Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi

Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi

December 16, 2023

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlariga muvofiq, 2022-2023-yillarda viloyatdagi barcha turizm namoyish obyektlari (madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, turizm zonalari, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istirohat bogʻlaridagi xatlovdan oʻtkazilgan obtektlarni oʻrganish koʻzda tutilgan.

Bunga koʻra, yuqorida keltirilgan farmoyishlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida joriy yilning 11-16 - dekabr kunlari Respublika ishchi guruhi, Turizm boshqarmasi hamda viloyat ishchi guruhi xodimlari viloyat hududidagi sayyohlar tashrif buyuradigan turizm namoyish obyektlarida Respublika ishchi guruh rahbari Muhayyo Xayitova boshchiligida oʻrganish nazorat tadbirlari olib borildi. 

Oʻrganishlarda asosan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida taʼlim tizimini isloh qilish yoʻnalishida belgilangan vazifalar, qator umum taʼlim maktablarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlash holatlariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Har bir tashkilot vakillariga joyida kamchiliklar ko‘rsatilib, jumladan, bozor, aeroport, va umum taʼlim maktablarini mas’ullari chaqirilib ularga tegishli taklif va tavsiyalar berildi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlari mohiyati va uning talablari aytib o‘tildi, farmoyishda berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish, tashkilotlarning me’yoriy hujjatlardagi talablarni tashkil qilish masalalari qo‘yib berildi.

Hafta davomida Ishchi guruh tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlaridagi Dehqon bozorlar, umumiy tipdagi ovqatlanish shoxobchasi va umumtaʼlim maktablari, Madaniy meros obyekti, O‘rtachirchiq, Chinoz, Yuqorichirchiq, Parkent va Bo‘stonliq tumanlaridagi Dehqon bozorlari, Turistik maskanlar va umumtaʼlim maktablarida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, hududlardagi sanitariya zamonaviy qurilish loyihalari bilan tanishtirildi.

Shu bilan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylardagi o‘rganish ishlari yakunlandi. 

O‘rganish ishlari keyinchalik hududiy ishchi guruh tomonidan davom etiriladi.




Report Page