SIO ENGLISH 2026 — RASMIY NIZOM

SIO ENGLISH 2026 — RASMIY NIZOM

SAMARKAND INTERNATIONAL OLIMPIADA

SIO ENGLISH 2026

SAMARKAND INTERNATIONAL OLYMPIAD

NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Nizom “Universal Shingarf” MCHJ tomonidan tashkil etiladigan SIO English 2026 —

Samarkand International Olympiad (keyingi o‘rinlarda — “Olimpiada”)ni tashkil etish va o‘tkazish

tartibi, ishtirok etish shartlari, bosqichlari, baholash mezonlari, g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash

tartibini belgilaydi.

1.2. SIO — Samarkand International Olympiad xalqaro ta’lim va akademik hamkorlikni

rivojlantirishga yo‘naltirilgan olimpiada platformasi bo‘lib, SIO English 2026 mavsumining

Respublika final bosqichi Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

1.3. SIO English 2026 ingliz tili fanidan o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, iqtidorli

o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda

sog‘lom akademik raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

1.4. Olimpiada uch bosqichda o‘tkaziladi: 1) Saralash bosqichi — onlayn; 2) Yarim final — oflayn,

hududiy; 3) Respublika finali — oflayn, Samarqand shahrida.

1.5. Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish muddati va 1-bosqichning aniq sanasi ro‘yxatdan o‘tish

dinamikasi hamda tashkiliy tayyorgarlikdan kelib chiqib Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi va

SIOning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi.

1.6. Yarim finalning sanasi, manzili va tegishli tashkiliy ma’lumotlari yarim final boshlanishidan

kamida 5 kun oldin rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi.

1.7. Respublika final bosqichi 2026-yil dekabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Finalning aniq

sanasi va manzili Tashkiliy qo‘mita tomonidan oldindan e’lon qilinadi.

1.8. Olimpiadaning asosiy maqsadlari: o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish;

iqtidorli va yuqori salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish; ingliz tilidan foydalanish,

o‘qib tushunish, tinglab tushunish, grammatik va leksik bilimlarni sinovdan o‘tkazish; Respublika

miqyosida bilimlarni namoyish etish imkoniyatini yaratish; adolatli va shaffof akademik raqobat

muhitini shakllantirish; xalqaro ta’lim va akademik musobaqalarga qiziqishni rivojlantirish.

II. ISHTIROKCHILAR VA KATEGORIYALAR

2.1. SIO English 2026 ikki mustaqil kategoriya bo‘yicha tashkil etiladi: OPEN CATEGORY va

SPECIALIZED CATEGORY.

2.2. OPEN CATEGORY 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etiladi. Har bir sinf

bo‘yicha alohida reyting shakllantiriladi.

2.3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil

olayotgan o‘quvchilar OPEN CATEGORY’da ishtirok eta olmaydi.

2.4. SPECIALIZED CATEGORY Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim

muassasalarining 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etiladi.

2.5. SPECIALIZED CATEGORY natijalari OPEN CATEGORY natijalaridan mutlaqo alohida hisoblanadi

va hech bir bosqichda OPEN CATEGORY reytingiga qo‘shilmaydi.

2.6. Har bir ishtirokchi faqat o‘zi amalda tahsil olayotgan sinf va tegishli kategoriya bo‘yicha

qatnashishi mumkin.

2.7. Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish bepul.

2.8. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishda F.I.Sh., tug‘ilgan sana, hudud, ta’lim muassasasi, sinfi va

Tashkiliy qo‘mita tomonidan talab qilinadigan boshqa ma’lumotlarni to‘g‘ri ko‘rsatishi shart.

2.9. Barcha yarim finalchilar yarim finalda ishtirok etishdan oldin o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim

muassasasidan qog‘oz shaklidagi ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Ma’lumotnomada

o‘quvchining mazkur ta’lim muassasasida va ko‘rsatilgan sinfda amalda tahsil olayotgani

tasdiqlanishi lozim.

SIO English 2026 | 12.10. Noto‘g‘ri sinf, ta’lim muassasasi yoki kategoriya ko‘rsatilgani aniqlangan taqdirda

ishtirokchining natijasi avtomatik ravishda bekor qilinadi.

