Rus tilini bilish sertifikati
shga patentni rasmiylashtirish uchun sertifikatni olish uchun rus tilini bilishga, Rossiya Federatsiyasi tarixi va uning qonunchilik asoslari bilimlariga majmuaviy imtihonni Rossiya tarixi, RF qonunchiligi asoslari va xorijiy til sifatida rus tili bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazuvchi taʼlim tashkilotlarining birida topshirish mumkin – bunday muassasalarning ro‘yxati 👉 shu yerda
Sertifikatni, shuningdek, Ko‘p funksional migratsiya markazi hududida ham olish mumkin. O‘zi bilan quyidagi hujjatlarni olish kerak bo‘ladi:
• xorijiy pasport va uning nusxasi
• pasportning notarial tasdiqlangan tarjimasi va uning nusxasi
• vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish
• migratsiya kartasi
KMSda xizmat narxi – 900 rubl. Sertifikat imtihon topshirilgandan keyin 10 kun davomida tayyor bo‘ladi va imtihonni topshirgan odamning shaxsan qo‘liga topshiriladi. Sertifikat Rossiyaning butun hududida ishga patentni rasmiylashtirishda uch yil amal qiladi.
Xizmat bo‘yicha batafsil maʼlumotni quyidagilar orqali olish mumkin
• +7 (495) 777-77-77 telefon raqami bo‘yicha (tunu-kun)
• Moskva shahri bo‘yicha RF IIV BB migratsiya masalalari bo‘yicha Boshqarmasi telefoni bo‘yicha: +7 (495) 587-07-87 (har kuni soat 08:00dan 20:00gacha).