SARIMSOQ yetishtirish

SARIMSOQ yetishtirish

t.me/ykfoundation

         Ahamiyati. Sarimsoq ishtaha ochuv­chi, ovqat hazm qiluvchi hamda ziravor sifatida ahamiyatlidir. Sarimsoq piyoz qadimdan aterosklerozda, tomoq shamollashi, bo‘g‘ma, sil, ovqat hazm qilish faoliyatining buzilishi hamda gijja kasalliklarini oldini olish vositasi sifatida qo‘llanib kelinadi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Sarimsoqni Mayskiy Vir va Yujno fioletoviy navlari ekiladi.

Urug‘lik tanlash. Sarimsoq piyozchasidan ko‘payadi, uning piyozboshida joylashgan kichik piyozchalari alohida ekiladi. Urug‘lik piyozboshchalari kasalliklardan holi, butun sinmagan va ko‘karuvchanligi yaxshi bo‘lishi zarur. Sarimsoq sovuqqa chidamli o‘simlik. U 3–5 C haroratda unib chiqadi va 7–8 C gacha bo‘lgan sovuqqa chidaydi.

       Yerni tayyorlash. Dastlab maydon o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotix-ga 1,5–2 t) chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlarni tavsiya etilgan me’yorda solinadi. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatilib, yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Urug‘ ekish muddati va usuli. Sarimsoq bir muddatda ya’ni kuzda – sentabr–oktabrning boshlarida ekiladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgurmaydi, oqibatda qishki past haroratdan va turli kasalliklardan zararlanadi. Ekish usuli ikki-uch qator lentasimon usulda ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm.li pushtaga 2-3 qator lentalar orasi 15-20 sm qilib, ko‘chatlar orasi 6-8 sm qilib, qo‘lda 3-4 sm chuqurlikka ekib chiqiladi. Uning urug‘lik piyozchalari 1 sotix maydonga 10-15 kg sarflanadi.

Parvarishlash. Sarimsoq ekilgandan so‘ng chirigan go‘ng bilan tuproq usti 1-2 sm qalinlikda mulchalanadi. Kuzda sovuq tush-guncha 1–2 marta sug‘oriladi va bir marta oziqlantiriladi. O‘simlik o‘suv davri davomida 5–6 marta sug‘oriladi, qator oralari 2-3 marta yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Sarimsoqni gulpo­ yalarini sindirib tashlash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va chirindi bilan mulchalash hosildorlikni ancha oshiradi.

  O‘g‘itlash. Tuproq turiga qarab sarimsoq ekilgan yerga 10 so-tixga sof holda 10–15 kg azot, 10–12 kg fosfor va 5 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va u yaxshi saqlanmaydi.

  Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Sarimsoqni piyoz pashshasi, tamaki tripsi, kuzgi tunlam kabi zararkunandalar zararlaydi. Ularga qarshi kurashda   10 sotix miydonga Karate 5% em.k. (40 ml), Mospilan 20% n.kuk. (25–30 ml) preparatlari qo‘llaniladi.

Kasalliklardan soxta un shudring, ildiz chirish, mozaika, sarg‘ayish, bo‘g‘in chirish kasalliklariga qarshi urug‘larni qizdirish,­ kasallangan o‘simliklarni yo‘qotish, kasalliklariga qarshi 1 foizli Bordo suyuqligi (mis sulfati bo‘yicha 6–8 kg/ga), Topaz 10% em.k. (12,5– 15 ml) yoki Kurzat R n.kuk. (200–250 g) preparatlaridan­ birortasini 60 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.

      Hosilni yig‘ishtirish. Sarimsoq hosilini iyun-iyul oylarida yig‘ishtirib olish kerak, aks holda uning piyozchalari bir biridan ajralib ketadi, hosil nobud bo‘ladi, tovarbopligi hamda saqlashga yaroqliligi pasayadi. Hosil belkurak bilan yerdan ko‘tarilib, qo‘l bilan terib olinadi, keyin quritiladi. Bargi va gulpoyasi bo‘g‘inidan 3–5 sm qoldirilib kesib tashlanadi, piyozlari mayda-yirikligiga qarab saralanadi.

     Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 120 kg urug‘lik uchun 1 500 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 6 512 500 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 20 000 so‘mdan sotilgan-da 24 mln. so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 17 mln. 487 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page