SHOLI YETISHTIRISH

SHOLI YETISHTIRISH

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Sholi qimmatbaho yorma ekini, dunyoda bug‘doy ekinidan keyingi ikkinchi ekinda turadi. Sholi guruchi to‘yimliligi bilan, tez hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi, guruch tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,18% oqsil, 0,26% moy, 2,2% kletchatka, 0,5% kul moddalari va 14% suv va har xil vita minlar bor. Guruch qaynatmasi­ tabobatda davolash maqsadida ko‘p ishlatiladi. Guruch bilan parhez yuqori qon bosimida foydalaniladi.

  Guruchdan tayyorlangan ovqat juda tez pishadi, inson organizmida u boshqa yormalarga qaraganda tez hazm bo‘ladi va to‘liq o‘zlashadi. Guruchning o‘zlashtirilish koeffitsienti eng yuqori-96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bug‘doyniki esa 6310 ga teng.

  Sholi somonini yem - xashak sifatida chorvachilikda ishlatiladi, 1 kg somonda 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud. Bundan tashqari sholi somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qog‘oz va kompas tayyorlashda ishlatiladi.

  Suvga talabchanligi. Sholi boshqa qishloq xo‘jalik ekinlaridan suvda o‘sish va rivojlanish qobiliyati bilan farq qiladi. Suv serob bo‘lmasa sholi yuqori hosil berolmaydi.

  Urug‘ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin suv qatlami tuproqda faqat murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, le-kin ildizchalar rivojlanmaydi shuning uchun urug‘ nishlagandan keyin to unib chiqqunga qadar (1-barggacha) daladan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib chiqqandan keyin suv qatlami 15 - 20 sm balandlikkacha ko‘tariladi.

  Issiqlikka bo‘lgan munosabati. Sholi issiqlikka juda talabchan. Urug‘ning unib chiqishi uchun suvning eng past harorati 10-14 °C, lekin bu haroratda urug‘ 12-15 kun davomida unib chiqadi. Harorat 20-25 °C bo‘lganda urug‘ 5 - 7 kunda unib chiqadi.

  Yorug‘likka bo‘lgan munosabati. Sholining hosildorligining shakllanishida quyoshli kunlarning ya’ni yoritilganlikning ko‘p bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega. Sholi qisqa kun o‘simligi, juda ko‘p navlar 11-12 soat yorug‘likni talab qiladi.

Tuproqqa munosabati. Sholi tuproq sharoitiga talabchan emas, uni botqoq, o‘tloq, torfli, sho‘rxoq va sho‘rtob tuproqlarda yetishti-rish mumkin. Daryo qirg‘oqlaridan olib kelingan yoki oqib kelgan, mexanik tarkibi og‘ir, tarkibida yetarli darajada organik moddasi bo‘lgan qumoq tuproqlar yaxshi hisoblanadi.

Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: O‘zbekistonda mahalliylashtirilgan ertapishar Gulzar, Jayxun, Nukus-2; o‘rtapishar Avangard, Alanga, Tolmas; kechpishar Intensivniy, Lazurniy, Uz-ROS-7-13 navlari ekilmoqda.

  Yerni ishlash. Suv bostirilgan sholipoyalarda tuproqqa havo kirolmaydi. Shuning uchun zararli bo‘lgan birikmalar: vodorod, sulfid, metan, temir (II) oksidi birikmalari, marganes va mikrofloraning anaerob sharoitida hosil bo‘lgan boshqa mahsulotlar to‘planadi. Bularning hammasi tuproq unumdorligini pasaytirib va bu o‘z navbatida, sholi hosilining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bunday noqulay sharoitni bartaraf qilish uchun sholi ekishga qadar, ya’ni kuz, qish va bahor davomida yerni yaxshilab quritish hamda shamolla­ tib turish zarur. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.

O‘g‘itlash. Sholini oziqlantirishda fosforli o‘g‘itlar solish miqdori ular tarkibidagi o‘simliklarga oson singadigan holatdagi fosfor miqdoriga qarab, gektariga 60 - 90 kg dan 120 - 150 kg.ga-cha belgilanadi.

  Azotli o‘g‘itlar fosforning oson o‘zlashadigan holatga o‘tishiga imkon beradi. Shuning uchun ham fosforli o‘g‘itlar 1:1, 1:0,7 nis-batda solinadi.

Sholiga kaliyli o‘g‘itlardan, odatda kaliy xlorid (tarkibida 52 - 60 % K2O bo‘lgan, kaliy sulfat 30 - 40 % tuz bo‘lgan) solinadi. Eskidan haydalib kelinayotgan o‘tloq tuproqli yerlarning har gektariga 180 kg azot, 120 kg fosfor solinadi. O‘t poyalarning har gektariga 90 - 100 kg azot, 120 - 140 kg fosfor, ag‘darib haydalgan o‘t poyalarga 120 - 150 kg azot va 110 - 130 kg fosfor solish tavsiya qilinadi.

