Romitanda: “Xon atlas 2023” festivali o'tkazildi
RMMM Romitan tuman bo'linmasiXon atlas –eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Mazkur matoni qadimda faqat xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan. Milliy liboslar yoshlarni milliy merosimizni qadrlash va uni avaylash tuyg‘usini shakllantirishda muhim omil bo‘lib, ularda milliy qadriyatlar hissini singdirish maqsadida “Xon atlas” festivali doirasida Romitan tumanidagi tashkilot muassаsalarda ham tadbirlar tashkil etildi.
“Xon atlas 2023” milliy festivali O‘zbekiston uchun noyob platforma bo‘lib, dizayn san’ati va milliy sanoat bilan bog‘liq yo‘nalishlarni taqdim etadi.
Tumandagi 12-sonli Musiqa va san’at maktabida Tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo`linmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Axborot kutubxona markazi, Madaniyat bo'limi hamda Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda “Xon atlas 2023” festivali doirasida ma’naviy-madaniy tadbir tashkil etildi.
Festivalda kitob ko‘rgazmasi, milliy kiyimlar ko‘rgazmasi, dizaynerlar taqdimoti, ommaviy raqs dasturlari ham taqdim etildi.
Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo‘lyozmalar — milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo‘lgan boyliklardir. Bularni avaylab asrash, kelajak avlodlarga yetkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir. Oʻzbek milliy kiyimi — Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm rusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo‘ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Festival doirasida xotin-qizlar va qizaloqlardan iborat xon atlas paradi tashkil etildi.Chinakam go‘zallik va milliy kolorit uyg‘unlashgan paradda dizaynerlar tomonidan tikilgan turli xil kiyimlar barchaning e’tiborini tortdi.
Festival doirasidagi tadbirlar “Romitan Sayilgohi” da hamda Romitan tarixi muzeyida bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Romitan tuman bo 'linmasi