SAMARQANDDA XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN VIDEOKONFERENSIYA BO'LIB O'TDI.

SAMARQANDDA XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN VIDEOKONFERENSIYA BO'LIB O'TDI.


Joriy yilning 22-dekabr kuni Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar bilan onlayn-uchrashuv bo'lib o'tdi. Chet elda tahsil olayotgan va istiqomat qilayotgan yoshlar bilan bo'lib o'tgan onlayn-tadbir doirasida sayyohlik salohiyatini ilgari surish bo'yicha masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalalri bo'yicha o'rinbosari B.U.Nurullayev, O'zbekiston yoshlari umumjahon yoshlar assotsiatsiyasi raisi R.Umarov, Turizmni rivojlantirish departamenti rahbariyati va xodimlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi,Yaponiya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va O'zbekistonda tahsil olayotgan va faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti va O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandumni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek, onlayn uchrashuvda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini hamda bu boradagi mavjud imkoniyatlarni ochib beruvchi videorolik namoyish etildi. Chet eldagi vatandoshlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga Turizmni rivojlantirish departamenti vakillari tomonidan javob oldilar hamda taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida Samarqand viloyatining turistik salohiyatini xorijdagi vatandoshlar orasida targ'ib etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

В САМАРКАНДЕ СОСТОЯЛАСЬ ВИДЕОКОНФЕРЕНЦИЯ С СООТЕЧЕСТВЕННИКАМИ ЗА РУБЕЖОМ.

22 декабря текущего года по инициативе Департамента по развитию туризма Самаркандской области состоялась онлайн-встреча с соотечественниками за рубежом. В рамках онлайн-мероприятия с молодежью, обучающейся и проживающей за рубежом, были обсуждены вопросы по продвижению туристического потенциала. На встрече заместитель хокима Самаркандской области по вопросам развития туризма и спорта Б.У.Нуруллаев, председатель Всемирной Молодежной ассоциации молодежи Узбекистана Р.Умаров, руководство и сотрудники департамента развития туризма,а также наши соотечественники, обучающиеся и работающие в Российской Федерации, Японии, США, Китае, Южной Корее, Италии, Германии и Узбекистане.

В рамках мероприятия состоялась церемония подписания Меморандума о сотрудничестве между департаментом развития туризма Самаркандской области и Всемирной ассоциацией молодежи Узбекистана. Также на онлайн встрече был продемонстрирован видеоролик, раскрывающий туристический потенциал Самаркандской области и имеющиеся возможности в этом направлении. Наши соотечественники за рубежом получили ответы на интересующие их вопросы от представителей департамента развития туризма и высказали свои предложения и замечания.

По итогам мероприятия достигнута договоренность о тесном сотрудничестве в реализации проектов, направленных на пропаганду туристического потенциала Самаркандской области среди соотечественников за рубежом. 

Пресс-служба департамента по развитию туризма Самаркандской области




Report Page