SALAT BARG yetishtirish.

SALAT BARG yetishtirish.

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Salat ko‘p miqdorda organik kislotalarni ayniqsa olma, limon hamda arоmatik moddalarni mavjudligi ishtahani yaxshilashga va ovqatni singdirilishiga imkon beradi. Uning tarkibida fitonsidlar, antibakterial xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ular oshqozon ichak yo‘llarini zararsizlantirishda, organizmni yuqumli (infeksion) kasalliklarga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Salat bargni Krupnok-achanniy, Ko‘k-shox va Ayzberg kabi navlari ekiladi.

Urug‘ tanlash. Ekiladigan salat urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldi­ dan iliq suvda 3–4 soat ivitib qo‘yiladi.

Yerni tayyorlash. Urug‘ sepiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 so-tix yerga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Ekish muddati va sxemasi. Bargli va bosh o‘raydigan salatlar urug‘i ochiq dalaga erta bahorda – fevral oxiri–mart oyining boshida va kuzda – sentabrning ikkinchi yarmi–oktabr oyida pollarga yoki qatorlab lentasimon usulida 2–3 qator qilib ekiladi. Ayrim hollarda bu o‘simliklar ko‘chatidan ham ekiladi. Lentalar orasi 45–60 sm, lentadagi qatorlar orasi 15 sm bo‘ladi. Bir sotixga bargli salat urug‘i 40–50 g, boshli salatniki      30–40 g miqdorda ekiladi. Sepilgan urug‘lar xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Parvarishlash. Nihollar unib chiqqandan 10–12 kun o‘tgach birinchi marta, 2–3 hafta o‘tgach ikkinchi marta yagana qilinadi. Bunda barg salat tuplarining orasida 8–10 sm, boshli salatda esa 12–15 sm masofa qoldiriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Salat bargi-ni kuzgi tunlam zararlaydi. Bunga qarshi biologik usulda ento-mofaglar ya’ni foydali hashoratlarni qo‘llash samarali. Salat kasalliklariga nisbatan chidamli salqinsevar o‘simlik hisoblanadi.

  Hosilni yig‘ishtirish. Boshli salatning hosili 45–50 kundan keyin ularning yetilishiga qarab erta tongda, bargidan shudring ko‘tarilgandan keyin birin-ketin uzib olinadi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 4760 dona ko‘chat uchun 1 430 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 2 250 000 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 7 500 so‘mdan sotilganda 16 mln. 882 ming so‘m bo‘ladi. Shunda      10 sotix maydondan 14 mln. 632 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page