Ekish. Ertagi sholi 5 sm chuqurlikdagi tuproq qatlamining va suvning o‘rtacha harorati 12 °С ga yetganda, ya’ni sovuq bo‘lish xavfi o‘tib ketgandan keyin ekiladi. Yoppasiga ekish esa tuproq va suvning o‘rtacha harorati 14 - 16 °С ga yetganda boshlanadi, aprel - iyunning birinchi o‘n kunligida ekiladi.

Sholi mashinalarda oddiy usulda qatorlab va sochma usulda ekiladi­. Hozirgi paytda O‘zbekistonda don seyalkasida qatorlab ekish keng tarqalgan. Suv bostirilmagan pollarga qator oralarini 15 va 7,5 sm dan qoldirib yoppasiga qatorlab ekishda disk - soshnikli SU - 4,2: SUB - 48, SZT - 3,6 kabi don seyalkalaridan foydalaniladi va urug‘ yuza 1 - 2 sm chuqurlikka ko‘mib ketiladi.

Ekish me’yori. O‘zbekiston sharoitida gektariga 5,0-7,5 mln. donagacha sholi ekilganda, ya’ni 1 metr kvadrat yerda o‘rimga qa-dar 250-350 tup atrofida o‘simlik va 450-500 ta unumdor ro‘vak-li poya bo‘lgan taqdirda sholidan mo‘l hosil olinadi. Bunda ekish me’yori 10 sotix yer maydoniga 18-20 kg.ni tashkil etadi.

O‘zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sug‘orish davri qariyb 100 kun davom etadigan o‘rtapishar nav sholini sug‘orish uchun 1 ga yerga 20 - 30 ming m3 gacha suv talab qilinadi.

Sholini ko‘chat usulida yetishtirish.

Osiyo davlatlarining asosiy qismida sholi yetishtirishda ko‘chat usuli muhim o‘rini egalaydi. Dunyo miqyosida ekiladigan sholi maydoning 85 - 90 % da shu usul qo‘llanildi. Sholi ko‘chat usuli­ da yetishtirilganda to‘g‘ridan - to‘g‘ri ekishga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega:

  1. Sholi urug‘i ko‘chatxonalarda ekilishi munosobati bilan kech kuzga qolmasdan yig‘ishtirib olish imkonini yaratadi.
  2. Ko‘chat usuli har bir yerdan unumli foydalanib, ikki marta (bug‘doy - sholi) g‘alla hosili olish imkoniyatini yaratadi.
  3. Sholi urug‘ining 60 - 70 % iqtisod qilinadi.
  4. Sholining o‘suv davrining 30 - 35 kuni ko‘chatxonada o‘tishi munosabati bilan suv sarfi 20 - 25 % ga qisqaradi.
  5. Sholi hosildorligi esa to‘g‘ridan - to‘g‘ri ekkanga nisbatan 15 - 30 % yuqori bo‘ladi.
  6. Sholini ko‘chat usulida yetishtirishning asosiy kamchiligi qo‘l mehnatini ko‘p talab qilishidir.

Ko‘chatlar maxsus dalalarda yetishtiriladi. Dala esa kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilingan, yaxshilab tekislangan va gektari ga 30 - 40 t chiritilgan go‘ng solingan, yetarli darajada ammofos bilan o‘g‘itlangan soz tuproqli unumdor yer bo‘lishi, suv sathini bir me’yorda o‘shlab turishga mos hamda kerak paytda oqizib yubo­ rish uchun boshqa maydonlarga nisbatan balandroq joydan tanlani­ shi lozim.

Yer urug‘ sepishga tayyor xolga keltirilgach gektariga 40 - 50 kg sof azot, 40 - 50 kg fosfor va 50 kg kaliy berilib aralashtiriladi.

Sholini asosiy ekin sifatida ekish uchun aprel oyining birinchi o‘n kunligida, takroriy ekin sifatida esa may oyining ikkinchi yarmida ko‘chat tayyorlashga kirishiladi. Bunda  1 gektar maydonga 20 - 22 mln. dona urug‘ yoki 650 - 700 kg urug‘ 1 - 2 kun suvda ivitilib sepiladi. Bu maydondagi ko‘chatlar 10 gektar asosiy may-donga ko‘chirilib o‘tkazish uchun yetarlidir.

Ko‘chat yoshi, ya’ni ko‘chirib asosiy dalaga o‘tkaziladigan sholi maysalarining ko‘chatzorda turish davri ertapishar navlarda 25 - 30 kun, o‘rtapishar navlarida 30 kungacha, kechpishar navlarda esa 35 kungacha bo‘lishi maksadga muvofiqdir. Ko‘chatlarni ko‘chirib olinishidan 4 - 5 kun oldin gektariga 50 kg sof holda azot bilan oziqlantirilsa, ular baquvvat bo‘lib yangi yerga tezroq o‘rganib­ ketadi.

