Samarqandda DXM va FHDY organlarida yangi qulaylik ishga tushdi

Samarqandda DXM va FHDY organlarida yangi qulaylik ishga tushdi


Fuqarolarning davlat xizmatlaridan yanada qulay foydalanishlari uchun ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada Samarqand viloyatida qilinayotgan ishlar, imkoniyatlar koʻlami, yaratilayotgan shart-sharoitlar tahsinga sazovor. Endilikda mazkur qulayliklar qatoriga yana biri qoʻshildi. 


Yaʼni, davlat xizmatlari markazlari yoki FHDY boʻlimlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda fuqaro toʻlovlarni amalga oshirishda bank kassalarini qidirmaydi yoki ularda navbat kutmaydi. Chunki markazlar va FHDY organlarida oʻrnatilgan maxsus toʻlov vositasi yordamida barcha harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.


Ushbu qurilmaning afzalligi nimada? Aytish kerakki, u orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar ham naqd pulda, ham plastik karta orqali toʻlov qilishadi. Komissiya xizmati faqatgina 1 foiz miqdorida. Shuningdek, qurilma yordamida toʻlovlar bilan bogʻliq boshqa xizmatlardan ham shu yerning oʻzida foydalanish imkoniyati mavjud. Qaytim bilan bogʻliq masalalar ham bu jarayonda alohida eʼtiborga olingan. Aytaylik, siz 10 ming soʻm toʻlov talab etiladigan davlat xizmatidan foydalandingiz va zarurat tufayli 20 ming soʻm kiritdingiz. Bunda ortiqcha pulingiz xohishingizga koʻra telefon raqamingizga yoki plastik kartangizga oʻtkaziladi.


 Bugungacha 1 ta FHDY boʻlimi va 8 ta Davlat xizmatlari markazida ana shunday maxsus toʻlov qurilmalari oʻrnatilgan boʻlib, yana 10 ta toʻlov qurilmalari bosqichma-bosqich oʻrnatilishi belgilangan.


Mazkur qulaylik poytaxtdan keyin viloyatlar kesimida birinchilardan boʻlib Samarqandda ishga tushirilmoqda.


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi



Report Page