SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I SARDORBEK ABDULLAYEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

SHOVOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I SARDORBEK ABDULLAYEVNING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI


Tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

2022-yilning II choragi davomida tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning hududlarida jami 7 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 456 ta tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Shovot tumanida 2 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 620 ta korxonaning 765 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 685 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 83 ta korxonadagi 342 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.

 Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 115 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 127 nafar, qurilish korxonalarida 61 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 39 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 31,8 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020 yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa  5 foizdan 1,5 foizga tushdi.

Bundan tashqari, boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 23 korxonada 186.7 million so‘m pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.

2022-yilning II choragi davomida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 20 milliard 823 million so‘m miqdorida soliqlar to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 21,7 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 15,8 milliard so‘mi, ya’ni 72,8 foizi yuridik shaxslar, 5,9 milliard so‘mi yoki 27,2 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

 Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 8,2 milliard so‘m yoki 37,8 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1,8 milliard so‘m yoki 8,3 foizini aylanmadan olinadigan soliq, 5.2 milliard so‘m yoki 24 foizini yer solig‘i, 6.5 milliard so‘m yoki 29,9 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, soliq tizimida samarali qo‘llanib kelinyapti.

To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan. Prezidentimizning 2021-yil 4-oktabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi.  

Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqiladi agarda rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 Hurmatli tadbirkorlar!

 Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.



Report Page