"SEVGI VA AYRILIQ"
@Psixodiagnostika
Muallifdan: Maqolani o'qishni tavsiya qilaman...
Ogohlantiraman! Maqolamda 56 marta SEVGI, 57 marta SIZ degan so’zlarnini ishlatganman ))
Olamshumul maqolamni yozishdan oldin o’zimga savol berdim. “Sevgi nima?”… Ushbu savolni har kim 18 yoshigacha kamida 100 marta eshitgan. Bu savolga har kim turlicha javob beradi. Menda ham uzimga yarasha javob bor albatta. Lekin buyuk psixolog ustozlarim bu haqida nima degan ekan men shunga qiziqdim.
“Sevgi – bu ikki tomonning bir biriga bo’lgan instinktiv (jinsiy ehtiyojni qondirish) qiziqishi”
Zigmund Freyd (Men yaxshi ko’rgan psixolog)
“Sevgi – bu ilohiy tuyg’u uni men faqat hayvonlarda ko’rganman. Sevgi insonlar uchun emas”
Viktor Frankl (Bu psixologni xaqiqatdan ham xotini tashlab ketgan ekan)
“Sevgi – bu odatiy hol emaski uni ko’chalarda ko’rsak. Sevgi faqat ikki qalbning birlashgan bir vujudida bo’ladi. Sevgini ushlab ham majburlab ham bo’lmaydi.”
Asher Koriat (Bu psixologimiz hozirgacha uylanmagan. Yoshi 79 da. Nega uylanmadingiz? Degan savolga “Bunga sabab, sevgimni haligacha uchratmadim, lekin sevgimni topishimga ishonaman” deb javob beradi Asher Koriat )
Ayol psixologlarchi, ularni fikri qanday?
“24 yoshimgacha, Sevgi – bu MEN va U. 25 yoshimdan keyin, sevgi bu BOLALARIM, SEVGILIM VA MEN…”
Reychel Makneyr (1 ta er va 6 farzandni onasi. Qoyil…)
“Sevgi – koinotdagi eng noyob tuyg’u. Sevgi bor joyda parchalanish bo’lmaydi. Sevgi bor joyda yolg’on bo’lmaydi. Sevgi bor joyda ayriliq bo’lmaydi”
Neysha Gadori (Turmush o’rtog’i uchun yurak donori topilmaganda, o’zini donor qilmoqchi bo’lgan jasur ayol psixolog. Neyshani endi opiratsiya qilamiz deyishganda so’ngi daqiqalarda, donor topiladi. Allohning qudrati cheksiz…)
“Sevgi – yolg’izlikning aksi. Hech kim bo’lmagan taqdirda ham Alloh bor demak siz yolg’iz emassiz”
Mariya Luiza fon Frans (2-jahon urishida 1941 yil 26 yoshida umr yo’ldoshidan ajiraladi va umrini ohirigacha turmushga chiqmasdan 83 yil yashaydi)
Ko’rib turganingizdek yuqoridagi fikrlar oddiy odamlarni fikridan ancha farq qiladi. Mening ham sevgi haqidagi fikrim siznikidan farq qilishi aniq. Men uchun sevgi bu zabt etib bo’lmas tuyg’u. Sevgiga sho’ng’iganing sari uni quliga aylanasan. (Baland parvoz gaplar to’g’rimi?)
Sizningcha sevgi hamada bir hil bo’ladi. Shundaymi? Yo’q! Psixologiya fanida sevgining 6 turini uchratishimiz mumkin. Bu turlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo`lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat ob`ektiga jismoniy ega bo`lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo`lmagan muhabbat o`yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari ob`ekti oson almashishi mumkin bo`lgan turi.
3. STORGE — tashqi ko`rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat-do`stlik turi.
4. PRAGMA (Lyudus+Storge) — lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo`lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko`zlagan maqsadlari asosida yuzaga keltirgan sevgi hislaridir.
5. MANIYA (Eros+Lyudus) — eros va lyudusdan iborat bo`lib, sevgan kishi sevgi ob`ektiga tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi shuki, sevgan shaxsda o`ziga ishonch hislari yetarli bo`lmaydi.
