SIFATLI URUG’ MO’L HOSIL GAROVI!
Dorilanmagan va sertifikatga ega bo'lmagan qishloq xo'jaligi ekinlari urug'larini ekish qonun bilan taqiqlangan!
Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekini ekilishi, sug’orish ishlari peshma-pesh olib borilmoqda. Boshoqli don ekilishida sifatli urug’likni ahamiyati juda katta bo’lib,Yangiyo’l tumani “Nurli diyor agro” MCHJ klaster korxonasiga keltirilib fermer xo’jaliklariga yetkazib berilayotgan 2050,0 tonna urug’lk don navi hamda avlodi kesimida sifatli dorilanib va ekish uchun yaroqli deb topilib sertifikatlar berilgan.
Shuni aytish joizki, Yangiyo’l tumanida ''O'zagroinspeksiya"ning tuman bo'limi tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko’ra o’tgan 2020 yilda tumandagi ayrim fermer xo’jaliklari tomonidan bozordan dorilanmagan, navi va avlodi noma’lum bo’lgan hamda sertifikatga ega bo'lmagan urug’liklar ekib O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevraldagi "Urug'chilik to'g'risida"gi Qonunning 16 va 26-moddalari hamda O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1042-moddasi 1-qismi bilan dorilanmagan va sertifikatga ega bo'lmagan texnik bugdoyni ekkanligi aniqlanib, to'plangan hujjatlarni tuman jinoiy ishlar sudiga yuborilgan hamda qonuniy choralar ko’rilgan.
Yangiyo’l tumanida 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish ishlar ''O'zagroinspeksiya"ning tuman bo'limi tomonidan nazorat o’rnatilgan!
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
Toshkent viloyati boshqarmasi inspektori
Eldor Ziyadullayev
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
Yangiyo’l tuman bo'limi katta inspektori
Jahongir Djangirov
✍️ Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
Telegram (https://t.me/yangiyul_tuman)