Sholini takroriy ekin sifatida ekish

Asosiy maydondan donli ekin o‘rib - yig‘ib olingandan so‘ng, zudlik bilan yer 18 - 20 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Yerni haydaganda o‘simlik qoldiqlarini to‘la ko‘mishga erishish kerak. Ko‘chat ekishda yer tekisligi asosiy ko‘rsatgich bo‘lib 3 sm tashkil qiladi. Tayyor bo‘lgan sholipoyaga 5 - 7 sm suv qalinligida ko‘chat-lar qo‘lda yoki ko‘chat o‘tkazish agregatlari yordamida 3 - 4 sm chuqurlikka o‘tkaziladi. Ko‘chatlar ko‘chatxonadan olinayotganda ildiz va barglarining 1/3 qismi kesib tashlanib, 150 - 200 ta o‘sim-likdan iborat bog‘ tayyorlanadi.

  Tayyor bo‘lgan bog‘ - bog‘ ko‘chatlar sholipoyada suvda turishi lozim. Ular asosiy maydonga keltirib o‘tkazgunga qadar ham suvda turishi kerak.

  Ko‘chatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1 - 2 ko‘chat ekiladi. Uya oralig‘i 10 - 15 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gek tariga 65 - 100 ming ko‘chat sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib boriladi.

  Asosiy maydonga sholi ko‘chati o‘tqazilgandan so‘ng birinchi o‘g‘it 3 - 5 kundan keyin RK 40 kg/ga hisobida beriladi. 30 kundan keyin, ya’ni sholi 7 - 9 bargli bo‘lgan davrida ikkinchi o‘g‘it beri­ ladi, bunda 40 kg/ga hisobida beriladi. Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablar asosida amalga oshiriladi.

  Barcha keyingi bosqichda bajariladigan agrotexnik tadbirlar sholini asosiy ekin sifatida ekishdagi singari bo‘lib, faqat ekish tasvirida o‘zgarishlar mavjud, ya’ni qo‘lda ekilganda o‘rtapishar navlar uchun 15 x 15 sm, ertapishar navlar uchun 15 x 10 sm, mashinalar bilan ekilganda mos ravishda 30 x 12, 30 x 10 sm qilib ekiladi.

  Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Iskandar, Guljahon, Nukus–2, Nukus-70.

  Ko‘chat tanlash. Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekiladigan sholi ko‘chatlari 30-40 kunlik, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi lozim.

  Yer tayyorlash. Dastlab maydon g‘alla qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 180-200 kg (10 sotixga 1,8-2 t) chirigan, toza go‘ng solinadi. Yer 15-20 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislangach pol olinadi va suv bostiriladi.

  Ekish sxemasi. Ko‘chat ekishdan oldin chellar 4-6 sm qalinlikda suv bilan bostiriladi. Qatorlar orasi 15 sm, uyalar orasi 10 sm, har bir uyadagi ko‘chat soni 2–4 ta bo‘ladi.

  Parvarishlash. Ko‘chat o‘tqazilgandan keyin poldagi suv sathi 10-15 kun davomida 5-8, keyinchalik 10-12 sm bo‘lishi kerak.

  Sholi azotli (karbamid, sulfat ammoniy), fosforli (ammofos) va kaliyli o‘g‘itlar bilan uch marta oziqlantiriladi. Ko‘chat o‘tkazilgan-dan bir hafta o‘tgach, 1 sotixga 0,4 kg (10 sotixga 4 kg) me’yorda birinchi­ oziqlantirish, ko‘chat 8–9 ta barg chiqarganda 1 sotixga 0,3 kg (10 sotixga 3 kg) me’yorda ikkinchi oziqlantirish va boshoqlash davrida 1 sotixga 0,3 kg me’yorda uchinchi oziqlantirish o‘tkaziladi. Sholi maydoni begona o‘tlardan doimiy ravishda tozalab turiladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Sholining tez      uchraydigan   prikulyarioz    kasalligiga      qarshi Foliar  BT fungitsidining 22,5 foizli emulsiyalanuvchi konsentrati 10 sotixga 500 grammm me›yorida ishlatiladi. 10 litrli chelakka 34 gramm fungitsid solinadi va yaxshilab aralashtirilib, o‘simliklarga sepiladi. 10 sotixga 15 chelak aralashma ishlatiladi.

Sholining shira zararkunandasiga qarshi Karate 5 foizli emulsi-yalanuvchi konsentrati xuddi shu miqdorlarda va tartibda tayyorla-nadi va sepiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Sholining sut pishish davri boshlanishi bilan pollarga kiradigan suv kamaytiriladi. Mum pishish davri boshlanganda esa batamom to‘xtatiladi. Yer yetilishi bilan sholi poyalari o‘rib olinadi. O‘rib olingan sholi 3–4 kun ichida kom-bayn yordamida yanchiladi va doni olinadi. Sholini yanchish muddati bundan cho‘zilib ketsa, don ruvaklardan to‘kilib nobud bo‘ladi. Sholi poyalari­ maydalanib, ivitilib, kepakka aralashtirilib mollarga beriladi.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 18 kg sholi urug‘i uchun 5000 so‘mdan 90 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 500 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 4000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 700 kg hosil olinadi) 2 mln. 800 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (sholi poxolidan tashqari) 2 mln. 300 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page