SABZINING "MIRZOI SARIQ-304" VA SHOLG‘OMNING "SAMARQAND" NAVLARI AFZALLIKLARI

SABZINING "MIRZOI SARIQ-304" VA SHOLG‘OMNING "SAMARQAND" NAVLARI AFZALLIKLARI


Mamlakatimiz aholisining meva-sabzavotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini yo‘lga qo‘yish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi tizimi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada sohada oxirgi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi viloyatining ko‘pgina dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga sohaga oid tegishli ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalarini berib keladi. Xususan, birgina misol Kitob tumanida joylashgan “Bahtiyor, Behzod, Nasriddinovich” fermer xo‘jaligining yer maydonida ilmiy tajriba stansiyasi hamkorligida urug‘lik uchun dehqonlarimiz tomonidan ko‘p yetishtiriladigan ertapishar navlar, sabzining Mirzoi sariq-304, sholg‘omning esa, Samarqand navlari yetishtirilmoqda. Ushbu sabzi va sholg‘om joriy yilda urug‘lik olish maqsadida ekilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos ahamiyatli jihatlari bor. Mazkur sabzi va sholg‘omdan urug‘liklar uchun tanlov asosida onaliklari tanlab olinadi va qaytadan ekishga tayyorlanadi. Mirzoi sariq-304 navi gektariga 70-80 tonna hosil beradi. Sug‘orish jarayoni urug‘ ekilgandan so‘ng to pishib yetilganga qadar 2-3 marta amalga oshiriladi. Bu esa suvning har bir tomchisi qadrlanuvchi Qashqadaryo vohasi uchun muhim bo‘lgan jihatlardan biridir. Sabzining ushbu navi suvsizlikga bardoshli va qiyin sharoitlarda o‘z holatini yo‘qotmaydi.

Sholg‘om o‘lkamizda qadimdan ekib kelinadigan sabzavot ekini bo‘lib, tarixi 4-5 ming yillarga borib taqaladi. Mevasi tarkibida juda ko‘p kaliy va temir elementlari, inson uchun qimmatli bo‘lgan S, RR, V1, V2, provitamin A (karotin) uchraydi. Bargida askorbin kislota va vitaminlar ildizmevasidanda ko‘proq.

Samarqand navli sholg‘om boshqa navlarga qaraganda serhosilligi bilan ajralib turadi. Gektariga 60-65 tonna hosil beradi.

Suhrob Jalilov “Bahtiyor, Behzod, Nasriddinovich” fermer xo‘jaligining ishchi xodimi:

Mutahassisning ta’kidlashicha, bu mahalliy navlar bizning iqlim sharoitimizga moslashganligi, serhosilligi, kasallikka chidamliligi hamda kuchli sovuqda ham bardosh bera olishi bilan boshqa navlardan farq qiladi. Sazavotlarning yana bir muhim jihati, pishib yetilgan sabzi va sholg‘om iste’mol uchun kavlab olinadi va maxsus muzlatkichlarda keyingi hosil pishib yetilgunga qadar saqlab turish imkoniyati mavjud.







Report Page