SEPARATIZM

SEPARATIZM

https://t.me/centerasiastudy

SEPARATIZM (frans. separatisme — ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; davlatni milliy, diniy, etnografik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga koʻra, ajratib olib yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish harakati. Separatizmning kuchayishi yoki pasayishi tashki va ichki omillarga bogʻliq boʻladi. Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, oʻzini shu mamlakatning teng huquqli fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan boʻlsa, Separatizmga oʻrin qolmaydi va aksincha. Koʻpincha ichki sabablarni kuchaytiruvchi, gijgijlovchi, oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanuvchi kuchlar Separatizmning paydo boʻlishi va kuchayishiga olib keladi.

Tarixda Separatizm harakatlari koʻp boʻlgan, ular aksariyat hollarda mojarolarga, nizolarga olib kelgan va fuqarolar urushi orqali kechgan. Separatizm milliy ozodlik harakatidan farqlanadi.


Muallif: Sayfiddin Joʻrayev.


Kanalga a'zo bo'lishni unutmang - https://t.me/centerasiastudy

Report Page