SAMARQANDDA 124 MINGDAN ORTIQ XONADONLARGA “AQLLI” GAZ HISOBLAGICHLAR O‘RNATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga asosan Samarqand viloyatida elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
Hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlangandan buyon, viloyat miqyosida 124 090 ta iste’molchilar xonadoniga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatildi. 122 742 ta iste’molchi “BillingGaz” dasturiga ulandi.
Joriy yilning iyun oyiga qadar viloyatning tabiiy gazdan qarzdorligi katta bo‘lgan “qizil” hududlar, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida, shuningdek, Nurobod tumanida yashovchi tabiiy gaz iste’molchilari xonadoniga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilayotgan edi. Xabar qilinganidek, 1 iyun sanasidan boshlab, viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi.
Bugungacha Samarqand shahridagi 119 101 ta tabiiy gaz iste’molchilarining 61 286 tasiga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatilib, 61 160 tasi “BillingGaz” dasturiga ulandi.
Ayni paytda viloyatda zamonaviy gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari davom etib, bunga 160 ga yaqin maxsus brigada jalb etilgan.



“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati