“SHARGʻUNKOʻMIR” AJ BOSH DIREKTORINING “KON-METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

“SHARGʻUNKOʻMIR” AJ BOSH DIREKTORINING “KON-METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI


Aziz konchilar!

Sizlarni kasb bayramingiz – “Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana bir necha yillardan buyon Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri sifatida koʻmir sanoati alohida oʻrin tutadi. Ushbu koʻmir sanoatining rivojlanishiga oz boʻlsa ham oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan “Shargʻunkoʻmir” AJ 1958-yilda foydalanishga topshirilgan, mana bir necha yillardan buyon ushbu korxonada har yili koʻmir mahsuloti qazib olinib, isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda. Ushbu isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan koʻmirning qazib olinishiga va yetkazib berilishiga Siz konchilarning xizmatlaringiz beqiyosdir.

Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, mamlakatimizda 12.05.2001-yildagi №221-P-sonli qonunga asosan may oyining uchinchi yakshanbasi “Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” bayram sifatida nishonlanishi, Siz shaxtyorlarga boʻlgan eʼtibor va hurmatdan dalolat beradi.

Bir necha yuz kishilik mehnat jamoamizning oʻz ishi boʻyicha mutaxassisligi boʻlgan ishchilari kamtarin va fidokorona mehnati bilan “Shargʻunkoʻmir” AJning rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklab, sizlarga va oila aʼzolaringizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sogʻlik, ertangi kunga ishonch, eng dadil gʻoya va rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, baxt va farovonlik tilayman!

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmat va ehtirom bilan

“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulov

Report Page