2.11. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasasi o‘quvchisining OPEN CATEGORY orqali qatnashgani

keyinchalik aniqlansa, uning tegishli bosqichdagi natijasi bekor qilinadi.

III. OLIMPIADANI O‘TKAZISH TARTIBI — 1-BOSQICH

3.1. Birinchi bosqich onlayn shaklda tashkil etiladi va unda ishtirok etish bepul.

3.2. Saralash bosqichi O‘zbekiston Respublikasining 12 viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va

Toshkent shahri kesimida tashkil etiladi.

3.3. Saralash bosqichida har bir sinf uchun 30 ta test topshirig‘i taqdim etiladi. Testni bajarish

uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

3.4. Savollar oson, o‘rta va qiyin darajalarga ajratiladi hamda murakkablik darajasiga mos ravishda

differensial ball bilan baholanadi. Aniq ball qiymatlari Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi.

3.5. OPEN va SPECIALIZED kategoriyalaridagi tegishli sinf o‘quvchilari uchun bir xil test

topshiriqlaridan foydalanilishi mumkin, biroq ularning reytinglari alohida shakllantiriladi.

3.6. OPEN CATEGORY’da har bir hudud va har bir sinf kesimida eng yuqori natijani qayd etgan

TOP-30 o‘quvchi yarim final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

3.7. SPECIALIZED CATEGORY’da har bir hudud va har bir sinf kesimida eng yuqori natijani qayd

etgan TOP-15 o‘quvchi yarim final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

3.8. Agar oxirgi o‘tish o‘rnidagi ishtirokchi bilan undan keyingi bir yoki bir nechta ishtirokchi teng

ball to‘plagan bo‘lsa, mazkur teng ballni qayd etgan barcha ishtirokchilar keyingi bosqichga

o‘tkaziladi. Shu sababli TOP-30 va TOP-15 asosiy saralash kvotasi hisoblanadi va teng ball

holatlarida amaldagi ishtirokchilar soni ushbu miqdordan ortishi mumkin.

IV. YARIM FINAL BOSQICHI

4.1. Yarim final bosqichi oflayn shaklda, Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan hududlarda

tashkil etiladi.

4.2. Yarim finalning aniq sanasi va manzili bosqich boshlanishidan kamida 5 kun oldin e’lon qilinadi.

4.3. Yarim finalga faqat saralash bosqichi natijalariga ko‘ra yo‘llanma olgan hamda tegishli

hujjatlarini tasdiqlagan ishtirokchilar qo‘yiladi.

4.4. Yarim final bosqichida ishtirok etish pullik. Ishtirok badalining miqdori, to‘lov muddati va to‘lov

tartibi Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi hamda rasmiy axborot kanallari orqali oldindan

e’lon qilinadi.

4.5. Yarim final uchun amalga oshirilgan ishtirok badali qaytarilmaydi.

4.6. Belgilangan muddatda badal to‘lovini amalga oshirmagan ishtirokchi yarim finalda qatnashish

huquqini yo‘qotadi. Bunday holatda Tashkiliy qo‘mita reyting bo‘yicha navbatdagi ishtirokchiga

qatnashish imkoniyatini berish huquqiga ega.

4.7. Yarim final natijalari har bir kategoriya va sinf bo‘yicha Respublika miqyosida alohida reytingga

birlashtiriladi.

4.8. OPEN CATEGORY’da 2–8-sinflarning har biri bo‘yicha Respublika reytingida TOP-30 o‘quvchi

final bosqichiga yo‘llanma oladi. Asosiy kvota bo‘yicha OPEN CATEGORY finaliga 210 nafar o‘quvchi

saralanadi.

4.9. SPECIALIZED CATEGORY’da 5–8-sinflarning har biri bo‘yicha Respublika reytingida TOP-15

o‘quvchi final bosqichiga yo‘llanma oladi. Asosiy kvota bo‘yicha SPECIALIZED CATEGORY finaliga

60 nafar o‘quvchi saralanadi.

4.10. Finalga saralash chegarasida teng ball qayd etilgan taqdirda 3.8-banddagi qoida qo‘llaniladi.

Shu sababli finalchilar umumiy soni asosiy 270 nafar kvotadan ortishi mumkin.

