Ro'yxatdan o'tish uchun qo'llanma

Ro'yxatdan o'tish uchun qo'llanma

"Zakovat-Gambit" 2025

2025 yilning 22-23-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Zakovat-Gambit” turniri bo'lib o'tadi. Ushbu turnirda yoshi va jinsidan qat'i nazar barcha O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Turnir 3 bosqichdan iborat: Saralash, yarim final va final.

Turnirning saralash bosqichi 16-oktabr kuni onlayn shaklda chess.com platformasida o'tkaziladi. Har bir guruhdan eng yuqori 40 talik yarim final bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Yarim final bosqichi 21-oktabr kuni, final bosqichi 22-23-oktabr kunlari TOSHKENT shahridagi "Zakovat Arena" binosida o'tkaziladi.

Turnirda ishtirok etish uchun avvalo 14-oktabr sanasiga qadar (shu kuni ham) ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Ro'yxatdan o'tish 2 bosqichdan iborat:

1-bosqich: https://www.chess.com/ platformasida ro'yxatdan o'tish.

1-qadam

https://www.chess.com/ sahifasi ochiladi. Siz istalgan brauzerdan foydalanishingiz mumkin.

Chess.com sayti bosh sahifasi

2-qadam

Ro'yxatdan o'tish uchun sahifaning chap tomonida "Регистрация" (Sign Up) tugmasi bosiladi. Ro'yxatdan o'tish BEPUL. Agar oldin ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz "Войти" (Log In) tugmasini bosib shaxsiy kabinetingizga kirishingiz mumkin.

3-qadam

Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun platformada ro'yxatdan o'tishni 2 xil usuli mavjud.

1-usul: 4 ta maxsus maydonlarni (Foydalanuvchi nomi, pochta, parol va shaxmatdagi darajangiz) o'z shaxsiy ma'lumotlaringiz bilan to'ldirasiz. Foydalanuvchi nomini o'z ism-sharifingiz bilan mos kelishi maqsadga muvofiq.

2-usul: Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz orqali ro'yxatdan o'tishingiz ham mumkin.

Yuqorida keltirilgan amallarni ketma-ketlikda bajarib siz muammosiz ro'yxatdan o'tasiz.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng foydalanuvchining chess.com dagi bosh sahifasi

2-bosqich: https://www.gambit.zakovatklubi.uz sahifasida ro'yxatdan o'tish.

1-qadam

https://www.gambit.zakovatklubi.uz sahifasi ochiladi. Siz istalgan brauzerdan foydalanishingiz mumkin.

gambit.zakovatklubi.uz bosh sahifasi

2-qadam

Saytda turnirda ishtirok etish qoidalari, turnir o'tkazilish tartiblari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ro'yxatdan o'tish uchun "Ro'yxatdan o'tish" tugmasi bosiladi. Turnirda ishtirok etish uchun majburiy 8 ta maydonni (qizil yulduzcha bilan belgilangan) o'z shaxsiy ma'lumotlaringiz bilan to'ldirasiz. Shaxsiy ma'lumotlaringiz uchinchi tomonga oshkor qilinmasligi kafolatlanadi. Ma'lumotlarni haqiqiy va to'g'ri kiritishga qat'iy e'tiborli bo'lishingizni so'raymiz.

Chess.com logini — ushbu maydonga chess.com da ro'yxatdan o'tish vaqtida foydalanuvchi nomini kiritasiz FIDE reytingi — agar siz xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingiga ega bo'lsangiz reyting raqamingizni kiritasiz, aksincha sizda reyting bo'lmasa, ushbu maydonni to'ldirish majburiy emas.


3-qadam. Eng oxirgi va asosiysi

Turnir ishtirokchilari FIDE bo'yicha o'z reyting (2025-yil 1-oktabr holatiga ko'ra) va darajasiga binoan 5 xil guruhlarga bo'linadi, ya'ni:

A guruh (2400 va undan yuqori reytingga ega ishtirokchilar uchun)
B guruh (2200 dan 2399 reytinggacha bo'lgan ishtirokchilar uchun)
C guruh (2000 dan 2199 reytinggacha bo'lgan ishtirokchilar uchun)
D guruh (1600 dan 1999 reytinggacha bo'lgan ishtirokchilar uchun)
E guruh (0 dan 1599 reytinggacha bo'lgan ishtirokchilar uchun)

Siz o'z reyting va darajangizga ko'ra chess.com platformasida "Zakovat-Gambit" turniri uchun maxsus ochilgan guruhlarga a'zo bo'lish uchun so'rov yuborasiz. Masalan: Siz o'z reyting va darajangizni aniq bilmasangiz E guruhga a'zo bo'lish uchun so'rov yuborasiz.

Guruhlarga qo'shilish uchun quyidagi havola bilan kirib "Войти" tugmasini bosish orqali so'rov yuborasiz:

A guruh — https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2025-group-a-2400

B guruh https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2025-group-b-2200

C guruhhttps://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2025-group-c-2000

D guruhhttps://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2025-group-d-1600

E guruhhttps://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2025-group-e-0-1599



Report Page