Romitan tuman 9-umumta'lim maktabida "Bolangiz kitob òqiyaptimi" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati òtkazildi

Romitan tuman 9-umumta'lim maktabida "Bolangiz kitob òqiyaptimi" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati òtkazildi


"Kitob" zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o'zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir!

Yuqori sinf òquvchilar bilan kitob inson hayotida qanday òrin egallagashi kerak ekanligi haqida fikr almashildi

Òquvchilar kitoblar haqida òz fikrlarini bayon etib,eng oxirgi òqigan badiiy kitoblari haqida aytib òtdilar va bir nechta òquvchilar badiiy kitoblarning audio shaklini tinglash ham samarali usulligi haqida fikrlarni aytib òtdilar.

Òquvchilarga har qaysi kitobni ham olib òqish maqsadga muvofiq bòlmasligini aytib,kitob tanlash ham bir san'at ekanligi ta'kidlandi.

Boshlanģich sinflarga ham kirilib,kitob òqishga chorlash,qiziqtirish maqsadida "Ertakchi bolajon" tanlovi e'lon qilinib,faxrli òrinlarni egallagan òquvchilar taqdirlanishi aytib òtildi va sinf kutubxonalariga ham bir nazar solindi va eng yaxshi ertak kitoblar bilan tanishtirilib borildi.

Boshlanģich sinf òquvchilar ham kitob haqidagi fikrlarini bemalol aytib òtdilar


Sinf kutubxonalari kitoblarga boyligi va yoshga doir tanlab qòyilganligi insonni kòzini quvontiradi.



IMMBT N.Xudoyberdiyeva




Report Page