V. RESPUBLIKA FINAL BOSQICHI

5.1. SIO English 2026 final bosqichi 2026-yil dekabr oyida Samarqand shahrida oflayn shaklda

o‘tkaziladi.

5.2. Final bosqichida ishtirok etish bepul.

SIO English 2026 | 25.3. OPEN va SPECIALIZED kategoriyalari finalda ham alohida reyting asosida bellashadi.

5.4. Final bosqichida jami 11 ta mustaqil sinf/kategoriya reytingi shakllantiriladi: OPEN —

2–8-sinflar bo‘yicha 7 ta; SPECIALIZED — 5–8-sinflar bo‘yicha 4 ta.

5.5. Final bosqichi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘ladi: 30 ta asosiy test topshirig‘i va 10 ta Listening

topshirig‘i.

5.6. Asosiy test topshiriqlari ingliz tilining grammatika, lug‘at boyligi, o‘qib tushunish va boshqa

tegishli akademik ko‘nikmalarini baholashga qaratiladi.

5.7. Listening qismi ishtirokchilarning ingliz tilidagi audio materialni tinglab tushunish

ko‘nikmalarini baholaydi.

5.8. Final testining umumiy davomiyligi, bo‘limlar bo‘yicha vaqt taqsimoti va Listening materialini

eshittirish tartibi Tashkiliy qo‘mita tomonidan finaldan oldin e’lon qilinadi.

VI. BAHOLASH VA REYTING TIZIMI

6.1. Test topshiriqlari ishtirokchilarning yosh va sinf xususiyatlarini hisobga olgan holda fan

mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi.

6.2. Oson, o‘rta va qiyin darajadagi savollarga ularning murakkablik darajasidan kelib chiqib turli

ball qiymati berilishi mumkin.

6.3. Har bir bosqich yakunida natijalar ishtirokchilarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

6.4. OPEN va SPECIALIZED kategoriyalari reytinglari alohida yuritiladi.

6.5. Final bosqichida har bir kategoriya va sinf bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchi

Oliy sovrin sohibi deb topiladi.

6.6. Oliy sovrin sohibidan keyingi natijalar asosida tegishli ravishda 1-, 2- va 3-o‘rinlar aniqlanadi.

6.7. Final bosqichida Oliy sovrin yoki 1-, 2-, 3-o‘rinlarni aniqlashda ikki yoki undan ortiq ishtirokchi

teng ball to‘plagan taqdirda ular o‘rtasida qo‘shimcha sinov (qayta bellashuv) tashkil etiladi.

6.8. Qo‘shimcha sinov natijalariga ko‘ra yakuniy o‘rinlar belgilanadi.

VII. TEST MATERIALLARINING MAXFIYLIGI VA AKADEMIK HALOLLIK

7.1. Olimpiada testlari, Listening materiallari, javob kalitlari va baholash materiallari maxfiy

hisoblanadi.

7.2. Test materiallari Tashkiliy qo‘mita tomonidan himoyalangan tartibda saqlanadi va tegishli

bosqich o‘tkaziladigan vaqtda foydalanish uchun taqdim etiladi.

7.3. Ishtirokchilarga test topshiriqlarini ruxsatsiz suratga olish, videoga olish, nusxalash, uchinchi

shaxslarga yuborish yoki internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish taqiqlanadi.

7.4. Onlayn saralash bosqichida boshqa shaxsning yordami bilan test ishlash, boshqa shaxs

nomidan test topshirish yoki natijaga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan boshqa harakatlar

taqiqlanadi.

7.5. Tashkiliy qo‘mita qoidabuzarlik bo‘yicha yetarli asos mavjud deb topsa, ishtirokchining

natijasini bekor qilish va uni Olimpiadadan diskvalifikatsiya qilish huquqiga ega.

7.6. Qoidabuzarlik keyingi bosqichda yoki mukofotlashdan oldin aniqlangan taqdirda ham avvalgi

natijalar bekor qilinishi mumkin.

VIII. TEXNIK MASALALAR VA ISHTIROKCHINING JAVOBGARLIGI

8.1. Onlayn bosqichda qatnashish uchun zarur qurilma, barqaror internet aloqasi va boshqa texnik

vositalarni ta’minlash ishtirokchining mas’uliyati hisoblanadi.

