SAMARQAND VILOYATIDA VELOINFRATUZILMANI TASHKIL ETISH LOYIHASI KO'RIB CHIQILDI.

Joriy yilning 20 noyabr kuni turizm va sportni rivojlantirish bo'yicha hokim o'rinbosari B. U. Nurullayev boshchiligida turizm, qurilish va sport boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida markaziy ko'chalarda hamda turistik obyektlarga olib boruvchi yo'llarda veloyo'laklar tashkil etish masalasi muhokama etildi. Ushbu loyihani amalga oshirish 2021 yil oxirigacha rejalashtirilgan. Loyiha turli yoshdagi velosipedchilarning xavfsiz va to'siqsiz harakati uchun piyodalar yo’laklarini yangilashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, yaqin 5 yil mobaynida “workout” va “streetball” zonalarini yaratish masalasi ham muhokama etildi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

РАССМОТРЕН ПРОЕКТ СОЗДАНИЯ ВЕЛОИНФРАСТРУКТУРЫ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ.
20 ноября текущего года состоялась встреча во главе с заместителем хокима по развитию туризма и спорта Нуруллаевым Б.У. с представителями управления туризма, строительства и спорта. В ходе встречи была обсуждена организация велосипедных дорожек на центральных улицах и дорогах к туристическим объектам. Реализация данного проекта планируется до конца 2021 года. Проект подразумевает модернизацию тротуарных зон для безопасного и безбарьерного передвижения велосипедистов различной возрастной категории. Помимо этого, был обсуждён вопрос по созданию workout и streetball зон в перспективе на 5 лет
Пресс-служба департамента по развитию туризма Самаркандской области