SHO‘RLANGAN TUPROQLARNI BOSHQARISH BO'YICHA XALQARO ANJIMAN

SHO‘RLANGAN TUPROQLARNI BOSHQARISH BO'YICHA XALQARO ANJIMAN


Avval xabar qilganimizdek mamlakatimizda Global tuproq hamkorligi (GSP), (EASP) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va bir qator milliy hamkorlar bilan birgalikda 22-26 may kunlari Toshkent va Nukus shaharlarida Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

"Sho‘rlangan tuproqlar bo‘yicha xalqaro seminar: Barqaror kelajak uchun sho‘rlangan tuproqlarni boshqarish" mavzusidagi xalqaro seminarda respublikamiz hamda 20 ga yaqin mamlakatdan 50 ga yaqin xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis-olimlar, davlat tashkilotlari va ilmiy tadqiqot institutlari jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti professorlari, fan doktorlari, ilmiy xodimlari ishtirok etishmoqda.

Bugungi global iqlim o‘zgarishida tuproqlarning sho‘rlanishi, yerlar degradatsiyasi, tuproqlarning holatini saqlash, qishloq xo‘jaligidan unumli foydalanish muammolari butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda. Forum qatnashchilari shu kunlarda tadbir dasturiga ko‘ra (25-26 may kunlari) Qoraqalpog‘iston respublikasiga qurigan Orol dengiziga tashrif buyurdilar. Tuproqlarning sho‘rlanishiga qarshi kurashish va uni boshqarish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek O‘zbekistonda tuproqshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Ayni paytda Qoro‘zak tumanida Yaponiyalik olimlar tomonidan sho‘rlangan yerlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishmoqda. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Sh.Bobomurodov ilmiy xodimlar ishtirok etmoqda.

Yerlar insoniyatning taraqqiyotiga, jamiyatning ravnaqiga xizmat qiladi. Yuksak darajada tashkil qilingan ushbu xalqaro seminar ishida asosiy e'tibor yerlarni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish, sho‘rlanishga qarshi kurashish, yerlarda kechayotgan salbiy oqibatlarni oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolish va bu dolzarb mavzu yuzasidan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo'ldi....


Report Page