Sun`iy Intelekt ma'lumotlarini tahlil qilish kurs dasturi

Sun`iy Intelekt ma'lumotlarini tahlil qilish kurs dasturi



Mashgʻulotlarni Sardor Abdulhamidov — 8 yillik python dasturlash tili boʻyicha va Sunʼiy intellekt boʻyicha ishlash 6 yillik tajribasiga ega boʻlgan, Belarusiya-Oʻzbekiston qoʻshma politexnika instituti “Innovatsion rivojlanish, Transport logistikasi, startaplarni boshqarish, kibersport va informatsion texnologiyalar” ilmiy tadqiqot boʻlimi rahbari, UMDSOFT Loyiha menejeri, Burchak IT kompaniya rahbari olib boradi.

Dilshod Ikramov, mentor bo’lib, mustaqil ishlash jarayonida yordam beradi. Dilshod Ikramov 4 yillik python dasturlash va Sun’iy intellekt bo’yicha 2 yillik, DevOps sohasida 2 yillik tajribaga ega.



Kurs yakunida har bir bitiruvchi:

1.     Sun’iy intellekt  masalalari va ularga yechim topish bo’yicha to’la tasavvurga ega bo’ladi;
2.     Dasturchilar jamoasi bilan ishlay olish va o’zaro  samaradorlikni kuchaytirish usullari;
3.     Yangi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yoki yangi dasturiy ta’minotga asoslangan xizmat turini tashkil eta oladi;
4.     O’zbekiston Informatsion texnologiyalar bozori uchun yangi loyiha va dastur taklif qila olish;
5.     Bilim va ko’nikmasiga asosan o’z start ap (Informatsion texnologiyalar olamida yangilik) ini realizatsiya qila olish qobiliyatini o’stiradi;
6.  Real loyihada ishlay olish;
7.     Chet el mutaxassislari bilan to’g’ridan to’g’ri fikr almashish orqali o’z bilimini mustahkamlaydi.


Metodika

  • Mashgʻulotlar faol jamoaviy mashqlar, interaktiv maʼruza, savol-javoblar, muhokamalar va real loyihalar asosida oʻtiladi.
  • Har oy yakunida imtihon va suhbat jarayoni amalga oshiriladi, bu bilim oluvchi bilim darajasi va ishga tayyorgarlik holatini belgilab beradi.
  • Kurs yakuniga qadar har bir bilim oluvchi uchun alohida loyihalar beriladi, bu bilim oluvchi uchun kelajakda masalaga qanday yondasha olish qobiliyatini belgilash uchun xizmat qiladi.
  • Muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar topshiriladi va eng yaxshi bitiruvchilarga ishga joylashishda koʻmaklashiladi.


Modullar

1.  Sun’iy intellekt bilan tanishish va ma’lumot analitikasiga kirish. Sun’iy intellekt nima, Ma’lumot analitikasi(data analytic) nima, nima uchun matematik bilim bu sohada muhim?
2. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar analitikasi tarixi, buguni va kelajagi
3. Sun’iy tafakkur, Sun’iy intellektni hosil qilish. 

4. Apparat darajasidagi kod yozish va virtual o’zini o’zi boshqara oladigan kichik mashina yaratish. 1 qism

5. Apparat darajasidagi kod yozish va virtual o’zini o’zi boshqara oladigan kichik mashina yaratish. 2 qism.

7. Apparat darajasidagi kod yozish va virtual o’zini o’zi boshqara oladigan kichik mashina yaratish. 3 qism.

8. Apparat darajasidagi kod yozish va virtual o’zini o’zi boshqara oladigan kichik mashina yaratish. 4 qism.

9. Server bilan ishlash va uning sozlamalari, cloud tizimida ishlovchi data center yaratish qoidalari va texnologiyalari.      

10. Machine Learning va Deep Learning.

11. Deep Q-Learning Intuition.

12. Deep Convolutional Q-Learning Intuition.


Treningimizga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat!

Telegram BOT sahifasiga qaytish.








Report Page