Robert Oppenheimer

Robert Oppenheimer

1000 Людей первый канал
"Hashamatli hayot" 

Robert Opengeymer - 1904-yil Nyu yorkda asli yahudiy bo'lgan badavlat oilada tugʻilgan. Otasi Zeligman Opengeymer Germaniyadan Aqshga ko'chib kelgan yahudiy muhojiri edi. U badavlat mato sotuvchisi edi. Onasi Ella Fridman esa rassom edi. Robertning ukasi Frank ham akasi kabi fizik bo'lib yetishgan. 

Robertning rafiqasi Ketrin Opengeymer asli Nemis millatiga mansub biolog bo'lgan. 

Robert boy oilada tugʻilgani sababli uning oldida hamma narsa muhayyo bo'lgan. Opengeymerlar oilasining shaxsiy galereyasi ham bo'lib unda taniqli rassomlar Pablo Pikasso, Jan Vyuyar va Vinsent Van Goglarning bir nechta asarlari bor edi.

Opengeymerlar oilasi farzandini nufuzli joylarda o'qishini istardi. Robert 1922-yilda Garvard universitetiga o'qishga kiradi va yuqori kurslarni Yevropaning boshqa nufuzli oliy dargohlarida davom ettiradi. 

Robert jumladan Yevropada Syurix, Kembrij, Gottingen va Leyden universitetlarida tahsil oladi.


"Experimentlardan qo'rqish" 


Robert Garvardda o'qib yurgan kezlari juda baxtsiz edi va unga ko'p narsalar yoqmasdi. Keyinchalik u o'qishni Kembrijga ko'chiradi. Robert experimental ishlarda uquvsiz edi va bu ishlarni yoqtirmasdi. Aynan shu sabab Robert bir safar ruhiy yomon holatda universitetda experimental ishlarga uni undagan o'qituvchisini zaharlangan olma yordamida zaharlamoqchi bo'ladi. Ammo bu oshkor bo'lib qoladi va boy oila Kembrij mamuriyatidan iltimos qilib Robertni o'qishda olib qolishadi. Ammo Robertga vaqti-vaqti bilan psixolog huzuriga borib turushi sharti qo'yiladi.


"Nobel Fojeasi"


"Robert Opengeymerda "SITZFLEISCH" (Sitzflesh) holati yo'q" degan edi Murrey Gell-Mann. Ya'ni nemischadan bu so'zning ma'nosi "Uzoq vaqt davomida sabr-toqat bilan o'tirib ishlash qobilyati". Robert juda sabrsiz inson edi. U hech qachon uzundan-uzun maqolalar yoki hisob-kitoblar qilmagan va yozmagan. Ba'zi olimlar uning hisob-kitoblari doyim notoʻgʻri chiqishini aytib ustidan kulishgan. Aynan manashu yuqoridagi sabablar tufayli Robert Opengeymer 3 marta Nobel mukofotiga nomzod bo'lib uni qo'lga kiritmagan deyiladi. Robert vaqtini experimentlar o'rniga fizika bo'yicha jurnallar va ma'ruzalar tinglash bilan o'tkazadi va kvant mexanikasining yangi sohasiga qiziqib qoladi.

"Kelajakka ishonch"


Kembrijda buyuk fizik Ernest Rezerford labaratoriyasida ishlagan Robert, biroz nurlanib qolgan. 1926-yil u Gottingen universitetiga tashrif buyuradi. Uning rahbari esa Robert qizib qolgan kvant mexanikasi nomini fanga olib kirgan Max Born edi. Max Born qo'l ostida Robert yuksalishga erishadi. Ruhiy holati ham yaxshilanadi. Chunki Gottingen universiteti Kembrijdan farqli ravishda experimental emas nazariy fizika bilan ishlar edi. Max Born kvant mexanikasining asosiy figuralaridan bo'lib Verner Geyzenberg, Volfgang Pauli, Enriko Fermi va Yevgeniy Wignerlarning ishlariga rahbarlik qilgan. 

Robert Gottingenda bo'lgan paytida kvant mexanikasi va boshqa mavzularda 10 dan ortiq maqolalarni nashr etadi. 

Keyinchalik ikki buyuk olim Verner Geyzenberg va Robert Opengeymer yaqin bo'lib ketishadi. 

Vaqt taqozosi bilan keyinchalik bu ikki olim bir-biriga qarshi taraflarda yadro bombasi yaratish bilan poyga o'ynashgan. Robert Opengeymer Aqsh tarafda Verner Geyzenberg esa Germaniya tarafda.


"Atom bombasi sari ilk qadamlar"


Keyinchalik Robert Aqshga qaytgan va Kaliforniya texnologiya universitetida ishlagan va nazariy fizika bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Buning natijasida u 30-yillarda Aqshda eng nufuzli nazariyotchi fizik olimlardan biriga aylanadi. 1936-yilda esa proffessor darajasiga erishgan.

