehyung borib ochdi. Eshik ortuda Lily turgandi.

Tae: Mittivoy, keldingmi ?

Lily: Janob Tae, fartuk taqib olibsizmi ?

Tae: Ha, sen kelishinga Jisoo ikkimiz shirinlik tayorladik.

Lily: Rostdanmi ? ) Tepa zinadan jimningdur yiqilgam ovozi keldi.

Lisa: Oyogʻim. Jin ursin. ) Lisa shoshilib, zinadan yiqilgan edi. Lily va Taehyung ikkisi bu ovozdan Lisaning oldiga shoshilib chiqishdi.

Lily: Yo Xudo, opa ahvoling yaxshimi?

Tae: Ehtiyot boʻlmaysanmi, qattiq ogʻrimayabdimi ?

Lisa: Unchalik emas. Yaxshiman.

Tae: Yura olasanmi ?

Lisa: Ha. Yura olaman. ) Deya oʻrnudan turganida, oyogʻidagi ogʻriq sabab qayta joyuga oʻtirib qoldi.

Lisa: Jin ursin bu nimasi ?

Tae: Oyogʻingni qayirib olgan koʻrinasan. Seni doktrga olib boraman.

Lisa: Yaxshi.

Jisoo: Nimadur boʻldimi ? ) Oshxona tomondan qizning bawirigʻi eshitildi. Lisani hammasu birgalashib, doktr qabuliga olib borishdi. Lisa oyogʻini qattiq shikastlb olganligi sabab, doktr koʻp harakatlanmay turishi kerakligini aytdi. Soʻngra esa, uyga qaytishdi.

Liss: Jin ursin. 2 kundan keyin Parijga, Celine koʻrgazmasida qatnashishim kerak edi.

Lily: Asabiylashma. Bir safargagina.

Lisa: Bu yaxshi imkoniyat edi. Lily, qaytib bu imkon boʻlmasligi mumkin.

Lily: Yaxshi, oʻrningga men borsamchi ?

Lisa: Shunday qilasanmi ?

Lily: Albatta, axir ikki tomchi suvdek oʻxshaymizku.

Lisa: Yaxshi, unda bugun senga hammasini bir boshdan tushuntiraman.

Lily: Shoshma, u yerga bir oʻzim vora olmayman.

Tae: Bir oʻzing borasan deb kim aytdi ? Men boʻlaman yoningda.) Orqadan kelgan tovush, Taehyungniki edi. Taehyung Lilyga qarab tabassum qilar ekan, Lisa Taehyungga qarab orzu qilardi...

Lily Taeehyung
Lisa



13_qisim tugadi.

Keyingi qisim juda qiziq boʻladi💋




Report Page