SARATONNI ANIQLAYDIGAN YANGI USUL

SARATONNI ANIQLAYDIGAN YANGI USUL

Milliy ofis

1997-yil 8-yanvarda tug‘ilgan amerikalik mashhur ixtirochi va olim Jek Andrak oilasi uchun qadrli insonining saraton kasalligiga chalinib, vafot etganidan chuqur ta’sirlangani bois, 16 yoshida onkologik kasalliklardan biri oshqozonosti bezining saratonini ilk bosqichida tashxislashning yangi innovatsion usulini o‘ylab topdi.


Yosh ixtirochi maktabdan so‘ng va dam olish kunlarini 7 oy davomida laboratoriyada o‘tkazdi. Natijada glyukometr (qonda glyukoza miqdorini o‘lchaydigan va qandli diabet kasalliklarini tekshirish uchun qo‘llaniladi) tekshiruv qurilmasiga o‘xshash moslamani o‘ylab topdi. U uglerodli nanotruba yordamida qonda mezotelin oqsilini faoliyatiga aniqlik kiritdi. Aynan mezotelin — saraton kasalliklarining boshlang‘ich belgisini ko‘rsatadigan va xavfli hujayralarni ishlab chiqaradigan ko‘rsatgich sanaladi. Ushbu ixtiroda kasallikka aniqlik kiritish uchun maxsus yo‘l-yo‘l qog‘oz (uglerodli nanotruba)ga bir tomchi qon tomiziladi. Natijasi darhol ko‘z oldingizda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ixtiro qilingan test usuli kasallikka 100 foiz aniq tashxis qo‘yadi. Shuningdek, hozirda qo‘llaniladigan tekshiruv yo‘llariga qaraganda 168 marta tezroq ishlaydi. Qolaversa, 26 boravar arzon hamdir. Quyidagi ixtiro uchun Intel kompaniyasi (yosh qobiliyatli bolalalrni rag‘batlantirish bo‘yicha shug‘ullaniladi) yosh ixtirochiga 75 ming dollar miqdorida grantni qo‘lga kiritdi.

Report Page