Robbit akademiyasi haqida
Robbit HRRobbit akademiyasi hozirgi kunda 6-15 yosh oralig’idagi 1000 dan ortiq bolalarga robototexnika va AyTi bo’yicha ta’lim beradi. Dastlab faoliyatimizni birgina Toshkent shahridagi Xadra filialidan boshlaganmiz hozirga kelib esa Toshkentda 2 ta hamda Farg’ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida filiallarimiz mavjud.
Robbitda bolalar faqatgina robot yasashmaydi. Ular fikrlaydi, muammolarni hal qiladi, jamoada ishlashni o‘rganadi, kreativlik va tanqidiy tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi.
Endi esa oldimizda yanada katta rejalar bor. Biz butun O’zbekiston bo’ylab o’z filiallarimizni ochib barcha iqtidorli bolalarga robototexnika va AyTi bo’yicha ta’lim bermoqchimiz. O’quvchilarimizning bilm va tajribalarini Xalqaro sahnalarda ham namoyish qilish niyatimiz bor.
Akademiyamizning bugungi kundagi asosiy maqsadi respublikamizning barcha hududiy birliklarida o’z filiallarini ochib filiallar sonini 100 taga yetkazish. Respublika va xalqaro darajadadgi musobaqalar tashkil etish va unda o’quvchilar ishtirokini ta’minlash. Bu orqali esa mamlakatdagi robototexnikaga qiziqishni oshirish va kelajakda yetuk muhandislarni tayyorlash
Biz taklif qilamiz:
-Ham sohaviy, ham pedagogik yo‘nalishda trening va master-klasslar;
-Bepul ichki o‘quv dasturlari;
-Kuchli mutaxassislar bilan networking va teambuilding;
-Shaxsiy va professional rivojlanish imkoniyatlari;
-O‘zbekiston bo‘ylab safarlar va jamoaviy tadbirlar;
-Yaxshi natijaga erishganlarga ish taklifi.
Robbit ijtimoiy tarmoqlari:
[Telegram]
[You tube]
[Web site]