SADISTLAR — qiynab rohatlanuvchilar haqida

SADISTLAR — qiynab rohatlanuvchilar haqida


Psixologik sadizm — boshqa bir odamga jismoniy kuch ishlatmasdan azob berish va bundan rohatlanishga moyillikdir.

Sadist eng bezarar hollarda qarshisidagi odamning ojiz va nozik tomonini topadi hamda achchiq gap yoki o'zining xulq-atvori bilan aynan o'sha yeriga jarohat yetkazadi. "Ancha to'lishib qolibsanmi?", "Qarib qolgandaysan, mazang yo'qmi?" kabi gaplar bilan kayfiyatni albatta xira qiladi.


Psixologik sadist bilan muloqot qilgach, o'zingizda quyidagilarni his qilasiz:

▪️ xavotir,

▪️ norozilik,

▪️ o'kinch,

▪️ asabiylik,

▪️ xafsala pir bo'lishi

– sadist bularni ko'rganida yuzida mamnunlikni sezish mumkin.


Biroq sadistning yaxshigina aktyor ekanligini hisobga olsak, u o'zini sizga hamdarddek tutishi mumkin.

Sadist yaxshigina psixolog hamdir. O'ljasiga yetarlicha azob bera olish uchun uni kuzata oladi va nozik joylarini topadi. Sadistga eng muhimi – o'ljasining ilojsiz qolishini ko'rishdir. Odamni qiyin tanlov oldida qoldirganida sadist maza qiladi.


Sadist ko'pincha o'zini haqiqat tarafida ekanligi bilan himoya qiladi. "Rostini aytdim-da" deb o'zini oqlaydi.


Oilaviy hayotda psixologik sadizm tarbiya niqobi ostiga yashiringan bo'ladi. Bu doim tanqid qiluvchi turmush o'rtoq, o'ta qattiqqo'l ota, hamma narsadan norozi qaynona kabilardir.


Sadizm nimalardan iborat?

⚫️Doimiy haqorat va ayblovlar;

⚫️Jismoniy jazo bilan qo'rqitish;

⚫️Majburlash, zo'rlash;

⚫️Shantaj;

⚫️Odamni yoki uning biror ishdagi hissasini qadrsizlash kabilar.


Sadist bilan gaplashayotganingizni qanday his qilishingiz mumkin?

▶️Munosabatlarda ko'pincha qo'rquv his qilasiz, sherigingizni jahlini chiqarishdan qo'rqib biror mustaqil qaror qabul qilolmaysiz;

▶️Sherigingiz bilan uchrashishdan oldin xavotir his qilasiz;

▶️Ko'p yig'laysiz;

▶️Muloqotdan so'ng o'zingizni ezilgan yoki yerga urilganday his qilasiz.


Sadist odamni qanday belgilari bor?

◾️Manmanlik

◾️Yopiqlik

◾️Hissiy sovuqqonlik

Sadist doim o'zining xarakteri og'irligini, boshqacha odam ekanligi, olam va odamlar bilan munosabatlari murakkab ekanligini ta'kidlaydi.


Sadistning bolaligi

Ota-onaning bolaga e'tiborsizligi, yoki salbiy munosabatda bo'lishi sadistning shakllanishiga yetaklovchi to'g'ri yo'ldir. Doimiy kamsitish va haqoratlar, ayblovlar bola ongostida saqlanib qoladi. Keyinchalik o'z ko'z o'ngida o'z mavqeyini ko'tarish uchun sadist ongsiz ravishda boshqalarni ojiz holatda ko'rishga intiladi va natijada turli usullardan foydalanib qiynaydi.


Terapiya

Sadistni davolash uzoq muddatli psixoterapiyani talab qiladi. Biroq sadistning o'zgarishga odatda motivatsiyasi bo'lmaydi, shuning uchun uni majburlab tuzatishga intilish befoyda. Gipnoz, kognitiv psixoterapiya, psixoanaliz kabilar sadistlar psixoterapiyasida qo'llaniladi.


Sarvinoz Omonova tayyorladi.

Kanalga ulanish:

@psixologningqaydlari


Report Page