UzASBO-2 DMda ro'yxatdan o'tish tartibi

UzASBO-2 DMda ro'yxatdan o'tish tartibi

uzasbouz
  1. https://uzasbo.uz/ veb sahifasiga kiring va Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing.

2. Oferta shartlari bilan tanishib chiqing va qabul qilish joyiga bayroqcha qo'yib, tasdiqlash tugmasini bosing.

3. Tashkilotnong elektron raqamli imzo kalitini tanlang. So'ng tasdiqlash tugmasini bosing.

Agar ERI kalitlari chiqmay, quyidagi oyna chiqsa, unda e-imzo.uz saytiga kiring va dasturning so'nggi versiyasini ko'chirib olib o'rnating.

4. Hozirda main.uzasbo.uz sayti uchun ishlatilayotgan login va parolni kiriting. Hamda o'zingizning (dasturda faqat bosh hisobchi ro'yxatdan o'tadi, qolgan foydalanuvchilar bosh hisobchi tomonidan qo'shiladi) JSHSHIRingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingizni ko'rsating. Ma'lumotlarni kiritib, tasdiqlash tugmasini bosing. (Faqat bosh hisobchi ro'yxatdan o'tadi, qolgan foydalanuvchilar bosh hisobchi tomonidan yaratiladi)

5. Telefon raqamingizga kelgan SMS kodni kiriting va tasdiqlash tugmasini bosing.

6. Muvaffaqiyatli saqlandi xabari chiqqanidan so'ng dasturga login va parolni terib kirishingiz mumkin.

Report Page