“SamAuto”ning yangi avtobuslari Toshkent bo’ylab harakatlanishni boshlamoqda
UzAutoToshkentda Samarqand avtomobil zavodi “Samarqand avtomobil zavodi” QQ MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan SAZ LE60 rusumli avtobuslarning birinchi partiyasini rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ birinchi 10 ta SAZ LE60 abtobuslarini poytaxt marshrut yo’nalishlarida chiqarishni yo’lga qo’ydi. Ushbu texnikadan Toshkentda jami 200 donasi ishlaydi. Ta’kidlash joizki, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan bugungi kunda 115 ta “SamAvto” avtobuslari yo‘lga qo‘yilgan.

“SamAuto” MCHJ mutaxassislari mazkur modelni ishlab chiqishda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, jamoat transporti harakatining samaradorligi va amaliyligiga alohida e’tibor qaratishdi.
SAZ LE60 modelidagi eng muhim o'zgarishlar:
- yangi, yanada quvvatli konditsioner o’rnatildi;
- havo ta'minlash tizimi takomillashtirildi;
- yo'lovchilar uchun 6 dona va haydovchi uchun 1 dona USB-portlar bilan jihozlandi;
- avtobus polining orqa qismi qavat darajasi pasaytirildi;
- avtobusning old o'tish qismi kengaytirildi;
- elektron yo'nalish ko'rsatkichlari yangilandi;
- validatorlarni o'rnatish uchun maxsus joy tayyorlandi (ATTO kartalari uchun);
- avtobuslarga texnik xizmat ko'rsatish xizmatini soddalashtirish maqsadida avtobus konstruksiyasiga o'zgartirishlar kiritildi.

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi “SamAvto” korxonasi yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, tejamkor va ilg‘or texnologiyalarni qo‘lga kiritish shahar jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.