Romitanlik ishbilarmon ayollar.

Romitanlik ishbilarmon ayollar.

Romitan tuman Ibn Sino MFY

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Shu bois 2018 yildan ijtimoiy vaziyatdagi opa-singillarimizni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangicha mexanizmi ishlab chiqildi. Jamiyatimizda “Ayollar daftari” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bugungi kungacha ushbu tizim orqali yuz minglab xotin-qizlar turmush sharoiti yaxshilandi.

Romitan tumanimizda bu tashabbus samarali tashkil etilgan. Xotin-qizlarni ro‘yxatga olishda shaffof, ijtimoiy adolat mezonlari qat’iy nazoratga olindi. Subsidiya, imtiyozli kreditlar orqali ularning yashash sharoitlarini yaxshilash asosiy maqsad qilib belgilangan

Narzullayeva Navbahor ham “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan biri. Oilaviy sharoitini yaxshilash, o‘zi-o‘zi band qilishi uchun 100 million so‘m imtiyozli kredit hisobiga ikkita tikuvchilik mashinalari olib, kichik sex tashkil qilgan. E’tiborlisi, mahalladagi 5 nafar ishsiz xotin-qizni yoniga olgan .

Mustaqillik koʻchasida istiqomat qiluvchi Ahmadova Zarina ham  66 million so‘m evaziga yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab sotish orqali tadbirkorlik boshladi.

Tomorqasida mehnat qilib, million-million so‘mlab daromad olayotgan fuqarolar haqida eshitgansiz. Ularning ro‘zg‘ori to‘kin-sochin, o‘zi badavlat. Bu boyligu shon-sharaf tomorqachilik orqasidan kelmoqda deyishadi ular g‘ururlanib. Ammo tan olish kerak, keng mo‘l tomorqasi bo‘la turib, “nochorman, ishsizman, kam ta’minlanganlar ro‘yxatidaman” deb arzi hol qiluvchilar ham ko‘plab topiladi.

Tomorqasida bir qishloqni boqishga yetadigan mahsulot yetishtirgan Ayollar daftarining "Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar " roʻyxatga olingan Husenova Xolida opani namuna qilib ko‘rsatgim keladi. 66 mln soʻmlik imtiyozli kredit olib issiqxonada pomidor ekin parvarishlab, ichki bozorga chiqarmoqda.


Romitan tuman Ibn Sino MFY xotin qizlar faoli: H. Sultonova

Report Page