Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatidagi o‘rganish ishlarini yakunladi

Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatidagi o‘rganish ishlarini yakunladi


December 20, 2023

Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyatida respublika ishchi guruhining shahar va tumanlardagi o‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i ishchi guruh rahbari M.Xayitova boshchiligida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Sh. Maxmudov, O. Sultonbekov va

J. Babajanov hamda tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.  

Kun tartibida bir haftalik o‘rganishlar natijasida obyektlarda aniqlangan bir qator xato-kamchiliklar, jumladan, sanitar-gigiyenik, texnik xavfsizlik, yong‘in xavfsizligini oldini olish talablariga javob bermasligi, jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi muhokama qilindi. 

Tegishli hokimliklar, vazirlik va idoralar rahbarlariga xato-kamchiliklarni zudlik bilan bajarish, tashkilotlarning meyoriy hujjatlardagi talablarni tashkil qilish topshirig‘i berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur topshiriq yuzasidan joriy yilning 11-16-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i M.Xayitova boshchiligida Respublika ishchi guruh a’zolari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlari, O‘rtachirchiq, Chinoz, Yuqorichirchiq, Parkent va Bo‘stonliq tumanlaridaga bevosita chiqqan holda manzilli ro‘yxatga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.  

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi tegishli topshirig‘iga muvofiq, respublikadagi barcha turizm namoyish ob’yektlari (madaniy meros ob’yektlari, ziyoratgohlar, turizm zonalari, mehmonxonalar, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istirohat bog‘lari, ommaviy bozorlar), vokzal va avtoshohbekatlarda “Sanitariya inqilobi”ni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, hududlardagi sanitariya zamonaviy qurilish loyihalari bilan tanishtirildi.

Shu bilan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylardagi o‘rganish ishlari yakunlandi.

O‘rganish ishlari keyinchalik hududiy ishchi guruh tomonidan davom etiriladi.




Report Page