Rennesans navbatchiligi
Равшан РашидовичRennesans" jamoasi navbatchiligi.
Assalomu aleykum hurmatli jamoalar. Bugun sizni “RENESSANS” jamoasi navbatchiligi doirasida 24 savol kutib turmoqda. Bugungi o‘ynaladigan savollarni tayyorlashda Saidakrom Rasulev, Abdulaziz Sultonov, Ravshanbek Bahronov, Xondamir Raxmatov, Temur Madalimovlar ishtirok etishgan. Ularning barchasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Jamoalarga eslatma. Boshlovchi savol tartib raqamini e’lon qilganidan so‘ng aytilgan yoki aytilmagan barcha jumlalar bevosita savolga aloqador. Boshlovchi tomonidan aytilgan jumlalar savolga aloqasi bo‘lmasa bu haqida alohida ta’kidlab o‘tiladi.
Savollar izohlarini diqqat qilib tinglashni unutmang. Shuningdek aniq qilib yozib bering, 2 so‘z yoki 1 so‘zdan iborat javob degan holatlarga diqqat qiling. Savol formasiga mos kelmaydigan javob noto‘g‘ri hisoblanadi. Savol formasida bir harfdan boshlanuvchi, juft undoshlar bilan boshlanuvchi, alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar so‘ralganda va shu kabi boshqa holatlarda O‘ZBEK TILINING LOTIN ALIFBOSI nazarda tutiladi.
Hamma tayyor bo’lsa,
Birinchi savol.
1795-yili Robert Hanshelou UNGA birinchi bolib patent oladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri UNI "buyuk ixtirolarni ochuvchi kalit" deb ataydi. Diqqat savol: Uni nima ekanligini ayting? Vaqt ketdi.
Javob: Shtopor
Izoh: Hyu Jonson 1681-yil dastlab tilga oladi, biroq patentni Hanshelou olgan. Har bir ixtiro qilingandan so'ng odatiy tarzda shampan vinosi ochilgan, balkim shu sababli shtopr ixtirolar kaliti nomini olgandir. Demak biz ham bugungi turnir shtopr bilan ochamiz.
3/16
Ikkinchi savol!
Bir versiyaga ko'ra, qadimgi davrlarda bu yunoncha so'z qismlarni birlashtirish, materiallarni qayta ishlash jarayoni deb nomlangan. Vaqt o'tishi bilan bu so'z ismga aylandi. Ushbu ismni yozib bering
Javob: Gomer.
Izoh: Ko'pchilik Gomerning bir insonligiga shubha qiladi, chunki turli folklor materiallari birgalikda to'plangan va keyinchalik Gomer nomi bilan qayta ishlangan. Gomerning tugilgan joyi haqida ham 7 shahar o`rtasidagi baxs mavjud
0/16
Uchinchi savol.
3204-obyekt uning nomi bilan atalganida, u ismiga ikkita harf qo'shish yetarli bo`lar edi, deya hazillashadi. Diqqat savol: Uning ismini va familiyasini yozib bering.Vaqt ketdi.
Javob: Astrid Lindgren.
Izoh: Agar siz "Astrid" nomiga ikkita harf qo'shsangiz, "Asteroid" so`zini yasaysiz. 3204 bu bo'lganingizdek ushbu raqamdagi asteroid hisoblanadi.
2/16
To'rtinchi savol.
Audionarkotiklar - bu psixoaktiv ta'sirga olib kelishi mumkin bo'lgan ovozli fayllari nomi. Audionarkotiklarga bag'ishlangan plakatlardan birida siz Uni ko'rishingiz mumkin. Uni ikki so`zda yozib bering
Javob: Gramofon ignasi.
Izoh: Igna bor joyda narkotik bor.
0/16
Beshinchi savol.
