Robotics Lab da bepul tahsil oling!
roboticslab.uz๐ Yoshlari ishlari agentligi va "Kelajak kasblari" loyihasi yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o'qish xarajatlarini qoplash maqsadida subsidiya ajratadi.
๐ Shu ajratilayotgan subsidiya orqali siz endilikda Robotics Lab ta'lim markazida dasturlash hamda robototexnikani eng yaxshi sharoitlar va kuchli dasturchi va muhandislardan o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
1. Kam ta'minlangan oila farzandi;
2. Ishsiz yosh;
3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs;
4. "Mehribonlik uyi", Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh;
5. Temir daftardagi oila farzandlari;
6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy);
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan;
8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo'lgan yosh;
9. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan yosh;
10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi.
๐ Yuqorida ko'rsatilgan 10 ta toifaga kiruvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 6 oy davomida Robotics Lab ta'lim markazida bepul o'qishlari mumkin bo'ladi.
โ๏ธ Grant uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
โ Pastdagi havola orqali Kelajak kasblari bo'limini tanlab ro'yxatdan o'ting.
โ Kelib tushgan arizalar bizning menejerlar tomonidan "Kelajak kasblari" portali talablari bo'yicha saralab olinadi;
โ Sizga yo'riqnoma taqdim etiladi va shundan so'ng o'qishni boshlashingiz mumkin bo'ladi.
Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Dasturlash va robototexnikaga ixtisoslashtirilgan eng yaxshi IT o'quv markazlaridan birida sifatli ta'lim olish va kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz!
๐๐ป Grantda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting