Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida

Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlariga muvofiq, 2022-2023-yillarda viloyatdagi barcha turizm namoyish obyektlari (madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, turizm zonalari, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istirohat bogʻlaridagi xatlovdan oʻtkazilgan obyektlarni oʻrganish koʻzda tutilgan.

Bunga koʻra, yuqorida keltirilgan farmoyishlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida joriy yilning 11- dekabr kuni Respublika ishchi guruhi, Turizm boshqarmasi hamda viloyat ishchi guruhi xodimlari viloyat hududidagi sayyohlar tashrif buyuradigan turizm namoyish obyektlarini Respublika ishchi guruh rahbari Muhayyo Xayitova boshchiligida, Toshkent viloyati hokimligida o‘rganish ishlarini qaysi meyoriy hujjatlar asosida o‘tkazilishi bo‘yicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda hafta davomida, manzilli roʻyxat asosida har bor hududda joylarga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazilishi belgilab olindi.

Bu oʻrganishlar, shuningdek, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida taʼlim tizimini isloh qilish yoʻnalishida belgilangan vazifalar, qator umumtaʼlim maktablarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼmilash bilan ham bogʻliqdir.

Report Page