# PEDAGOGIKA FAKULTETIDA SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

# PEDAGOGIKA FAKULTETIDA SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Xumora Zavqiyevna

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida “Senator va Yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Uchrashuvni fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Jumayeva Feruza Saidovna kirish so’zi bilan ochdi va muloqotda mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi doirasidagi vazifalar, tadbirkorlik faoliyatini yuritish, tadbirkorlikning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida fikr mulohazalarini aytib o'tdilar.

Tadbirda soʼz olgan Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi aʼzosi, OʼzMTDP viloyat Kengashi raisining oila va xotin-qizlar masalalari boʼyicha oʼrinbosari Huseynova Abira Amonovna xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili ekanligini taʼkidladilar. Yurtimizda yoshlar, xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʼtarilgani va amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlar hamda erkaklarning teng huquqliligi, muqaddas oila va oila mustahkamligini taʼminlashning dolzarb masalalariga eʼtibor qartildi


Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/Pedagogika_buxdu

https://t.me/buxdu_uz

Report Page