Rothschild&Co xalqaro moliyaviy xoldingi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Rothschild&Co xalqaro moliyaviy xoldingi delegatsiyasi bilan uchrashuv

EconomyPress

2020-yil 3-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri – Jamshid Qo'chqorov va "Rothschild&Co" kompaniyasi direktorlar kengashi a'zosi Arielle Malard de Rothschild xonim bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora - tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash bo'yicha hamkorlikning mumkin bo'lgan yo'nalishlarini muhokama qilish borasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun keng islohotlar dasturini amalga oshirilayotgani aytib o’tildi. Mazkur reja doirasida iqtisodiyotni liberallashtirish, unda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquq va ustuvor rolini himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tashrifdan asosiy maqsad: Rothschild & Co kompaniyasining Coca-cola Uzbekistan kompaniyasini xususiylashtirishda ishtirok etish.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 iyuldagi 324-F-sonli farmoyishiga muvofiq "Coca-Cola Bottlers Uzbekistan,  Ltd" mas'uliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitalida O'zbekiston Respublikasining davlat ulushini (57.118%) sotishni tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda (bundan buyon matnda "kompaniya" yoki "CCBU"deb yuritiladi).

Tanlov asosida yetakchi xalqaro maslahatchilar – Rothschild & Co investitsiya banki (moliyaviy maslahatchi), Dentons yuridik firmasi (yuridik maslahatchi), shuningdek KPMG (moliyaviy va soliq hisobotlarini tayyorlash, shuningdek, jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash) jalb etildi.

Muhokama davomida O'zbekiston neft-gaz sektori korxonalarini isloh qilish va o'zgartirish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur soha kompaniyalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida biznes jarayonlarini o'zgartirish va aktivlarni boshqarish zarurligi ta'kidlandi. Xususan, auditorlik, yuridik xizmatlar sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari, shuningdek, operatsion va strategik menejmentni jalb qilgan holda maslahatchi kompaniyalar konsortsiumini tashkil etish imkoniyatlarii muhokama qilindi. Bu, o'z navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalarni kompleks ravishda o'zgartirishga, hisobdorlikni oshirishga, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tishga, aktivlarni boshqarish sifatini oshirishga, shuningdek, xalqaro kapital bozorlariga kirishga imkon beradi.

Arielle Malard de Rothschild xonim o'z nutqida Rothschild & Co kompaniyasining davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyalashning keng dasturini amalga oshirishda maslahatchi sifatida qatnashishga tayyorligi bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, energetika sohasini xususiylashtirish va transformatsiyalash sohasidagi hamkorlikning keyingi istiqbollari, xususan, ish ko'lamini aniqlash, shuningdek, tegishli takliflar bilan "yo'l xaritasi" ni ishlab chiqish borasida fikr almashishdi.

Malumot uchun: Rothschild & Co - 200 yil va 7 avlod bank sektori xalqaro moliyaviy xolding kompaniyasi. Bank dunyodagi TOP-10 investitsiya banklariga kiritilgan va Evropada barqaror etakchi mavqeini saqlab kelmoqda. GlobalData portalining ma'lumotlariga ko'ra, Rothschild & Co 2019 yilda iste'mol sektori uchun birlashish va qo'shilish (M&A) bo'yicha 10 moliyaviy maslahatchilar reytingida birinchi o'rinni egallgan. Rothschild & Co shuningdek, 2020 yilning birinchi choragida bitimlar hajmi bo'yicha birlashish va qo'shilish bo'yicha eng yaxshi 20 moliyaviy maslahatchiga ustunlik qiladi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


Report Page