Республика миқёсида Президент мактабларига қабул қилинган ҳужжатлар бўйича битта ўринга ўртача 169 та номзод тўғри келмоқда

Республика миқёсида Президент мактабларига қабул қилинган ҳужжатлар бўйича битта ўринга ўртача 169 та номзод тўғри келмоқда

https://t.me/aoka_uz

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Ихтисослаштирилган таълим муасасалари агентлиги ахборот хизмати раҳбари Жўрабек Жангиров маълум қилди:

Iqtidorli bolalarni aniqlash, taʼlim jarayoniga ilg‘or texnologiyalar, uslublar va xorij tajribasini keng joriy etish, ularni o‘qitish va tarbiyalashda yaxlit tizim yaratish, isteʼdodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan,

14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli jarayoni joriy yilning 10-iyunidan 30-iyun kuniga qadar davom etdi.

Prezident maktablariga jami 56 745 ta hujjat qabul qilindi.

Jimladan, Andijon shahridagi Prezident maktabiga 6390 ta, Buxoro shahridagi Prezident maktabiga 2647 ta, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga 5480 ta, Guliston shahridagi Prezident maktabiga 1942 ta, Jizzax shahridagi Prezident maktabiga 3360 ta, Namangan shahridagi Prezident maktabiga 5375 ta, Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 1796 ta, Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2879 ta, Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 3680 ta, Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 4869 ta, Samarqand shahridagi Prezident maktabiga 5369 ta, Termiz shahridagi Prezident maktabiga 5392 ta, Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 3440 ta hamda Xiva shahridagi Prezident maktabiga 4126 ta hujjatlar qabul qilingan.

Respublika miqyosida Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar boʻyicha bitta oʻringa oʻrtacha 169 ta hujjat toʻgʻri kelmoqda.  

Hududlarimiz kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori koʻrsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Farg‘ona viloyatida 229 taga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga toʻgʻri kelmoqda.

Prezident maktablarida imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Hozirda Respublika bo‘yicha Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha 32 ta bino tayyor holatga keltirilgan.

Qolaversa, 14 ta hududda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli Call-markazga bugunga qadar Agentlik tizimidagi maktablar, hujjatlar qabuli hamda kirish imtihonlariga oid 45 dan oshiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Hozirgi kungacha Call-markaz tomonidan murojatchilarning qabul bo‘yicha savollariga batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.

Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15-iyul kuni 3 smenada — 1-smena soat 08.00da, 2-smena 12.00da hamda 3-smena 17.00da bo‘lib o‘tadi. Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida Matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi. 

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo‘lib o‘tadigan joyga kelishlari kerak.


Report Page