SANTUAGARA OF LIBRARY
Santuagara
"Santuagara of library" - Kattaqo‘rg‘onlik Karimovlar xonadonining a'zosi Nurali Karimov tomonidan 2010-yilda tashkil etilgan shaxsiy-oilaviy kutubxonadir. Kutubxonada dastavval, 100 ga yaqin kitob mavjud bo‘lgan bo‘lib, hozirda bu ko‘rsatkich 2000 dan ortiqni tashkil etadi.

Kutubxona Nurali Karimovning yotoqxonasida joylashgan bo‘lib, kutubxonadan tashqari, ish stoli, mutolaa orom kursisi va garderoblarni o‘z ichiga olgan.

Mutolaa orom kursisida asosan badiiy va ilmiy jurnallar, diniy adabiyotlar tungi vaqtda mutolaa qilinadi. Orom kursi yonidagi stol ustida Juliano Medicining byusti joy olgan. Yuqoridagi devorning o‘ng tarafida Santuagaraning xattotlik ishi va yog‘li bo‘yoqda chizilgan "Hijron xatosi" nomli surati o‘rin olgan.

Ish stolida Nurali Karimovning ta'lim va biznesga oid ishlari amalga oshiriladi. Oylik tanaffuslar vaqtida esa turli xil tarjimalar shu yerda o‘zbek tiliga o‘giriladi. Stol ustida ohakdan qilingan David byusti bor.

Ish stoli ustidagi uch qavatli javonda Nurali Karimovning kundalik va esdaliklari, tillarga oid qo‘llamalari saqlanadi. O‘qilishi rejalashtirilgan kitoblar ham asosan shu yerda turadi.

Ushbu javonda mingga yaqin o‘zbek tilida nashr etilgan kitoblar saqlanadi.

Javonning yuqori qismida diniy adabiyotlar joy olgan bo‘lib, ularning katta qismi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qalamlariga mansubdir.

Bu qismda "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan chiqarilgan "Kamolot" va "Yoshlar" kutubxonasi, "Dunyo adabiyoti durdonalari" turkumlari hamda, Pirimqul Qodirov va Oybek asarlarining saylanmalari o‘rin olgan.

Bu qismda "Akademnashr", "Asaxiy" va "Zabarjad" nashriyotida nashr etilgan sara asarlar joy olgan.

Bu qismda diniy va dunyoviy adabiyotlarning rangli kolleksiyasi yig‘ilgan. Ko‘k rangda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblari, qizil rangda jahon klassik asarlari, yashil rangda Muhammadalining "Ulug‘ saltanat" tetralogiyasi, Cho‘lponning saylanmasi va Alisher Navoiy Xamsasining nasriy tadbili, qo‘ng‘ir rangda "1001 kecha" ertak kitobi va xristianlikning muqaddas kitobi Injil joy olgan.

Bu qismda "Yosh kitobxon" tanlovi uchun o‘qish tavsiya etilgan to‘plamlari va "Ziyo nashr" tomonidan nashr etilgan jahon adabiyotining eng sara 100 kitobi o‘rin olgan.

Bu qismda "G‘afur G‘ulom" nashriyotida nashr etilgan 5-9-sinflarning adabiyot kitoblarida berilgan asarlarining to‘liq nusxasi berilgan 44 tomlik "Adabiyot xrestomatiyasi", O‘tkir Hoshimovning 16 tomlik saylanmasi va SSSR davrida nashr etilgan kommunistik-mafkuraviy asarlar to‘plami bor.

Bu qismda O‘zbekiston Respublikasining 12 tomlik, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining 14 tomlik ensiklopediyalari bor.

Bu qism ma‘lum tartibda terilmagan, lekin bu yerda sara va nosara asarlarning aralashmasini ko‘rishingiz mumkin.

Bu kutubxonaga yuqoridagi kutubxonaning g‘arbiy devoridagi eshik orqali o‘tiladi.

Bu kutubxona(hujra)ning ochiq javonlarida asosan chet tillida nashr etilgan asarlar saqlanadi.

Yopiq javonlarda esa abituriyentlik davriga oid darsliklar va testlar, shuningdek 2010-2021-yillarda foydalanilgan maktab darsliklari, eski bo‘yoqlar va xolstlar saqlanadi.

Hujraning birinchi javonining yuqoridagi uch polkasida rus tilida nashr etilgan "Эксклюзивная классика", to‘rtinchi va beshinchi polkasida "O‘zbekiston" nashriyotida nashr etilgan 100 tomlik rus klassikasi va eng pastda Turkiyada ingliz tilida nashr etilgan ingliz klassikasi to‘plamlari joy olgan. Javon ustida Seton Tompsoning marmar, Lomonosovning temir haykallari bor.

Hujraning ikkinchi javonining yuqori qismida "Garri Potter"ning 8 tomi, "Merlin"ning 6 tomi, "Twilight" 5 tomi va "The Witcher"ning 8 tomi joy olgan va ularning barchasi turk tilidagi kitoblar hisoblanadi. Ikkinchi polkada "Ведьмак"ning 8 tomi, "Три метра"ning 3 tomi va rus tilida nashr etilgan "Большие книги"ning to‘plamlari o‘rin olgan. Uchinchi polkada "Disnep"ning ertaklari, "Пятьдесят оттенков" 3 tomi va "Яркие страницы" to‘plami bor. To‘rtinchi polkada Zigmund Freydning 24 tomlik, Alfred Adlerning 5 tomlik, Jahon faylasuflarining 26 tomlik va boshqa klassikalari o‘rin olgan. Beshinchi polkada "Dune" sci-fi ning 9 tomi va eng sara klassikalar bor. Oxirgi qatorda ham eng saralari o‘rin olgan.

Hujraning uchinchi javonining dastlabki uch polkasida bronzadan qilingan fil, temirdan yasalgan Lelin va turli xil haykalchalar va kitoblar bor. To‘rtinchi polkasida esa Dyumaning 15 tomlik, Chexovning 12 tomlik va Murakamining 2 tomlik asarlari bor. Oxirgi ikkita polkada sportga, shaxsiyatga, tilga oid kitoblar, "Narniya" xronikasining 7 tomi, Tagor asarlarining 8 tomi, Chingiz Aytmatovning 13 tomi va "Garri Potter"ning rus tilidagi 8 tomi o‘rin olgan.

Hujraning to‘rtinchi javonining yuqori qismida komikslar, ikkinchi polkasida Talebning ikki asari, "Школа добра и зла" asarining 6 tomi, Husayning 3 tomi, Grinning 3 asari va Jojo Moyesning 10 tomi o‘rin olgan. Qolgan qismida 2021-2022-yilda o‘qilgan asarlar bor.

Hujraning shimoliy qismida ikkita musiqa asbobi - getara va skripka bor. Shuningdek xitoy afsonaviy mushugining qog‘ozdan ishlangan haykalchasi ham.