SENTOBDA HUQUQIY AKSIYA   

SENTOBDA HUQUQIY AKSIYA   

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

  Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Huquqiy axborot kunlari” loyihasi doirasida “Huquqiy aksiya”ga oʻtkazilib, soha vakillari Nurota tumanining olis Sentob qishlogʻi aholisi xizmatida boʻldi. Aksiya doirasida press-tur, “HUQUQIY VIKTORINA”, “SAYYOR QABUL” va “UYMA-UY HUQUQIY XIZMAT” loyihalari oʻtkazildi.

Tadbir dastlab press-tur bilan boshlanib, OAV vakillari Nurota tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Aytib oʻtish kerakki, joriy yilning shu davriga qadar tuman adliya boʻlimi tomonidan 300 ga fuqaro murojaatlari qabul qilingan boʻlib, shulardan 200 dan ortiq toʻliq qanoatlantirilgan, 92 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, 8 tasi tegishliligiga koʻra davlat organlari va tashkilotlariga yoʻnaltirilgan.

Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatish markaziga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelib tushgan 5000 dan ortiq hujjatlar qonun talablari asosida ekspertizadan oʻtkazilgan. Tuman Davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlarga 9 mingan ortiq davlat xizmat koʻrsatilgan. 37 marotaba olis hududlarga sayyor davlta xizmati koʻrsatilgan.

“Fozilmon” togʻi“ etagidagi ”Sentob“ qishlogʻi shahar markazidan qariiyib 200 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerning tabiati, havosi oʻzgacha. Shu bois, hududda ekoturizm rivojlangan. Har bir koʻchada alohida mehmon uylari mavjud. Hudud ahli asosan chorvachilik bilan shugʻullanadi. Hududda internet tarmogʻi doim ham talab darajasida boʻlmagani bois, voqeliklardan xabardorlik darajasi tezkor emas.

Asksiya doirasida fuqarolarga joyida huquqiy xizmat koʻrsatildi. Odamlarning FHDYO va davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji oʻrganildi va joyida xizmat koʻrsatildi. Mahalliy xalq adliya organlari tashrifidan mamnun boʻldilar. Chunki, ayrim fuqarolarning 10-20 yillik masalalariga yechim topildi. Uy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nikoh va tugʻilganlik guvohnomalarini olish, elektron imzo va boshqa turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish orqali fuqarolarining uzogʻi yaqin boʻldi.

- Sentobda ”zags“dan oʻtish birinchi marta shu tartibda oʻtkazildi. Avval koʻrmaganman. Biz bilan birga yana ikki oila nikohdan oʻtdi. Qishloqni oʻzida nikoh guvohnomasining keltirilib berilishi oila iqtisodi uchun yengillik va bu zoʻr imkoniyat.Tassurotlarim oʻzgacha, - deydi sentoblik kelin Dildora Suvonova

Aksiya davomida 3 nafar fuqaro tadbirkorli subyekti ochgan boʻlsa,5 nafar fuqaro va tadbirkorga kadastr xujjatlari rasmiylashtirildi. Jami sayyor xizmat jarayonida 24 ta davlat xizmati koʻrsatildi. Kelasi huquqiy aksiya viloyatning yana bir togʻli hududi ”Angido"da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

Report Page