SAMARQANDDA SUPER ELITA KARTOSHKA URUG‘LARI YETISHTIRILMOQDA

SAMARQANDDA SUPER ELITA KARTOSHKA URUG‘LARI YETISHTIRILMOQDA


Azaldan xalqimiz  kartoshkani sevib iste’mol qiladi.  Bugungi kunda mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab  qariyb 4 million tonnani tashkil etadi. Shundan 80 foizdan ziyodi yurtimizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilmoqda. 

Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotining  yurtdoshlarimiz  tomonidan  “Ikkinchi non” deya e’tirof etilishi ham uni sevib iste’mol qilishimiz bilan bog‘liq albatta. Mamlakatimizning Samarqand viloyatida hamda Jizzax viloyatining unga yondosh hududlarida bir yilda ikki martagacha kartoshka yetishtiriladi.  

 Shu bois ushbu mintaqada urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoj boshqa hududlarga qaraganda biroz yuqori. Ayni paytda sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2025-yilga borib Samarqand viloyatida  import qilinadigan  urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan  ehtiyoj  yuqori texnologiyali  usullarda yetishtiriladigan  mahalliy mahsulotlar  hisobiga sezilarli darajada  qisqaradi. Gap shundaki viloyatning Oqdaryo tumanida urug‘lik kartoshkaning  serhosil navlarini “In-vitro” usulida ko‘paytirish  Koreya tajribasi amalga oshirilmoqda

2018 yilda o‘z faoliyatini boshlagan   “Gs-Bio” MChJ  koreyalik tadbirkorlar tomonidan kiritilgan investitsiya hisobidan “In-vitro” usulida oliy kartoshka urug‘larini  yetishtirish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. 

Hozirgi kunda Koreya texnologiyasi asosida “In-vitro” laboratoriyalarida yaratilayotgan mikro tuganaklar issiqxonalarda yetishtirilib, undan olingan sara urug‘lar ochiq maydonlarga ekilmoqda.

 Joriy yilda “Gs-Bio” MChJ tomonidan “in-vitro” laboratoriya va maxsus issiqxonalarda yetishtirilgan kartoshka Qashqadaryo viloyatida 51 gektar va Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy  tumanlaridagi 100 gektar maydonga ekib parvarish qilindi.

Ushbu MCHJning 5 yillik faoliyat davrida kartoshkaning  “Pikasso”, “Santa” va “Nevskiy” navlari superelita urug‘larini yaratishda    ijobiy natijalarga erishildi. 

Mazkur xo‘jalikning “in-vitro” laboratoriyasini aynan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududida tashkil qilinishi ham bejizga emas, albatta. Chunki, ushbu hududning iqlim sharoiti, tuproq tarkibi aynan kartoshkachilikni rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi. “Gs-Bio” MChJ ning faoliyatidagi yana bir ahamiyatli  jihati, bu   yer maydonlariga  olib kelingan mazkur 3 ta oliy  kartoshka navlarning o‘suv davridagi barcha agrotexnik tadbirlar  koreyalik mutaxassislar Kim Mi Gyon xonim  bilan  janob Kim Syo Nellarning doimiy nazorati ostida amalga oshirildi. Qayd etilishicha, xorijiy ilmiy yondashuv samarasi o‘laroq hozirgi kunda ekilgan kartoshka urug‘laridan 50-60 million dona super elita kartoshka urug‘ini olishga  erishildi. Bu elita tuganaklari kelgusi 2024-yil ekin mavsumida ekiladi va gektaridan 50-60 ming tonna hosil olinishi reja qilinmoqda.

Report Page