6. AGAPE (Eros+Storge) — eros va storgelar yig`indisidan iborat kuchli ifodalanadigan, sevgan kishi muhabbat ob`ektiga hamma narsasini va hatto o`zini ham bag`ishlashga tayyor bo`lgan hislar turi va xokazo.
Sizdagi sevgi qaysi turga mansub? Agar u bor bo’lsa, haqiqatdan ham sevgi bo’lsa.
Isroil va Amerika psixologik tadqiqotlar institutini psixologlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida inson organizimida sevgi holatiga javob beruvchi garmon kashf qilinadi. Bu garmon insonda faqatgina 22-23 yoshdan keyin ajiralib chiqishi haqidagi aniq dalillar, sevgining ma’lum bir yoshda paydo bo’lishini isbotladi. O’z navbatida bolaligidan bir birini sevishadi degan ertaklarni barchasini bekor ekanlini ham isbotlab berdi. Endi yana bir savol tug’iladi, bu garmon barchada bo’lsa nega unda sevgi hammadan ham bo’lavermaydi? O’rinli savol. Bunga sabab tanamizda yana shunday garmonlar borki, u ham bo’lsa jinsiy garmonlar. Jinsiy garmon inson organizmidagi eng kuchli va ta’siri uzoqqa cho’ziluvchi garmondir. Ko’p miqdordagi jinsiy garmonlar bizni sevgi garmonlarimizni yanchib tashlaydi va biz bir umrga sevgidan bebahra qolamiz.
Endi keling sevgini shartlari haqida gaplashamiz. Menga sevgi muammosi bilan murojaat qilgan aksariyat mijozlarimda bir hil holat. Ikki sevishganning bir biriga shart qo’yishi va shartlarning bajarilmasligi natijasida sevgining barbod bo’lishi. Hurmatli yosh men sizga da’vat qilib aytaman sevgida hech qanday shart bo’lmaydi. Agar sizlarning sevgingizda qandaydir shartlar bo’lsa bilinki, bu sevgi emas. Bu oddiy havas, ko’ngilhushlik…
Sevgini tushunmasdan bilmasdan o’zicha o’yinga, ko’ngilhushlikka aylantirgan yigitlar va qizlar talaygina.
Sevgi bor joyda ayriliq bo’lmaydi bu fakt. Agar ayriliq bo’lsa demak bu biz bilgan sevgi emas.
Jahon statistikasiga razm solsak. Sevgiga nisbatan 45 % insonning munosabati manfiy 30 % insonlar sevgiga ishonishadi. 25 % inson esa sevgiga umuman ishonmay ularni faqatgina kitoblarda deb biladi. Siz qaysi toifaga kirasiz? Manashu yerda sizni sevgiga munosabatingiz aniq buladi va sevgining ham sizga nisbatan tomoni ravshanlashadi. Ya’ni sevgiga ishonsangiz sevasiz sevilasiz, aksincha bo’lsa sevgidan bebaxra qolasiz.
Endi yana savol. Nega, sizni tashlab ketishdi? Nega, siz aldandingiz? Nega, yolg’iz qoldingiz? Odatda yuqoridagi holatlar yuz berganda ko’pchilik yoshlarimiz depressiya holatiga tushishadi. Bu tabiiy hol ahir sizni, siz orzu qilgan, siz u uchun rejalar tuzgan “yaqin” insoningiz tashlab ketdi.
Psixologlarni tadqiqotiga tayanib sizga “ayriliq”ning bir nechta sababini keltirib o’taman. Bu sabablar asosan yigitlarimizga tegishli.
- Uning uchun siz bilan vaqt o’tkazish yoqimli bo’lgan.
- Chunki u boshqa qizni topgan.
- Chunki u onasini erkatoyi.
- Chunki siz bilan kelajagini qurgani qo’rqadi.
- Negaki u sizni aldashdan charchagan.
- U sizdan foydalangan holos.
- Hayotga jiddiy qarashni boshlagan.
- Siz uning navbatdagi qurbonisiz.
Hammasi qanday boshlanadi?
Birinchi vaziyat – ikkalangiz uchun ham u hammasi hal qilib bo’lgan. Siz bilan hammasi yaxshi, siz unga yoqasiz, sizga g’amxo’rlik qilishdan to’xtamaydi, lekin sizga hech qanday jiddiy taklifni ayta olmaydi. Va ma’lum bir vaqt o’tgach sizga hammasi tugaganini bemalol aytadi.
