SAVOLLARGA-JAVOBLAR
https://t.me/OSS_uz1) Sizlar ushbu saytda joylangan liniyalarni o'rnatish uchun mutaxasislar bilan ta'minlay olasizlarmi?
Ha albatta, bizning korxonamiz siz tadbirkorlar uchun kerakli mutaxasislarni O'zbekiston hududidan yoki xaridor xohishiga ko'ra Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelish imkonimiz bor.
2) Ishlab chiqarish liniyalari olingan taqdirda biz xomashyoni qayerdan sotib olamiz?
ONE STEP SOLUTION kompaniyasi sizlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar asosida xomashyo yetkazib berishni o'z zimmasiga olishi mumkin. Bunda mahsulot narxi shartnoma sharhlariga asosan mijoz bilan kelishilgan tartibda bo'ladi.
3) Agar uskunalarni sizlardan kredit asosida xarid qilsam bo'ladimi va menga qanday hujjatlar lozim?
Hurmatli mijozlar, biz kreditni to'g'ridan-to'g'ri bermaymiz. Siz kredit asosida ish boshlash niyatingiz bo'lsa, o'z hududiy banklaringizdan kredit foiz stavkalari hamda talab qilinadigan shartlar bilan batafsil tanishib olishingiz mumkin. Bank xodimi sizdan shartnoma talab qilgan taqdirda, korxonamiz xodimlari sizga shartnoma beradi. Buning uchun bank rekvizitlari, tadbirkorlik guvohnomasi, STIR, rahbar passport nusxasi va muhr talab etiladi.
4) Sizlar asosan qaysi davlatlardan uskuna va xomashyolar olib kelishingiz mumkin?
"ONE STEP SOLUTION" XK siz aziz mijozlar uchun dunyoning istalgan hududidan xomashyo va uskunalar yetkazib berishi mumkin. Bunda siz so'ragan davlat bilan bojxona va diplomatik munosabatlar yaxshi yo'lga qo'yilganligini avval tekshirib ko'rishingizni maslahat beramiz. Eng ko'p so'raladigan davlatlar: Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Belorussiya kabi davlatlar bilan ko'plab aloqalar o'rnatganmiz.
5) Ishlab chiqargan mahsulotim uchun chet davlatdan xaridor topib, uni eksport qilishim uchun qanday yordam bera olasizlar?
Agarda siz ishlab chiqarayotgan mahsulotingizga chet davlatlarda va qo'shni davlatlarimizda xaridorlar borligi ma'lum bo'lsa, sizga xalqaro shartnomalar tuzishda, ularni yetkazishdagi logistika xizmatlarida, bojxona rasmiylashtiruv ishlarida malakali xodimlarimiz sizga yordam berishadi.Shuningdek sizda chet eldagi ko'rgazmalarda ishtirok etish istagi mavjud bo'lsa, ro'yhatdan o'tish jarayonlarida va chet eldagi ko'rgazmalarda ishtirokchi sifatida ishtirok etishingizni ham ta'minlashimiz mumkin. yuqorida aytilgan xizmatlarimizni konsalting ximat
6) Qanday to'lov turlaridan foydalansa bo'ladi?
To'lov turini xaridor o'z xohishiga ko'ra tanlanadi. Siz so'mdagi hisob raqamingizdan shartnoma asosida pul ko'chirishingiz, bank krediti asosida olingan mablag'ingizni yo'naltirishingiz, to'lov kartasi orqali hamda karporativ kartalar yordamida ham to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Valyutada hisob kitoblarni amalga oshirmoqchi bo'lgan mijozlarimiz: Visa kartasidagi pul mablag'lari, valyuta hisob raqami orqali shartnoma asosida pul ko'chirishlari, Chet elda ro'yhatdan o'tgan kompaniya hisob raqami orqali, Chet el valyutasida olingan kredit asosida va boshqa qonunga xilof bo'lmagan usullar orqali to'lovni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
7) To'lov qanday shartlar asosida bo'ladi?
To'lov shartlari: Shartnoma bandida ko'rsatiladi va sotuvchi to'lov muddatini xaridor bilan kelishgan holatda erkin belgilaydi.
Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46-uy
Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.