ULARNING mashhurligining o'sishi, hatto tinch maqsadlarda ham quroldan foydalanishga qarshi chiqqan Konfutsiy ta'limoti bilan bog'liq. Diqqat savol: Ular nima ekanligini yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob: ovqat uchun tayoqchalar.
Qabul: Xasi tayoqchalari
Izoh:Faylasuf vegetarian edi va ovqatda pichoqdan foydalanishga har tomonlama norozilik bildirgan. “Insofli va olijanob odam oshxonani chetlab o‘tadi, dasturxoniga pichoq ham qo‘ymaydi”, - deyiladi Konfutsiy ta'limotida.
1/16
Oltinchi savol.
"Asaxi" jurnali bu INSONNI "XX asr eng buyuklari" qatoriga qo'shgan. Sabunchi shahrida uning ko'zlarining tasviridan iborat haykal mavjud. Diqqat savol: siz menga bu INSON kim ekanligini ayting? Vaqt ketdi.
Javob: [Rixard] Zorge
Izoh: Asaxi bu yaponiya jurnali hisoblanadi, razvedkachi Zorge umrining bir qancha qismini Yaponiyada o'tkazgan. Sabunchi esa, bu Ozarbayjondagi shahar bo'lib, uning tug'ilgan joyi hisoblanadi. INSON so'zi bir necha bora takrorlandi, Zorgeni Ramzay, Zonter va INSON degan laqablari bo'lgan.
Ha aytgancha, bu 6-savol edi, ba'zi bir joylar ko'cha slengida razvedkachilarni "шестeрка" deb atash holatlari ham kuzatilar ekan :))
1/16
Yettinchi savol.
Oksifenbutazon artrit bilan og`riganlarga yordam beradigan doridir. Shuningdek, "oksifenbutazon" ularga ham yordam beradi. ULARNI Inglizcha so`z ishlatgan holda, bir necha so`zda yozib bering
Javob: Scrabble o'yinchilari.
Qabul: Scrabble o'yini ishtirokchilari.
Izoh: "Oksifenbutazon" "Scrabble" o'yinidagi eng daromadli so'z bo'lib, u o'yinchiga 1780 ball keltirishi mumkin.
1/16
Sakkizinchi savol.
Bellini va Rossini bir-birlarini unchalik yoqtirishmagan. Konsertlardan biri haqida muhokama qilar ekan, Rossini qo`shiqchi “Lya” notasi olganligini tasdiqlaydi. Diqqat savol: Bellini bunga javoban nima deydi? Vaqt ketdi.
J: Si, ya`ni “Ha”
Izoh: Bellini sherigi bilan bir fikrda bo`lishni hohlamagan ammo sherigi xató qilmaganligini tasdiqlagisi ham kelmagan.
7/16
To'qqizinchi savol.
"Misfits" serialining ikkinchi mavsumida o'lmas qahramon Neytanning IKSidan IGREK kelgan sahna mavjud. 1962-yilgi yozilgan hikoya nomi ham IKSdan IGREK. Diqqat savol: siz menga o'sha hikoya muallifini yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob: Abdulla Qahhor!
Izoh: Iks - bu tobut, IGREK - tovush. Abdulla Qahhorning "Tobutdan tovush" komedik-hikoyasi 1962-yildan yozilgan.
12/16
O'ninchi savol. [KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATERIAL BOR]
Otaturk asrab olgan qizi Sabihaga turkcha "Gok" [gok] - osmondan olingan Gokchen familiyasini beradi. 2009-yildan beri Sabiha Go‘kchen Otaturkga yordam berib keladi. Bu savolda qaysi so'zni ikki marotaba tushirib qoldirdik? Vaqt ketdi.
Javob: Aeroport.
izoh: Istanbul aeroporti Otaturk nomi bilan atalgan. Nagruzkani tushirish uchun 2009 yilda shahar yaqinida birinchi turk ayol uchuvchisi bo'lgan Sabiha Go'kchen nomi bilan atalgan yana bir aeroport qurildi.
