SHIRIN QALAMPIR

SHIRIN QALAMPIR

t.me/ykfoundation

       Ahamiyati. Shirin qalampirning mevasi yangi uzilgan holida salat tayyorlashda, oshpazlikda, konservalashda ishlatiladi. Qalampirning mevasi ovqat va konserva tayyorlashda ziravor sifatida ishlatiladi. Tarkibiga qalampir qo‘shilgan dorilardan revmatizm, radikulit, bezgak va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

     Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Shirin qalampirni ertapishar Nargiza, Tong, Jayxun F1, o‘rtapishar Zarya Vostoka, Dar Tashkenta, Sabo, kechpishar Zumrad navlari ekiladi.

     Ko‘chat tanlash. Shirin qalampir ko‘chatlari 40–45 kunlik, 6–7 bargli, poyasi va ildizlari baquvvat rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim.

Yerni tayyorlash. Yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan bo‘shagan maydon o‘simliklar qoldiqlaridan tozalanadi, 1 sotix yerga 200 kg chirigan go‘ng sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo‘lgan mineral o‘g‘itlar miqdorini bir qismi qo‘lda sochilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, xaskash yordamida yirik kesaklar maydalanib bir yo‘la yer tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oralig‘ida ekish egatlari tortib chiqiladi.

Ekish muddati va sxemasi. Shirin qalampir ko‘chatlari janubiy viloyatlarda martning 3-o‘n kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning 2–3-o‘n kunligida va shimoliy min­ taqalarda aprelning 3 va mayning 1-o‘n kunligida 70x30 sm yoki 70x40 sm sxemada ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qa-rab 445–475 ta ko‘chat sarflanadi.

Parvarishlash. O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, ya’ni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egatlar ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasi yengil chopiq qilinib yumshatiladi. yengil chopiqdan so‘ng 12–15 kun o‘tgach, sug‘oriladi va oziqlantiriladi. Shirin qalampirni o‘suv davrida 3-4 marta qo‘lda chopiq qilinadi.

Shirin qalampir suvga talabchan o‘simlik bo‘lib sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda o‘suv davri mobaynida sug‘orishda har gal 1 sotixga 5–6 m3 hisobidan 18–20, sizot suvi yuza o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqli yerlarda 12–15 marta sug‘oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 8–12 kunda, hosil yoppasiga pishganda esa 5–7 kunda sug‘oriladi. Kuz boshlangan-dan keyin ekin kamroq sug‘oriladi. Shirin qalampir haddan ziyod zaxlatib yuborilsa, so‘lish kasalligiga chalinadi.

  O‘g‘itlash. Shirin qalampir yetishtirishda sof holda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o‘g‘itlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor o‘g‘iti yerni shudgorlashdan avval 200 kg chirigan go‘ng bilan birga so-linadi. Shirin qalampirni xam qo‘shimcha o‘stiruvchi moddalar ya’ni Oksigumat, Nitrolin va Roslin preparatlari bilan bargidan oziqlantirish yaxshi samara beradi.

       Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Asosiy zararkunandalardan – shira, kanalar, oqqanot, tripsga qarshi 10 so-tix ekin maydoniga Konfidor 20% em.k.   (25–30 ml), (0,25–0,3 l), Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g) preparatlaridan birortasi ishlatiladi.

  Kasalliklardan mevalarni uchidan chirishi, bakteriyali qora dog‘, so‘lish, mozaika, stolbur kuzatiladi. Un shudringga qarshi Prokure 77,2% s.e.k (100–200 g), Kurzat R n.kuk. (200–250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60–70 litr suvga tayyorlangan aralashma ishlatiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Shirin qalampir juda o‘ziga xos o‘simlik bo‘lib, mevasini ko‘kligida ham, qizarganida ham iste’mol qilish mumkin. Shirin qalampir ko‘kligida yig‘ib olinsa, hosil miqdori nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ko‘kligida yig‘ib olinmasa 20–30 kun ichida qizil tusga kiradi va mevasida A va S vitaminlari ancha oshadi­. Hosil yig‘ishda mevalari bandini extiyotlik bilan kesib olishga­ harakat qilish lozim, aks holda ekin novdalari sinib keti-shi mumkin. Hosil o‘suv davri davomida qo‘lda 10-12 marta terib olinadi.

      Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 4760 dona ko‘chat uchun 2 380 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 3 775 500 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 3500 so‘mdan sotilganda 10 mln. 500 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 6 mln. 744 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page