SAFDOR DOSTON RAMAZONOV

SAFDOR DOSTON RAMAZONOV


Kun qahramoni

Doston Ramazonov 1992-yilda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ichki ishlar organlarida ilk faoliyatini 2011-yilda boshlagan qahramonimiz hozirda Navoiy viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi saf bo‘linmalari patrul-post xizmati bo‘linmasi safdor xodimi.

 U zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri va aniq bajarishi, mehnatsevarligi, fidoyi va tashabbuskorligi bilan safdoshlari orasida hurmat qozongan. Tezkor vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, tashkilotchilik va talabchanlik qobiliyati sabab e’tirofga loyiq natijalarga erishgan. Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida safdor D.Ramazonov profilaktik suhbatlar olib borish uchun 54 nafar fuqarolarni tayanch punktiga olib kelgan. Temir yo‘l bekatida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 6 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirgan. Bundan tashqari, respublikamiz miqiyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri faol ishtirok etib kelmoqda.

Yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi shodiyonasi arafasida Doston Ramazonov hayotida unitilmas voqea sodir bo‘ldi. U sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tib, IIV Akademiyasida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldi. Biz qahramonimizga soha sirlarini yanada puxta o‘zlashtirishida omad tilaymiz.

Maxliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.

 

 

 

Report Page