9/16
O'n birinchi savol.
Tarqatma material:
a-ya
"Figaro" gazetasining yozishicha 2014-2019 yillar davomida BU ISH tufayli 35000 yaqin insonlar ishsiz qolgan. 1948-yil Yaponiyada, AQSHning turtkisi bilan BU ISH qilinadi. Diqqat savol: Bu ish o'rnidagi ikki so'zni yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob: Armiyani qisqartirish!
Izoh: 2014-yil 35 minga yaqin fransuzlar armiya soni qisqargach ishsiz qoladi, Yaponiya esa II Jahon urushidan so'ng armiyani keskin kamaytirgan. Undan tashqari, sizning qo'lingizda ham armiyani qisqartirilgan shakli tasvirlangan.
5/16
O'n ikkinchi savol.
Alber Kamyu kambag`al oilada o`sganligi uchun bolaligida IKS bo`lishni afzal ko`rgan. Eng mashxur IKSlar qatorida David va Petr ham bor. IKSni yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob: Golkiper/ Darvozabon
Izoh: Darvozabonning oyoq kiyimi kamroq yemiriladi, shuning uchun Kamyu darvozada turgan. David De Xea va Petr Chex mashxur darvozabonlar
11/16
Ikkinchi raund
O'n uchinchi savol[Keyingi savolda Tarqatma material bor]
Londondagi qirollik san’at kolleji dizayneri yaratgan qurilma qog‘ozdagi yozuvlarning shrifti va rangini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Wired jurnali bu qurilmani IKSga qiyoslaydi. IKS avvalida Kapitan Marvel nomi ostida ham ma’lum bo‘lgan. IKS so‘zi bilan almashtirilgan, unli harflari bir xil bo‘lgan so‘zni yozib bering.
“VAQT KETDI”!
Javob. Shazam
Izoh. Qurilma maqolada mashhur musiqani aniqlovchi dastur kabi “ranglar uchun Shazam” deya nomlanadi. Marvel Comics Kapitan Marvel nomini sotuv markasi ostida ro‘yxatga o‘tkazgach DC Comics o‘z personajini nomini Shazamga almashtirishga majbur bo‘lgan.
1/16
O'n to'rtinchi savol.
Тарқатма.

Siz tarqatmada IKSning IGREGini ko‘rib turibsiz. 1995 yil 30 avgust kuni IGREKning IKSiga asos solingan bo‘lib, 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan iborat. IKSning o‘zi faqatgina IKSga ega, IGREKning IKSiga ega emas. Diqqat savol: IKS va IGREKni to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering.
Javob. IKS - Shuxrat, Igrek- Mehnat.
Izoh: Shuxrat Abbosov “Maxallada duv-duv gap” filmining rejissyori. 1995 yilda “Mexnat shuxrati” ordeni ta’sis etilgan. Shuxrat Abbosovning o‘zi Shuxrat medalini olgan. "Mexnat shuxrati" ordeni esa olmagan.
1/16
O'n beshinchi savol.
IX asrda Bulg‘or xoni Qurum avarlarni bosib oladi. Bulg‘orlar ularni yerlarida avarlar kabi kuchsiz bo‘lib qolmasligi uchun Qurum BU ISHni qilishni buyurgan. Arablar Ispaniyani bosib olgandan so‘ng o‘z shaxsiy ehtiyojlari sabab BU ISH tabiiy ravishda amalga oshgan. BU ISHni bir necha so‘zlar bilan yozib bering.
Javob. Uzumzorlarni yo‘q qilinishi.
Izoh: arablar uzumlardan vino tayyorlanishini oldini olish maqsadida bu ishga qo'l urushgan.
