Respublika ta’lim markazi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Respublika ta’lim markazi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


2022-2023-o‘quv yili uchun joriy yilda 3-, 6-, 7-, 10-sinflarga mo‘ljallangan 420 nomda darslik, 146 nomda metodik qo‘llanma, 26 nomda mashq daftari yaratildi.

Darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida ulardagi mazmun va metodik yondashuv o‘quvchining yoshi, jismoniy-ruhiy hamda kognitiv rivojlanishiga mosligi yuzasidan ekspertlardan xulosa olish uchun darsliklar loyihasini tegishli muassasalarga taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, aniq va tabiy fanlar yo‘nalishida 11 ta, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida 15 ta, filologiya fanlari yo‘nalishida 8 ta oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tegishli tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilindi.

Darsliklarning original maket loyihalarini tayyorlashda va taqriz olishda xalqaro tashkilot hamda xorijiy ekspertlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilindi. Jumladan, YUNISEF ning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan Oxford University Press va Cambridge University Press nashriyotini muallifi, tilni zamonaviy metodlar asosida o‘qitish bo‘yicha ekspert – Syuzan Ianuzzi; Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ekspert, Oxford University Press nashriyoti muallifi –Filippa Gardom Halm; Matematika bo‘yicha xalqaro ekspert, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti professori – Marsello Starikof darsliklar yaratish jarayonida mualliflar guruhlari bilan ishchi tartibda ishlashdi.

Shuningdek, Milliy o‘quv dasturi asosida 2022-2023-o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarining taʼlim o‘zbek, rus, qoraqalpoq va qardosh tillarida olib boriladigan 3-, 6-, 7-, 10-sinflari uchun ja'mi 42 ta multimedia ilovalari yaratildi.

O‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda chuqur bilim olishlari va oliy taʼlim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rishlarini taʼminlash maqsadida 7-11-sinflar uchun 15 ta yo‘nalishda variativ o‘quv rejalar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, barcha sinflar va umumtaʼlim fanlari o‘qituvchilariga yangi o‘quv yili uchun taqvim-mavzu rejalar ishlab chiqilib, taʼlim muassasalariga yetkazildi.

O‘qituvchilarning ilgʼor tajribalarini maxsus platforma (ommalashtirish.uz) orqali ommalashtirishning yangi tartibi ishlab chiqildi.

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, darslik va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish, maktablar o‘quv jaaryoniga xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarini joriy qilish maqsadida 8 ta xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

13-may kuni Toshkent shahridagi Radisson Blu mehmonxonasida “O'quvchilarda hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusida 10 ga yaqin xorijiy xalqaro ekspertlar ishtirokida katta xalqaro anjuman bo'lib o'tdi.

2-iyun kuni Toshkent shahridagi “MFaktor” biznes markazida Respublika taʼlim markazi va YUNICEF hamkorligida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani bo‘yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi ishtirokida 120 nafar boshlangʼich sinf o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

17-iyun kuni rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston mualliflar tomonidan yaratilgan 3-11 sinflar kesmida Rus tili darsliklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

13-iyul kuni Toshkent shahridagi “Radisson Blu” mehmonxonasida Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi, YUNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida “Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam” mavzusida darsliklar taqdimotiga bagʼishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.  

10-12-avgust kunlari Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida YUNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 1-marta “Ustozlar milliy forumi” tashkil qilindi. Unda 14 ta hududdan 230 nafar metodistlar va 28 nafar direktorlar qatnashdi. Ularga 10 nafar xalqaro hamda 32 nafar mahalliy ekspertlar 20 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xalqaro maktab rahbarlari tomonidan taqdimot qilindi.

Bundan tashqari, yil davomida yaratilgan dastur va darsliklarning mohiyatini o'qituvchilarga yetkazish maqsadida turli viloytlardan tashrif buyurgan o'qituvchilar uchun darslik mualliflari, metodistlar tomonidan o'quv-seminarlar tashkil etildi. Jumladan, Yanvar oyida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida, Mart oyida Jizzax viloyati Zomin tumanida, iyul oyida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o'quvlar bo'lib o'tdi. Bu seminarlarning har birida 400 ga yaqin o'qituvchilar ishtirok etishdi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



 


Report Page