8.2. Ishtirokchining internet aloqasi uzilishi, qurilmasi ishlamay qolishi, elektr ta’minoti yoki uning

tomonidagi boshqa texnik muammolar uchun Tashkiliy qo‘mita javobgar hisoblanmaydi.

8.3. SIO platformasi yoki tashkilotchiga bog‘liq umumiy texnik nosozlik yuzaga kelgan taqdirda

Tashkiliy qo‘mita testni davom ettirish, qo‘shimcha vaqt berish, qayta test tashkil etish yoki boshqa

tegishli chorani belgilash huquqiga ega.

IX. TO‘LOVLAR VA MOLIYAVIY SHARTLAR

9.1. Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish — bepul.

SIO English 2026 | 39.2. Birinchi saralash bosqichida ishtirok etish — bepul.

9.3. Yarim final bosqichida ishtirok etish — pullik.

9.4. Yarim final badalining aniq miqdori va to‘lov muddati Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi

va oldindan e’lon qilinadi.

9.5. Yarim final uchun amalga oshirilgan to‘lovlar, ishtirokchining kelmasligi yoki o‘z xohishiga

ko‘ra qatnashmasligidan qat’i nazar, qaytarilmaydi.

9.6. Tashkiliy qo‘mita sababli yarim finalning bekor qilinishi yoki o‘tkazilmasligi bilan bog‘liq

holatlar bo‘yicha moliyaviy masalalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan alohida hal etiladi.

9.7. Respublika final bosqichida ishtirok etish — bepul.

X. APELLYATSIYA TARTIBI

10.1. Ishtirokchi tegishli bosqich natijasi shaxsiy kabinetida e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat

ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.

10.2. Apellyatsiya test natijasi, hisoblashdagi xatolik, texnik holat yoki topshiriq bilan bog‘liq

asoslantirilgan e’tirozlar yuzasidan berilishi mumkin.

10.3. Apellyatsiya Tashkiliy qo‘mita va/yoki tegishli fan komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

10.4. Asossiz, haqoratli yoki belgilangan muddatdan kech yuborilgan murojaatlar apellyatsiya

sifatida ko‘rib chiqilmasligi mumkin.

10.5. Apellyatsiya bo‘yicha chiqarilgan yakuniy qaror ishtirokchining shaxsiy kabineti yoki

tashkilotchilar belgilagan boshqa rasmiy aloqa vositasi orqali ma’lum qilinadi.

XI. G‘OLIBLARNI ANIQLASH VA MUKOFOTLASH

11.1. Final bosqichida har bir sinf va kategoriya bo‘yicha eng yuqori yakuniy natijani qayd etgan bir

nafar o‘quvchi OLIY SOVRIN — GRAND PRIZE sohibi deb e’tirof etiladi.

11.2. OPEN CATEGORY’da 7 ta, SPECIALIZED CATEGORY’da 4 ta mustaqil Oliy sovrin belgilanadi.

Shu tariqa SIO English 2026 doirasida jami 11 nafar Oliy sovrin sohibi aniqlanadi.

11.3. Har bir Oliy sovrin sohibiga DUBAI TRIP, SIO GRAND PRIZE CUP va OLIY SOVRIN DIPLOMI

taqdim etiladi.

11.4. Oliy sovrin egasidan keyingi uchta eng yuqori natija tegishli ravishda 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rin

sifatida belgilanadi.

11.5. 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga diplom hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan

mukofotlar taqdim etiladi.

11.6. Tashkiliy qo‘mita 1-, 2- va 3-o‘rin egalari uchun medal, kubok, esdalik sovg‘asi yoki boshqa

qo‘shimcha mukofotlarni belgilash huquqiga ega.

11.7. Final bosqichida qatnashgan barcha o‘quvchilarga SIO FINALIST CERTIFICATE taqdim etiladi.

XII. DUBAI TRIP — OLIY SOVRIN SHARTLARI

12.1. Dubai Trip faqat tegishli Oliy sovrin sohibi bo‘lgan o‘quvchiga taqdim etiladi.

12.2. SIO tomonidan taqdim etiladigan Dubai Trip g‘olib o‘quvchining aviachipta, mehmonxonada

yashash va safar dasturi doirasidagi transfer xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

12.3. Viza, ovqatlanish, ekskursiya, sug‘urta va 12.2-bandda nazarda tutilmagan boshqa xarajatlar

Dubai Trip sovrini tarkibiga kirmaydi.