3/16
O'n oltinchi savol.[Keyingi savolda Tarqatma material bor]
Sizni qachondir politsiyachi tergov qilganmi? Jon Dikson Kar o`z romanlaridan birida Fransiyadagi sohilbo`yi shahrlaridan biri bo`lgan La-Bandelett shahrida ishlovchi tergovchi haqida hikoya qiladi. Tergovchi maxbuslarni tunlari so`roq qilgan. Tergov davomida u maxbusni deraza oldiga o`tqazgan. Diqqat savol siz menga uni deraza oldiga o'tirg'izganligini ayting. Vaqt ketdi.
Javob: Shahar dengiz bo`yida joylashgan. U maxbusni deraza oldiga tunda o`tqazganida vaqti-vaqti bilan uning yuziga mayoq nuri tushib turga, O`ziga xos qiynoq.
Qabul: shu va shunga yaqin bo'lgan mayoq orqali qiynash so'zlari ishlatilgan javoblar.
5/16
O'n yettinchi savol. [Keyingi savolda Tarqatma material bor]

Emmanuel Lasker shaxmatdagi bu holat haqida gapirar ekan, holatni huddi raqibni o'rgimchak to'ri bilan o'rashga qiyoslaydi. Wikepiyada bu holat haqidagi havolada bir inson esga olib o'tilgan. Diqqat savol: siz menga o'sha insonning familiyasini ayting. Vaqt ketdi.
Javob: Morton!
Izoh: Zugzvang holati haqida gap ketayotgan edi. Bu holatda har bir yurilgan tosh, zararga ishlatilishi haqida aytiladi. "Morton sanchqisi" nomli atama mavjud bo'lib, unda qilinishi kerak bo'lgan har bir tanlov salbiy oqibatlar olib kelishini taqoza etadi.
2/16
O'n sakkizinchi savol.
Little Big guruhining LollyBomb qo‘shig‘iga ishlangan klip bosh qahramonini savol muallifi o‘tgan asr 60-yillarida chiqqan kinofilm bosh qahramoniga qiyoslaydi. Bu kinofilmga nom berishda bestseller kitob nomiga taqlid qilingan. Ushbu bestseller muallifi kim?
“VAQT KETDI”!
Javob. Deyl Karnegi
Izoh. Klip syujetiga ko‘ra Kim Chen Inga o‘xshash shaxs bombani sevib qoladi. Stenli Kubrik “Doktor Strendjlav yoki Qanday qilib men qo‘rqishni bas qildim va bombani sevib qoldim” kinofilmiga nom berishda Deyl Karnegi qalamiga mansub “Qanday qilib havotir olishni bas qilish va yashashni boshlash” asaridan “ilhomlangan”.
0/16
O'n to'qqizinchi savol.
[Keyingi savolda Tarqatma material bor]
18 asrda Angliyada apelsinni nafaqat bozorda, balki teatrda ham xarid qilish mumkin edi. Tomosha boshlanishidan oldin teatrda bir nechta qizlar savatlarda aplesin sotib yurishgan. Diqqat savol: Nega ingliz teatrlarida apelsin sotilgan. Vaqt ketdi.
Javob. Past tabaqa vakillari pastki qatorlarda o'tirishgan. Ulardan chiqqan hid yuqoridagi aristokratlarni bezovta qilmasligi uchun!
Qabul: past tabaqa vakillaridan kelgan hidlarni yo'qotish yoki shu mazmundagi javoblar.
11/16
Yigirmanchi savol.

Qarshingizda Bogdanov-Belskiyning "Yangi xo'jayinlar" kartinasi. Savol muallifining fikricha stolda murabbo yetishmayotgan ekan. Diqqat savol: Nimaning murabbosi ekanligini aniq ayting. Vaqt ketdi.
Javob. Olcha
Izoh. Rasm syujeti "Olchazor" syujetiga o'xshash
3/16
Yigirma birinchi savol.
Qadimgi Badaviylar tunda isinish uchun olov yoqishganidan xabaringiz bor. Ammo ular ba'zi-ba'zida kunduzi ham olov yoqishgan ekan. Diqqat savol: ular olovni nima maqsadda yoqishganligini yozib bering?
