SHAFTOLI

SHAFTOLI

t.me/ykfoundation

Shaftolining ahamiyati. Shaftoli   daraxtining o‘ziga xos xususiyati, tez hosilga kirishi hamda qisqa umr ko‘rishi. Shaftoli navlari 2 guruhga bo‘linadi; ular mevasi tukli va luchchak shaftoli.

Mevasining ta’mi yaxshi, parhyezlik xususiyatiga ega va uning tarkibida 7,3-14,0 % gacha shakar, 0,33-0,95 % turli kislota-lar, 0,002-1,17 % pektin, 0,1 % ga yaqin oshlovchi moddalar, A va C vitaminlar bo‘ladi. Mevasi yangiligicha va qayta ishlab iste’mol qilinadi. Undan jem, sukat, murabbo, marmelad va boshqa mahsu-lotlar tayyorlanadi, quritib qoqi ham qilinadi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan shaftoli navlari: Lola, Elberta, Ma-linoviy, Morettini jeltiy ranniy, Start, Farxod, Uchqun, Chimgan va h.k.

  Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg go‘ng (chirindi), 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi.

  Ekish sxemasi va muddati: Shaftolini ekish sxemasi 5–4×3–4 m (sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda) va 4×3 m (shag‘alli-qumlik tuproqlarda), ekish muddati erta bahorda – fevral oxiri – mart oyi boshlarida.

Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20–25 sm qatlami o‘raning bir tomoniga, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qo‘yiladi. O‘raga 350–400 g fosfor, 30–40 g kaliy o‘g‘iti hamda 8–10 kg chirigan go‘ngni tuproq bilan aralashtirib solib, keyin ko‘chat ekiladi.

Ko‘chatni ekishdan oldindan tayyorlab qo‘yilgan shaltoqqa (yangi mol go‘ngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoq-simon massa tayyorlanadi) botirib olish lozim.

Ko‘chat o‘raga tik holda qo‘yilib, tuproq bilan ko‘miladi. Ko‘chat-ni payvand qilingan joyi tuproqdan 4–5 sm yuqorida qolishi kerak. Ko‘chat ekilgandan so‘ng har bir chuqurga to‘latib suv quyiladi. Shunda tuproq zichlanib, nihol yaxshi ko‘karadi. Tuproq cho‘kkan-dan so‘ng ko‘chat atrofiga tuproq solib, to‘ldiriladi. Ko‘chatlar tuproqning­ namligiga qarab vaqti-vaqti bilan sug‘orib turiladi.

  Parvarishlash. Shaftoli shox-shabbasiga vazasimon shakl beriladi­. Bunda ko‘chat ekilgan yili 3-5 ta shox qoldirilib, marka-ziy novda qirqib tashlanadi. Kuchli o‘sadigan shaftoli navlar-ining shox-shabbasiga 4-6 ta shox qoldirib, lider usulida shakl beriladi.

  Tomorqadagi shaftoli daraxtlariga 300–350 g azotli, 250–300 g fosforli va 200–250 g kaliyli o‘g‘itlar sof holda solinishi tavsiya ya qilinadi. Har 2–3 yilda o‘rtacha 50–60 kg chirigan go‘ng solish hosildorlikni oshiradi.

Bo‘z tuproqlarda shaftoli daraxtlari o‘suv davri mobaynida 4–6 marta, shag‘alli yerlarda 10–12 marta sug‘oriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Shaftoli da-raxtiga zararkunandalardan meva kanasi, kasalliklardan klyasteros­ porioz (teshik dog‘) zarar keltiradi.

Meva kanasiga qarshi Perfekto 17,5 % sus.k. (10 sotix maydon-ga 15–20 ml), Karate 5% em.k. (10 sotix maydonga 50 ml) prepa-ratlari purkaladi.

Shaftolining klyasterosporioz kasalligiga qarshi Bordo suyuqli­ gining 3 foizli (100 l suvga 3 kg mis kuporosi va 3 kg so‘ndirilma-gan ohak) eritmasi sepiladi. Kasallikka qarshi preparatlar kurtaklar yozilguniga qadar, kuzda va erta bahorda purkaladi.

  Hosilni yig‘ishtirish.Shaftoli mevalari iyun-avgust oylarida pi-shadi. Har bir meva ehtiyotkorlik bilan uzib olinib, savatga joyla-nadi. Mevalar asosan navga xos rangga kirganda terish boshlanadi.

  Shaftoli mevalari sifati tez buzilishini inobatga olib, ularni terishda­ ustma-ust joylashtirish mumkin emas. Mevalar bir qator qilib yashiklarga terilsa, ularning saqlanuvchanligi oshadi.

        Iqtisodiy samaradorligi:Shaftoli daraxti 10 sotix tomorqaga 4x4 m sxemada ekiladigan bo‘lsa, 62 dona ko‘chat ketadi. 62 dona ko‘chatimiz 3-4 yildan so‘ng hosilga kirib, 1 dona daraxtimizdan o‘rtacha naviga qarab 18 kg hosil olinadigan bo‘lsa jami 1116 kg hosil olishimiz mumkin. 1116 kg shaftolini o‘rtacha 12 000 so‘mdan sotadigan bo‘lsak, 13 392 000 so‘m daromad keltiradi.

Menyuga qaytish.

Report Page