U turli sohalarda jumladan: Kvant mexanikasi, astrofizika, kosmik nurlar va kvant tunnel bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.


"Poyganing boshlanishi"


1939-yil Germaniyaning ikkinchi jahon urushini boshlab yuborishi natijasida butun dunyo qo'rquv iskanjasida qoldi. Bu urush Aqshni ham chetlab o'tmadi. Tez orada taniqli olim Albert Eynshteyndan prezident Ruzveltga xat keladi. Unda Nemislar yirik qudratga ega atom bombasini yaratish ustida ishlayotgani va ularda uran konlari borligi yozilgan edi. 

Bu xabarni olgan Ruzvelt tadqiqot bo'limini tashkil etadi va atom bombasini yaratishning iloji bor yo'qligini tekshirishni buyuradi.

Haqiqatdan ham 1938-yilda nemis olimlari Otto gan va Frits Shtrassmanlar uran yadrosini neytronlar yordamida bombardimon qilish orqali yadroviy parchalanishga erishishgan edi. Ammo ular reaksiya zanjiri uzviyligi va uni nisbatan kichik hajmga joylash uchun kritik massani aniqlashi qolgan edi. Ammo ular buni eplay olishmadi. Bunga urushlar ham halaqit bergan albatta. Agar ular buni uddasidan chiqishganda ya'ni nemislar birinchi bo'lib atom bombasini yaratishganda dunyo hozir umuman boshqacha tus olgan bo'lar edi.


"Fizika va New Mexico" 


Uzoq muhokamalardan so'ng 1942-yil AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt tomonidan "Manhetten" loyihasi imzolanadi. Unga rahbar etib esa katta shov-shuvlar bilan Robert Opengeymer tayinlanadi. Bu qaror ko'pchilikka manzur kelmasdi, chunki Robert Opengeymerda nobel mukofoti yo'q va u faqat nazariy fizik edi. 

Atom bombasini yaratish uchun qulay joy kerak edi. Ya'ni dushman hujumlaridan holi, hech kim kuzatmaydigan, izolatsiya qilinadigan joy va aholisi kam joy. Agar baxtsiz hodisa yuz bersa kamroq odam halok bo'lishi uchun. Muhokamalardan so'ng Robert olg'a surgan Nyu Meksikadagi Los Alamos tanlab olinadi. 


Robert Opengeymer yoshligida do'stiga shunday degan edi: "Mening ikkita buyuk sevgim bor, bular Fizika va New Meksika. Afsuski ularni birlashtirib bo'lmaydi" 

Tasodifni qarangki Robert Opengeymer atom bombasini aynan Nyu Meksikada kashf qildi.


Los-Alamosda esa bu ishlarga General Lesli Grovs rahbarlik qilgan. General Grovs Opengeymerga qattiq ishongan va u atom bombasini nemislardan oldin yaratishiga umid qilgan.


"Manhetten loyihasi va Trinity operatsiyasi'


Robert Opengeymer "Manhetten" loyihasiga bir qator taniqli olimlarni taklif qildi. Ular orasida Enriko Fermi va Nils Bor ham bor edi. 

Uzoq izlanishlar va tajribalardan so'ng "Manhetten" loyihasi ancha siljishga erishadi. 1945-yilga kelib Robert Opengeymer jamoasi dunyodagi ilk yadro bombasini yaratishga erishdi. 1945-yil AQSh prezidenti bo'lib saylangan Garri Truman bu atom bombasining sinovini Postman konferensiyasidan oldin ya'ni tinchlik shartnomasi oldidan Uinsten Cherchel va Iosaf Stalin ishtirokida kuzatmoqchi edi. Konferensiya esa 17-iyulda bo'lishi kerak edi. Shunday qilib 1945-yil 16-iyulda dunyoda birinchi atom bombasi sinovi bo'lib o'tdi. Bu operatsiyaga "Trinity" deb nom berildi. 

O'sha kecha Robert Opengeymer juda ham asabiy va o'ychan edi. Chunki uning oxirgi tajribalari muvaffaqiyatsiz tugagan, bundan tashqari operatsiya umuman izdan chiqib ketishi mumkin degan taxminlar ham yo'q emasdi. Operatsiya umuman omadsiz tugashi bilan birga juda ham kuchli bo'lib ketishidan Robert juda qo'rqardi. Ya'ni agar yadroviy bomba juda ham issiq harorat bilan sintezlashuvi natijasida, azot va vodorod portlashi butun sayyoraning atmosferasini termayadroviy bombaga aylantirishi xavfi bor edi.

Operatsiya 16-iyul kuni tongi soat 04:00 ga rejalashtirilgan va u bo'ron sabab kechiktirilgan. Soat 05:29 da birinchi atom yadro bombasi portladi. 

Portlash natijasida butun New Meksika tog'lari yorishib ketdi, portlash to'lqinlari 150 kmdan sezilgan. Bombaning qo'ziqorin shaklidagi bulutlari osmonga 12 kmgacha ko'tarildi. Havoning harorati keskin ko'tarilishi natijasida cho'l zarralari erib yangi modda kashf bo'lgan va u hozirda "Trinitit" deb nomlanadi.