Ikkinchi vaziyat – siz uchun har doimgidek alohida va ishonchli reja tuzadi. Ko’p vaqt ketqizib bo’lsa ham sizni ishonchingizga kiradi. Sizga ga’mxo’rlik qiladi. Doim siz bilan birga bo’ladi. Siz unga qo’l uzatishingiz bilan u sizdan o’z ehtiyojlari yo’lida foydalana boshlaydi. Szidan to’ygach barcha aybni bo’yningizga qo’yib sizni tark etadi.
Uchinchi vaziyat – u siz bilan tanishadi, do’stlikni taklif qiladi va yaqin munosabatlarga o’tgach, o’zini bechora qilib ko’rsatishni boshlaydi. Sizdan ko’p e’tibor talab bo’lib qoladi. Siz bilan hohlagan ishini qiladi. Sizdan to’ygach, uzoqlashishni boshlaydi. Har xil bahonalar bilan yo’q bo’lib ketadi. Sizni hijron azobida kuydiradi. Lekin shunda ham sizni tark etmaydi. Bazi-bazida sms yoki telefon qilib nimadirlarni bahona qilib siz bilan gaplashib turadi. Bu holat siz turmushga chiqmagunizga qadar davom etadi.
To’rtinchi vaziyat – siz bilan oddiy tanish bir inson. U sizni ko’p kuldiradi. Siz bilan tasodifdek ko’ringan lekin uyushtirilgan uchrashuvlar ko’p bo’ladi. Sizga o’ziz haqizda bilganlarini ko’p gapiradi va bu sizga yoqadi. Yaqin munosabatlar boshlanadi. Sizni tez-tez tergab, haqoratlab, gapini ikki qilmasligi haqida takrorlab turadi. Sizdan to’ygach, “-senga imkon berdim lekin sen meni ishonchimni oqlamading” deb barchasiga yakun yasaydi.
Beshinchi vaziyat – stalkerlar harakati. Siz stalker uchun o’ljasiz. U sizni ortingizdan hech ham qolmaydi. Uni rad etsangiz ham doim kuzatib yurishda davom etadi. Uzoq vaqt bu vaziyat davom etadi va siz hammasi jiddiy degan hayolga borasiz. Yaqin munosabatlar shiddat bilan boshlanadi. Har kuni birgasizlar kelajakni birga ko’rishni boshlaysizlar. O’z muammolarini siz bilan doim o’rtoqlashadi. Rashk qilishlari sizni jig’ingizga tegsada barchasini yaxshilikka yoyib indamaysiz. Sizdagi bor erkinlikni o’zini qilib oladi. Ma’lum bir vaqt o’tgach barchasini unut, hammasiga sen aybdorsan deb sizni tark etadi.
Qanday vaziyat bo’lmasin, ikkala tomoning aybi bilan ushbu “ayriliq” yuz beradi. Qizning aybi befarqligi, yigitning aybi ehtiyojlari uchun aloqa qilganligi.
Bo’ldi hammasi tugadi. Lekin siz azobdasiz. Hamma aybni o’zingizdan qidirib o’zingizni qiynamoqdasiz. Nega? Negaki siz kutgandek bo’lmadi. Siz qubonsiz. Sizni aldashdi. Hayolizda faqat bir gap “-hamma yigitlar bir go’r”. Endi yigitlarga ishonmaysiz. Bu yaxshimi yomonmi bu o’zingiz hal qilasiz.
“Ayriliq” azobidagilar bir gapni o’zingizga singdiring: “bu sevgi menda o’xshamadi, demak u men uchun emas ekan”. Bir narsaga hursand bo’lishingiz kerak. Endi u sizga azob berolmaydi, yaxshiyam u sizdan ketgani.
Sof sevgiga erishmoqchi bo’lsangiz juft tanlashda faqat hissiyotlarga emas aqlga ham tayaning. Bu mening sizga beradigan yogona maslahatim.
Tilagim seving, seviling deb qoluvchi sizning psixologingiz Azamat Baxriddinov.