12.4. Ota-ona, qonuniy vakil yoki boshqa hamrohning aviachipta, mehmonxona, transfer va boshqa

xarajatlari SIO tomonidan qoplanmaydi.

12.5. Ota-ona yoki boshqa hamroh safarda ishtirok etishni istasa, o‘z safar paketini va tegishli

xizmatlarni alohida va o‘z mablag‘i hisobidan tashkil etadi yoki sotib oladi.

12.6. G‘olibning xorijga chiqishi uchun zarur pasport, ruxsatnoma, viza va boshqa talab etiladigan

hujjatlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakili

zimmasida bo‘ladi.

12.7. Dubai Trip faqat Oliy sovrin sohibining o‘ziga tegishli bo‘lib, boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi.

12.8. Dubai Trip naqd pul yoki boshqa pul mablag‘iga almashtirilmaydi.

SIO English 2026 | 412.9. G‘olib yoki uning qonuniy vakili Dubai Trip’dan voz kechgan taqdirda ushbu sayohat sovrini

bo‘yicha huquq bekor qilinadi va boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi.

12.10. Safarning aniq sanasi, davomiyligi, mehmonxona, parvoz, transfer va tashkiliy dasturi

Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi va g‘oliblarga alohida ma’lum qilinadi.

XIII. TASHKILIY QO‘MITA

13.1. Olimpiadani tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun “Universal Shingarf” MCHJ

tomonidan SIO Tashkiliy qo‘mitasi shakllantiriladi.

13.2. Tashkiliy qo‘mita Olimpiada sanalari va joylarini belgilaydi; ro‘yxatdan o‘tish jarayonini tashkil

qiladi; fan komissiyasi va ekspertlarni shakllantiradi; test va Listening materiallarini tayyorlash

hamda ularning maxfiyligini ta’minlaydi; testlarning murakkablik darajasi va ball qiymatlarini

belgilaydi; baholash va reyting tizimini yuritadi; ishtirokchilar hujjatlarini tekshiradi;

apellyatsiyalarni ko‘rib chiqishni tashkil etadi; qoidabuzarliklar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

natijalarni tasdiqlaydi va e’lon qiladi; g‘oliblarni mukofotlash va Dubai Trip dasturini tashkil etadi;

Olimpiadaning tashkiliy jarayonlari bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qiladi.

XIV. YAKUNIY QOIDALAR

14.1. Olimpiadada ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirokchi va/yoki uning qonuniy vakili ushbu Nizom

shartlari bilan tanishgan va ularga rioya etishga rozilik bildirgan hisoblanadi.

14.2. Olimpiadaning tegishli bosqichlari bo‘yicha sanalar, manzillar, to‘lovlar, test jarayoni va

boshqa tashkiliy ma’lumotlar SIOning rasmiy axborot manbalari hamda ishtirokchilarning shaxsiy

kabinetlari orqali e’lon qilinishi mumkin.

14.3. Ushbu Nizomda bevosita nazarda tutilmagan tashkiliy yoki texnik masalalar yuzaga kelgan

taqdirda ular Tashkiliy qo‘mita tomonidan Olimpiadaning adolatlilik, shaffoflik va teng sharoit

tamoyillaridan kelib chiqib hal etiladi.

14.4. Tashkiliy qo‘mita zarurat tug‘ilganda ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

huquqiga ega.

14.5. Kiritilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar ishtirokchilarga SIOning rasmiy axborot

manbalari orqali ma’lum qilinadi.

14.6. Ushbu Nizom tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

TASHKILOTCHI

“UNIVERSAL SHINGARF” MCHJ

SIO — SAMARKAND INTERNATIONAL OLYMPIAD

Yo‘nalish: English Language

Mavsum: SIO English 2026

Final: Samarqand shahri, 2026-yil dekabr

Tasdiqlangan sana: ___________________ 2026-yil

Tashkilot rahbari: __________________________

Imzo: __________________

Muhr



Report Page