SAVDO.UZAVTOSANOAT.UZ onlayn savdo tizimida avtomobil xarid qilish uchun shartnoma olish tartibi
UzAuto Motors1-qadam. Komyuteringiz (telefoningiz) qidiruv tizimidan savdo.uzavtosanoat.uz savdo tizimiga qidiruv berib, tilni tanlang (o‘zbek yoki rus)
2-qadam. Profilga kirish (ro‘yxatdan o‘tish)
3-qadam. Mavjud avtomobillar bo‘limidan kerakli avtomobil modeli va rangini tanlang
4-qadam. “Sotib olish” tugmasi bosiladi
5-qadam. Sotib olish tugmasini bosganingizdan so‘ng, tizim sizga o‘zingizga qulay bo‘lgan dilerlik markazini tanlash imkoniyatini taqdim etadi. Ochilgan oynadan dilerlik markazini tanlang
6-qadam. Dilerlik markazi tanlangandan so‘ng, tizim buyurtmangizni tasdiqlashni so‘raydi
7-qadam. Shartnoma imzolangandan so‘ng shartnoma raqami, avtomobil to‘g‘risidagi ma’lumot, navbat raqami va boshqa ma’lumotlar taqdim etiladi va shartnomani yuklab olish mumkin bo‘ladi
8-qadam. Shartnomani yuklab oling va batafsil tanishib chiqing