SAMARQANDDA SHAXMAT BO‘YICHA “SOHIBQIRON KUBOGI” XALQARO TURNIRI O‘TKAZILADI

2021-yilning 24-29-avgust kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Sohibqiron kubogi” xalqaro turniri o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur xalqaro turnirda 15 ga yaqin davlatlardan 150 nafarga yaqin shaxmatchilar hamda 25 nafar xalqaro grossmeysterlar ishtirok etishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar, Samarqand viloyatida 7 nafar xalqaro grossmeysterlar yetishib chiqqan. Jumladan: Tair Vaxidov, Jaxongir Vaxidov, Ibrohim Hamroqulov, Jo‘rabek Hamroqulov, Marat Djumaev, Aleksey Barsov hamda marhum Shuxrat Safinlar shular jumlasidandir.
Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
В САМАРКАНДЕ ПРОЙДЕТ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ТУРНИР ПО ШАХМАТАМ «КУБОК САХИБКИРАНА»
В целях обеспечения исполнения постановления Президента Республики Узбекистан от 14 января 2021 года № ПП-4954 “О мерах по дальнейшему развитию и популяризации шахмат и совершенствованию системы подготовки шахматистов” с 24 по 29 августа 2021 года в городе Самарканде запланировано проведение международного турнира “Кубок Сахибкирана”. В данном международном турнире ожидается участие около 150 шахматистов из 15 стран и 25 международных гроссмейстеров.
Для справки: на сегодняшний день в Самаркандской области имеются 7 международных гроссмейстеров. В их числе: Таир Вахидов, Джахонгир Вахидов, Ибрагим Хамрокулов, Джурабек Хамрокулов, Марат Джумаев, Алексей Барсов и Шухрат Сафинов .
Пресс-служба Главного управления по туризму и спорту Самаркандской области