Research
ISFTMazkur tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi hamda ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
🎙 Spikerlar:
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari;
• ANSOR mikromoliya tashkiloti mutaxassislari;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi vakillari;
• ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markazi tadqiqotchilari.
📅 Sana: 17-iyul
🕘 Vaqt: 09:30
📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bosh binosi, 13-qavat, Majlislar zali.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda islomiy mikromoliya tizimining rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar hamda amaliy yechimlar yuzasidan ekspertlar ishtirokida fikr almashiladi.
Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va sohaga qiziquvchi barcha ishtirokchilarni ushbu ilmiy-amaliy uchrashuvga taklif etamiz.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 99 489 80 08
#ISFT #TDIU #ResearchCentre #IslamicFinance #Microfinance #Uzbekistan #IlmiyTadqiqot #BiznesVaMenejment