"Xirosima va Nagasaki qirg'ini"


Keyinchalik AQSh 1945-yil 3-avgust kuni Xirosimaga Opengeymer atom bombasidan birini tashlaydi va bu operatsiya kutilganidan ham kattaroq daxshatli bo'ladi. 3 kundan so'ng AQSh endi Nagasaki shahriga ham atom bombasini tashlaydi. Bu ikki bomba natijasida Yaponiyada 225 mingdan ortiq inson xalok bo'ladi. Bu aholining qariyb 90% dan ortig'i tinch aholi edi, jumladan ayollar ba bolalar. 

Bu bombardimonlar natijasida Xirosima va Nagasaki yer bilan bitta bo'ldi. Aholining tirik qolganlari esa nurlanish va boshqa kasalliklardan aziyat chekdi va asosan halok bo'ldi.


"Atom bombasi otasining qo'rquvi"


Urushdan so'ng Robert Opengeymer milliy qahramonga aylanadi va u "Time" jurnalida chiqadi. Xirosima va Nagasakidagi qirg'indan so'ng Robert "Manhetten" loyihasi va bundan keyin bo'ladigan har qanday yadroviy bomba loyihalaridan bosh tortadi. Nafaqat bosh tortadi balki bularga qarshi chiqadi. Chunki Opengeymer bu bombalar odamlarni qirg'in qilish uchun emas faqatgina tinchilik va labaratoriya ishlari uchun qo'llanilishini istar edi. Afsuski bu istaklar unga kamlik qildi, Garry Truman unga quloq solmadi. 1949-yil Sovet armiyasi tomonidan atom bombasi sinovi amalga oshirilgandan so'ng Truman atom bombasidan ham kuchliroq bo'lgan Vodorod bombasi loyihasiga imzo chekadi. Natijada dunyoda qurollanish poygasi avj olib ketadi. AQSh Vodorod bombasi yaratadi va uni sinovdan o'tkazadi. Bunga javoban 1961-yil SSSR Aqshning vodorod bombasidan 5 marta kuchliroq, Trinitydan 2000 marta kuchliroq tarixdagi eng yirik bombalardan biri bo'lgan vodorod bombasini sinovdan o'tkazadi.

Robert Opengeymer aynan mana shu qurollanish poygasidan qo'rqqan edi.


"Men o'limga aylandim, dunyolarni vayron qiluvchi"


Robert vodorod bombasini joriy etishga qarshilik koʻrsatgani va atom energiyasidan faqat tinch maqsadlarida foydalanish tarafdori boʻlgani uchun 1954-yilda maxfiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha vazifalaridan chetlatilgan. 

Ya'ni Opengeymer Vodorod bombasini yaratishga to'sqinlik qilib unga birinchi bo'lib SSSR erishishini va Los-Alamos labaratoriyasidagi ishlarni sovetlarga sotganlikda ayblanib sudga tortiladi.

U endi qahramon emas balki hoyin va kommunistik partiya vakili sifatida qoralanadi.

Opengeymer sudda oqlangan bo'lsada u endi oldingidek nufuzli inson emasdi. Undan barcha davlat lavozimlari va maxfiy tajribalarda ishtirok etish huquqi olib tashlandi. 

Opengeymerning hurmati 1963-yilda yangi prezident Lindon Jonsonning hukumat tepasiga kelishi bilan qayta tiklandi. Undan barcha ayblovlar olib tashlandi va toʻliq oqlandi. Rasmiy uzr soʻrashning ramziy maʼnosida Robert Opengeymerga Enriko Fermi mukofotini prezident Jonsonning shaxsan o'zi topshirdi. 

Keyinchalik Robert Opengeymerda tomoq saratoni aniqlangan va u 1967-yil 18-fevralda ushbu kasallikdan vafot etgan.


Robert Opengeymer "Trinity" sinovidan so'ng o'zi tarjima qilgan Hind afsonasi Bhagavatgitadan mana bu misralarni eslagan edi: "Vishnu shahzodani o'z burchini bajarishi kerakligiga ishontirishga harakat qilar ekan, uni hayratda qoldirish uchun o'zining ko'p qurolli qiyofasiga kiradi va shunday deydi - ENDI MEN O'ZIM O'LIMGA AYLANDIM, DUNYOLARNI VAYRON QILUVCHI"


"Nobel emas Oskar" 


2023-yilda Opengeymer hayotiga bagʻishlangan "Oppenheimer" filmi suratga olinib keng ommaga taqdim etilgan. Film Christopher Nolan rejissyorligi ostida yaratilgan filmda Robert Opengeymer rolini taniqli aktyor Cillian Murphy oʻynagan.

Opengeymer filmi 7 ta yo'nalishda Oskar mukofotini qo'lga kiritdi.







Report Page