SDG
ISFTISFT institutida “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi – Aprel 2026” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi.
“Bir sayyora, bir maqsad!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu oylik davomida ISFT hududida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan tematik seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda 180 dan ortiq talabalar va professor-o‘qituvchilar qatnashib, global muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha bilim va tajriba almashdilar.
Seminarlarda xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi. “Organic Living” asoschisi Pulatova Oydin ekologik mas’uliyat va SDG 12 yo‘nalishi bo‘yicha chiqish qildi. “Fulbright” dasturi ishtirokchisi Zuhra Hakimova SDG 4 va SDG 17 doirasida sifatli ta’lim hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyatini yoritdi. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Nilufar Kayumova esa SDG 5 va SDG 8 mavzularida gender tengligi, iqtisodiy imkoniyatlar va munosib mehnat haqida ma’lumot berdi.
Interaktiv muhokamalar va ochiq savol-javoblar orqali ishtirokchilarning barqaror rivojlanish bo‘yicha xabardorligi oshdi, ijtimoiy mas’uliyat va global fikrlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
ISFT instituti kelgusida ham Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishidagi xalqaro va mahalliy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
#ISFT #BarqarorRivojlanish #Talim #SDG