Javob: Sahroda sarob ko'p uchraydi. Ko'ringan narsa sarob yoki haqiqat ekanligini aniqlash uchun ular olov yoqishgan. Tutundan sarob yo'qolar ekan.
7/16
Yigirma ikkinchi savol. [Keyingi savolda Tarqatma material bor]
“Ikki” “Besh”dan ustunligi haqida bilasizmi? “Nol” “Ikki”dan ustunligi haqidachi? Diqqat savol: Bu holatni aynan nimada kuzatishimiz mumkin?
J: Tosh,qaychi va qog`oz o`yinida
Izoh: Qaychi, yani ikki qog`oz beshdan ustunroq ammo tosh 0 dan ustun emas
7/16
Yigirma uchunchi savol.

Siz tarqatma materialda UNI ko'rib turibsiz. Boshqa bir U 2009-yil yaratilgan bo'lib, 12 yillik rekordni yangilashga erishgan. Diqqat savol: UNI ikki so'zda yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob: Jeymsning Avatari
Izoh: Yoshlarning slengida ijtimoiy tarmoq yoki messenger profilidagi asosiy rasm "avatar" deb ham ataladi. Ya'ni tarqatma materialda siz Jeymsning Avatarini ko'rib turibsiz. 2009 yilda esa Mashxur rejissor Jeyms Kemeronning Avatar filmi ekranlarga chiqqan va Titanikni mablag' to'plashda ortda qoldirgan.
13/16
Yigirma to'rtinchi savol. [Navbatdan tashqari savol, bu savolga ball berilmaydi]
Blits!
1. Biz savolni uzunroq qilmoqchi edik, biroq buning iloji bo'lmadi. Shu sababli blitsning birinchi savoli yo'q, 20 sekund dam olishingiz mumkin.
2. Blitsning ikkinchi savolini tugatib bitira olmadik, shu sababli ikkinchi savolda ham 20 soniya dam olishingiz mumkin.
3. Dunyodagi yagona, to'liq mayolikadan qurilgan UNING peshtoqida biz nastaʼliq xatidagi fors yozuvlarini ko'rishimiz mumkin. 1997-yili bu yozuvlar qaytadan yozib chiqildi. Diqqat savol: UNI yozib bering. Vaqt ketdi.
Javob:
1. -
2. -
3. Kalta Minor
Izoh: Kalta Minor 29 metrdan iborat, lekin uni dastlab 100 metrgacha qurishmoqchi bo'lishadi, 1852-yil boshlangan imorat qurilishi 1855-yil Muhammad Aminxonning o'limi tufayli to'xtab qolgan. Kalta Minor faqatgina to'liq italiyan, mayolika usulidan iborat bo'lgan yagona imorat hisoblanar ekan, 1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan undagi yozuvlari qayta yozib chiqilgan.
1/16
Navbatdan tashqari savol.
Ijtimoiy tarmoqlarda, 1949-yil Toshkentda tavvalud topgan U haqidagi ma'qola: "Ham buyuk olim, ham buyuk san'atkor" deya nomlangan. 1972-yilgi film qahramoni UNING durdonalaridan birini baralla madh etadi. Diqqat savol: siz menga o'sha film qahramonini ism-familiyasini yozib bering. Vaqt ketdi.
[MUSIQA QO'YIB BERILADI]
Javob: Alimardon To'rayev!
Izoh: Hojiakbar Hamidov nafaqat san'atkor, balki tarix fakultetini tugatgan, dissertatsiya yoqlab olim darajasiga chiqqan inson bo'lgan. 1972-yili olingan "Bahor qaytmaydi" filmida Alimardon To'rayev "Ketmoqdaman" musiqasini maromiga yetqazgan. Madh etish, durdona so'zlari Hojiakbar Hamidovning musiqalariga ishora edi.