Robin Gud indeksi
Suxrob SharipovLorents egri chizigi'i - daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy o'lchash uchun jahon amaliyotida foydalaniladi. Rasmda "oilalar ulushi" ko'k chiziqda, "daromadlar" esa qizil tik chiziqda joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati burchakni teng ikkiga bo'luvchi bissektrisa o‘qida ya'ni qizil chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday mazkur foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Bu oilalarning 20% i barcha daromadlarning 20% ini olsa, 40%-40%, 60%-60% va h.k. ni olishini bildiradi, mos keluvchi nuqtalar bissektrisa o‘qida joylashadi.

Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.
Rasmdagi yashil chiziq - Robin Gud indeksini (Manbalarda Guver indeksi yoki Shuts indeksi ham deb yuritiladi) ifodalar ekan. Bu indeksga ko'ra, agar dunyo mamlakatlarida byudjetning barcha xarajatlarini ularning eng boy odamlari to‘laganida, ularning hukumatlari qancha ishlashi mumkinligini aniqlash mumkin.

Bloomberg agentligi 2018-yilda yangi "Robin Gud indeksi"ni ishlab chiqqan bo'lib, unga 49 ta mamlakat kirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kiprning eng boy odami Jon Fredriksen o‘z hukumatiga eng uzoq homiylik qilishi mumkin bo‘lgan odam ekan. Uning boyligi hisobiga davlat 441 kun ishlashi mumkin. Bunday natijaga aholining kam sonliligi va Kiprdagi ijtimoiy xarajatlarning pastligi tufayli erishilgan.
O‘z navbatida, Xitoy, Yaponiya va Polshadagi milliarderlar o‘z hukumatlarini faqatgina to‘rt kun ta’minlay olishi hisoblab chiqilgan.
Indeksdagi ayrim hisob-kitoblar pastdagi 3-rasmda berilgan. Unga ko'ra, Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Ma egalik qiladigan butun boylik Xitoy hukumatini bor-yo'g'i 4 kun ta'minlay olar ekan. Jeff Bezosning boyligi esa AQSH hukumatiga 5 kunlik xarajatlarni qoplab bera oladi. Ma'lumot uchun shuni aytib qo'yishim kerakki, bu ma'lumot 2018-yilda tuzib chiqilgan. Hozirgi 2020-yil hisobidan ushbu ko'rsatkichlar boshqacha bo'lishi mumkin.

Darvoqe, 1-rasmdagi Robin Gud indeksini bu yerdagi formulalar orqali hisoblash mumkin. Hisoblab chiqilganda, indeks taxminan 0,25 ni ko'rsatadi, ya'ni ma'lum jamiyat jami daromadining to'rtdan birini taqsimlash orqali daromadlar tengligiga erishish mumkin.
Indeksga nega aynan 49 ta mamlakat kiritilgan degan savol tug'iladi. Bunga sabab, qolgan mamlakatlarning eng boy kishisining jami daromadi mamlakat hukumatining 1 kunlik xarajatlarini qoplash miqdoriga yetmas ekan.
Yurtimizda yashirin iqtisodiyotning kuchli ekanligi sababli eng boy yurtdoshimizning mablag'ini aniqlashimiz qiyin. Vaholanki, bizda hukumatni bir necha oylab ta'minlab qo'yadigan monopollar bo'lsa kerak, IMHO.
Kanalda beriladigan maqolalardan muallif ruxsatisiz foydalanish mumkin emas!
Iqtisod Plus kanali materiali ©