SAMARQANDDA "WORLD PLOV CHAMPIONSHIP" O'TKAZILDI
Shodiyaxon AxrorovaBMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO, oziq-ovqat turizm bo‘yicha Global hisobot tadqiqotlari) ma'lumotlariga ko‘ra, sayohatchilarning 79 foizi gastronomik tadbirlar taqvimi va mahalliy oshxonalarning xususiyatlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, sayohat rejalarini tuzishar ekan. Shuningdek, tadqiqotga ko‘ra, har uchinchi sayyoh borayotgan davlatining milliy oshxonasini sayohat qilish uchun motivasiya deb hisoblaydi va umumiy xarajatlarning tahminan 30 foizini ovqatlanishga sarflaydi.
Vazirlar Mahkamasining "Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi
828-sonli qaroriga binoan, bugun, 28-noyabr kuni Samarqand shahridagi "Bog'ishamol Garden" majmuasida “Palov-millatlar birligi ramzi” shiori ostida" Jahon palov chempionati" o'tkazildi. Ushbu chempionat yurtimizda gastronomik turizmni rivojlantirish, O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini yanada oshirish, millatlararo do‘stlik va birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlash, davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, gastronomik yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, O‘zbekistonning an'anaviy o‘zbek milliy taomlarini ommalashtirish, xalqimizni O‘zbekiston va dunyo oshxonasining betakror gastronomiyasi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Chempionatda O'zbekiston Oshpazlar uyushmasining Xalqaro musobaqalarda g'olib bo'lgan yosh oshpazlari ham ishtirok etishmoqda. Musoba davomida Turkcha osh, Xorazm oshi, Samarqand oshi, Toshkentcha osh, Jizzax va Andijon oshi, Far'gona, Qashqadaryo oshlari kabi 10 xil turdagi palov pishirilib, g'oliblar aniqlandi.
Musobaqada mahoratli oshpazlar Abdullayev Fayzulla 1- o'rinni "Bayram "oshi, Islomov Ismatilla 2- o'rinni " Samarqandcha" osh va Obidov Akrom 3-o'rinni"Choyxonacha" oshni mahorat bilan tayyorlab, qo'lga kiritdilar.
Musobaqa orqali jahon sayyohlari ko'nglidan joy olayotgan o'zbekcha palovning xilma-xil turlari va betakror lazzatini dunyoga namoyish etish maqsadida tashkil etilgan tadbir horijiy mehmonlar e'tirofiga sazovvor bo'ldi.